Lekciya 22 tema Ekonomikaliq rayonlardi kompleks social – ekonomikaliq rawajlandiriw mashqalalri. Joba


Download 21.45 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi21.45 Kb.
#1577708
1   2
Bog'liq
Lekciya 22

iqtisodiy rayonlashtirish asosida olib borish maqsadga muvofiq. Ammo, mavjud ichki ma’muriy-hududiy tuzilmani tez-tez o‘zgartirib borish, bu borada har xil “geografik o‘yinlarga” yo‘l qo‘yish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Binobarin, bunday birliklar mumkin qadar to‘g‘ri ajratilgan va turg‘un bo‘lishlari kerak.
Iqtisodiy rayonlashtirish iqtisodiy geografiyaning, “rayon” tushunchasi umuman geografiya fanining birlamchi, bosh tushunchasidir. Rayonsiz, bir joydan ikkinchi joyning farqisiz, hududiy tafovutsiz geografiya fanining o‘zi ham bo‘lmaydi. Biroq, katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy rayonlashtirishni faqat sobiq Sovet mafkurasi bilan, uning rejalashtirish siyosati bilan bog‘lash nodurustdir. Sababi, iqtisodiy rayonlar hududiy mehnat taqsimotining natijasi sifatida ob’ektiv mavjuddir; bunday rayonlar CHor Rossiyasida ham, hozirda bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanib borayotgan qator davlatlarda ham mavjud.
Hududiy mehnat taqsimoti, yangi yerlarni va tabiiy resurslarni o‘zlashtirish, hududlar doirasida iqtisodiy ixtisoslashuvning o‘zgarib borishi, yangi yo‘llar, o‘sish qutb va markazlarining shakllanishi, bizning nazarimizda, iqtisodiy geografik jarayondir. Ushbu jarayon natijasida vujudga kelgan turli kattalikdagi va yo‘nalishdagi iqtisodiy rayonlar, ularning o‘zaro nisbati va munosabati, iqtisodiyotning hududiy tarkibi iqtisodiy geografik vaziyatni anglatadi. Bu yerda jarayon ham, vaziyat ham davr va makon miqyosida o‘zgarib turadi.
Rayon, sodda qilib aytganda, bir-biridan farq qilib turuvchi har qanday hudud rayondir. Shu bois, rayonlar tizimi yoki ierarxiyasi, rayonlarni rayonchalardan tashkil topishi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Rayonlar yuqorilashgan sari siyosiy ahamiyatga, quyilashgan sari esa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi eng avvalo jahon hamjamiyatining mustaqil sub’ekti, geosiyosiy tuzilmasining bir qismi hisoblanadi va, shu bilan birga, bu yerda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish masalasi ham, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash ham ustuvor mazmun kasb etadi. Ma’muriy birliklar, jumladan, viloyatlar, qishloq tumanlari ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq fuqarolar yig‘inlari esa ko‘proq xalqqa (ommaga, jamoaga) bevosita yaqin bo‘lgan kundalik ijtimoiy muammolar bilan ish tutadi.
Iqtisodiy rayon, ba’zan uni iqtisodiy geografik rayon deb ham atashadi ( bizningcha, bu to‘g‘ri emas, chunki har qanday rayon joyni, hududni, demak, geografiyani anglatadi), asosan quyidagi rayon hosil qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi:
- hududning yaxlitligi, uning geografik o‘rni;
- xo‘jaligining ixtisoslashuvi;
- rayon hosil qiluvchi markazlarning mavjudligi;
- tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari;
- transport va boshqa infratuzilmaning rivojlanganligi;
- demografik vaziyati va mehnat resurslari;
- joyning tarixiy rivojlanish hususiyatlari va boshqalar.
Har qanday iqtisodiy rayonda 3 guruh tarmoqlar rivojlangan bulishi kerak: 1) rayon hosil qiluvchi ixtisolashgan tarmoqlar; 2) birinchi guruh bilan bog‘liq va ularga xizmat qiluvchi tarmoqlar; 3) mahalliy, ya’ni ichki ehtiyojlarni qondiruvchi xo‘jalik tarmoqlar. Mazkur guruhlarga mansub iqtisodiyot tarmoqlari turli rayonlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Eng muhimi – ular o‘rtasida mutanosiblik bulish shart. Shu nuqtai nazardan rayon xo‘jaligini ham o‘ziga xos hududiy ishlab chiqarish majmuasi shaklida e’tirof etsa bo‘ladi.
Iqtisodiy rayonlarning ilmiy-amaliy ahamiyati, eng avvalo, ularning ma’muriy-hududiy bo‘linishni tashkil etishda, mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda, shuningdek, o‘quv jarayonida – mamlakatning iqtisodiy geografiyasini tizim-tarkib yondoshuv asosida o‘rganishda o‘z aksini topadi. Aytaylik, O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasini faqat uning xo‘jalik tarmoqlari bo‘yicha o‘rganish amalda iqtisodiy geografik ta’rif hisoblanmaydi, sababi – bu yerda hududiy yondoshuv yo‘q. SHu bois, har qanday hududning iqtisodiy geografik tavsifi taxminan 55-60 foizi hududiy qismdan iborat bulmog‘i darkor.
O‘zbekistonda iqtisodiy rayonlashtirish masalalari bilan, xususan, o‘tgan asrning 50-60 yillaridan boshlab shug‘ullanib kelingan. Ushbu muammo taniqli olimlar V.M.CHetirkin, K.N.Bedrinsev, N.G.Sapenko, Z.M.Akramov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Shu o‘rinda qayd etish joizki, respublikamizda turli davrlarda iqtisodiy rayonlar turlicha miqdorda ajratilgan va dastlab bu masala bevosita tabiiy-xo‘jalik rayonlashtirish bilan bog‘liq holda olib borilgan.
1970-1980 yillarda sobiq ToshDU-ning iqtisodiy geografiya kafedrasi olimlari yangi, Mirzacho‘l iqtisodiy rayonini ajratishni taklif qilishgan. 1998 yilda esa ushbu kitob muallifi O‘zbekistonni 6 ta asosiy iqtisodiy rayonga ajratishni ma’qul topgan. Aytish lozimki, xuddi shunchalik iqtisodiy rayonlarni keyinchalik ba’zi iqtisodiyot tashkilotlari ham belgilashgan, farq faqat ularning nomlanishida bo‘lgan.
Hozirgi davrda O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti hududiy tarkibi quyidagi 6 ta asosiy iqtisodiy rayonlar darajasida ko‘riladi:

  1. Toshkent iqtisodiy rayoni – Toshkent shahri va Toshkent viloyati tarkibida;

  2. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni – Jizzax va Sirdaryo viloyatlari;

  3. Farg‘ona iqtisodiy rayoni – Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari;

  4. Zarafshon iqtisodiy rayoni – Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari;

  5. Janubiy iqtisodiy rayon – Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

  6. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati.

Bunday asosiy iqtisodiy rayonlarning o‘zaro integratsiyalashuv yordamida rivojlanib borishi mamlakatimizning milliy iqtisodiyotini, xavfsizligi va yagonaligini ta’minlaydi. Biroq, e’tirof etish joizki, bugungi kunda respublikamiz iqtisodiy rayonlari soni va ularning tarkibiga qaratilgan boshqacha yondoshuvlar ham yo‘q emas. Chunonchi, ota-o‘g‘il P. va J.Musayevlarning VIII sinf uchun yozilgan “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” darsligida 8 ta rayon ajratilgan. Fikrimizcha, bunday yondoshuv to‘g‘ri emas, bu yerda tizim-tarkib qoidasi, rayonlashtirish prinsiplari, uning ierarxik tuzilmasi qoidalariga rioya qilinmagan. Masalan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari alohida iqtisodiy rayonlar maqomida belgilangan. Vaholanki, ular ma’muriy iqtisodiy rayonlar, ya’ni iqtisodiy rayonlashtirishning ikkinchi pog‘onasida turuvchi hududiy birikmalar sanaladi va bunday darajada respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qaralishi haqlidir. Aynan ularni mintaqa sifatida talqin qilishni ma’qul topamiz, chunki respublikamizning mintaqaviy siyosati ko‘proq shu miqyosda amalga oshirilmoqda.
Asosiy iqtisodiy rayonlar bizning sharoitimizda quyidagi bazaviy sohalarga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq:

  • yoqilg‘i-energetika bazasi;

  • qurilish industriyasi;

  • agrosanoat majmuasi.

Yuqoridagi ishlab chiqarish tarmoqlari har bir iqtisodiy makon uchun zarurdir. Agar shu nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, faqat Toshkent iqtisodiy rayoni bunday mukammallikka ega. Qolgan iqtisodiy rayonlarda esa u yoki bu tarmoq sust rivojlangan. Masalan, Janubiy rayonda ularning birortasi etarlicha emas, Farg‘onada energetika va qurilish bazasi zaif, Mirzacho‘lda to‘qimachilik sanoati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan va xokazo.
Toshkent iqtisodiy rayoni qator sohalar bo‘yicha respublikada yetakchilik qiladi. Chunonchi, 2013 yil yakunlariga ko‘ra rayon O‘zbekiston yalpi mahsulotining ¼ qismini, sanoat ishlab chiqarishi, investitsiya, chakana savdo va pullik xizmatlarning 30-40 foizini, tashqi savdo aylanmasining esa yarmidan ko‘prog‘ini ta’minlaydi.
Yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha oldingi o‘rinlardan birida Farg‘ona iqtisodiy rayoni ham turadi. Ammo, uning demografik salohiyati juda katta. Sababi, bu yerda mamlakat aholisining 28,5 foizi mujassamlashgan. Demak, Farg‘onada er oz, aholi ko‘p, antropogen bosim va tabiatning “zo‘riqishi” yuqori, ishlab chiqarish hajmi esa ularga mos emas.
Qolaversa, Toshkent iqtisodiy rayonidan tashqari qolgan barcha hududlarning YAIM ulushi ularning demografik salohiyatidan past. Sanoat geografiyasida ham taxminan shunday vaziyat, qishloq xo‘jaligida esa Zarafshon va Mirzacho‘l birmuncha yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Ayni vaqtda jadval Mirzacho‘l, Farg‘ona, Janubiy rayon hamda Quyi Amudaryo investitsiya muhitining yaxshi emasligini ko‘rsatmoqda. Bunday vaziyat qurilish orqali tashqi savdo aylanmasi natijalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ijtimoiy sohalar, jumladan pullik xizmat va chakana savdo ham aksariyat rayonlarda ularning aholi ko‘rsatkichlariga muvofiq kelmaydi.
Download 21.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling