Alkaloidlarga xos sifat reaksiyalar. - Alkaloidlarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan sifat reaksiyalarni 2 ta katta guruxga bo‘lish mumkin:
- 1. Umumiy - cho‘ktiruvchi reaksiyalar.
- 2. Xususiy (ba’zi alkaloidlarga xos) - rang xosil qiluvchi reaksiyalar.
O‘simliklarda alkaloidlar bor-yuqligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o‘simlik tarkibida qanday alkaloid borligini aniqlab bo‘lmaydi. Alkaloidlar bu reaksiyalarda reaktivlar (yordamida) ta’sirida cho‘kma xosil qiladi. Buning uchun xloroform yoki efirda eritilgan asos xoldagi alkaloid eritmasidan chinni yoki shisha plastinkachasi ustiga 1-2 tomchi tomizib quritiladi, so‘ngra unga bir tomchi 0,1-0,05 n xlorid yoki sulfat kislota qo‘shib eritiladi. Agar eritma ustiga bir tomchi reaktiv qo‘shilsa, cho‘kma xosil bo‘ladi (reaktivdan ozgina qo‘shish kerak, aks xolda cho‘kma erib ketishi mumkin). - O‘simliklarda alkaloidlar bor-yuqligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o‘simlik tarkibida qanday alkaloid borligini aniqlab bo‘lmaydi. Alkaloidlar bu reaksiyalarda reaktivlar (yordamida) ta’sirida cho‘kma xosil qiladi. Buning uchun xloroform yoki efirda eritilgan asos xoldagi alkaloid eritmasidan chinni yoki shisha plastinkachasi ustiga 1-2 tomchi tomizib quritiladi, so‘ngra unga bir tomchi 0,1-0,05 n xlorid yoki sulfat kislota qo‘shib eritiladi. Agar eritma ustiga bir tomchi reaktiv qo‘shilsa, cho‘kma xosil bo‘ladi (reaktivdan ozgina qo‘shish kerak, aks xolda cho‘kma erib ketishi mumkin).
- kompleks yodidlar (Bushard, Vagner, Meyer, Marme, Dragendorf reaktivlari),
- ba’zi kompleks kislotalar: fosfat-molibdat, fosfat-volfram, silikat-volfram kislotalar (Zonenshteyn yoki Vriz, SHeyblar, Bertran yoxud Godfrua reaktivlari),
- og‘ir metall (simob, oltin, platina) tuzlari
- va ba’zi kislota xususiyatiga ega bo‘lgan organik birikmalar (tanin, pikrin kislota) ning eritmalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |