Lekciya 22 tema Ekonomikaliq rayonlardi kompleks social – ekonomikaliq rawajlandiriw mashqalalri. Joba


Download 21.45 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi21.45 Kb.
#1577708
  1   2
Bog'liq
Lekciya 22


Lekciya 22 tema Ekonomikaliq rayonlardi kompleks social – ekonomikaliq rawajlandiriw mashqalalri.
Joba
1. Ekonomikalıq rayonlardıń kompleks ekonomikaliq-socialliq rawajlaniwiniń ilimiy-ámeliy áhmiyeti.
2. Ekonomikalıq rayonlardiń mineral shiki zat, jer-suw, miynet resurslarinan racional paydalaniw.
3. Ekonomikalıq rayonlardiń transport kommunikaciya, logistika, infrastruktura hámde innovatcion potenciyali hám rawajlaniw keleshegi.

Iqtisodiy geografik tadqiqotlar ikki tarkib, ya’ni tarmoqlar tarkibi bilan hududiy tarkibning uyg‘unlashuvini, biridan-ikkinchisiga o‘tgan holda tahlil qilishni nazarda tutadi. Bu esa, mehnat taqsimotining ijtimoiy va hududiy shakllari bilan bog‘liq. Umuman olganda, hududiy tarkib, hududiy tizim, hududiy birikma yoki majmua iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining tayanch iboralari hisoblanadi. Tizim-tarkib nuqtai nazardan har qanday ob’ekt alohida qism yoki bo‘laklardan, ya’ni tarkibdan tashkil topadi, bu qismlar esa uning butligi va butunligini ta’minlaydi. Shu o‘rinda tarkibning ham o‘ziga xos tizim ekanligi, biroq quyi darajadagi tizimligi, uning ham yana “tarkibchalardan” iboratligini unutmaslik lozim.


Hududiy tarkib turlicha bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston iqtisodiyotini geografik tomonlar – shimol, janub, g‘arb va sharq miqyosida yoki havza prinsipi asosida (Amudaryo va Sirdaryo havzalari) tahlil qilish mumkin. Shuningdek, uni geomorfologik va tabiiy-xo‘jalik rayonlar jihatdan tekislik va tog‘ – tog‘ oldi hududlari bo‘yicha, cho‘l, voha va vodiylar miqyosida ham ko‘rsa bo‘ladi. Demak, ko‘rinib turibdiki, tarkib, ya’ni yaxlit tizimning uzviy qismi “gorizontal” holatda ham turlicha bo‘lar ekan. Biroq, iqtisodiyotni boshqarish, statistik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish jihatidan ma’muriy tarkib ancha afzalliklarga ega. Shuning uchun ham ma’muriy birliklarning to‘g‘ri tashkil etilganligi, ularning barqaror va o‘zgarmasligi katta amaliy ahamiyatga ega.
Hususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni to‘laqonli amalga oshirish, uni boshqarish va monitoringini amalga oshirish, bu borada konsepsiya, strategiya va prognozlarni ishlab chiqish viloyat miqyosida qulay imkoniyatlarga ega. Aynan ularni mintaqaviy iqtisodiyot va iqtisodiy geografiya fanlari nuqtai nazaridan shartli ravishda, eng avvalo, bu nomdagi an’anaviy tabiiy geografik tushunchadan farq qiluvchi mintaqa sifatida qa’bul qilish mumkin. Qolaversa, respublikaning mintaqaviy siyosati ham ko‘proq shu doirada olib boriladi.
O‘zbekistonning asosiy ma’muriy birliklari maydoni va demografik salohiyati bo‘yicha bir – biridan keskin farq qiladi. Bu yerda geografik qonuniyat shundan iboratki, viloyat maydoni qancha katta bo‘lsa, demak bilingki, odatda, bunday joylarning tabiiy sharoiti xo‘jalik yuritish uchun uncha qulay emas. Mamlakatimizning eng yirik mintaqasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasining maydoni eng kichik hududni egallagan Sirdaryo yoki Andijon viloyatidan 38,7 marta katta. Xuddi shunday, Navoiy viloyati ham juda keng maydonni (111.0 ming kv km yoki respublika hududining ¼ qismi) egallaydi, uchinchi o‘rinda yana bir cho‘llik mintaqa – Buxoro viloyati turadi.
Aholi soni bo‘yicha farq uncha katta emas, atigi 4,4 martaga barobar yoki, boshqacha qilib aytganda, O‘zbekistonda aholi soniga ko‘ra eng yirik Samarqand viloyati (3412,8 ming kishi) eng kichik – Sirdaryo viloyatidan (757,1 ming kishi) shunchalik darajada katta. Bu jihatdan ikkinchi o‘rinda Farg‘ona, uchinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyatlari turadi. Shuningdek, Andijon, Toshkent viloyatlarining ham demografik sig‘imi ancha yuqori; respublika poytaxti – Toshkent shahrida 01.01.2014 yilda 2351,8 ming kishi qayd etilgan.
Boshqa sharoitlar bir xil bo‘lgan holda, ma’muriy-hududiy bo‘linishni ilmiy asoslangan
Download 21.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling