Lekin Mazkur dastur O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O’rq-637-sonli “Ta’lim to’g’risida”gi qonuniga asosan o’z kuchini yo’qotgan


Download 10.12 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi10.12 Kb.
#1030777
Bog'liq
hisobot


Namangan Davlat Universiteti Lingvistika (ingliz tili)” yo’nalishi magistranti Najmiyev Shoxrux Faxriddin o'g'lining Magistrlar ilmiy-pedagogik faoliyatining semestrlar bo’yicha taqsimlangan ishlarning Yanvar oyida bajarilganligi haqidagi
HISOBOTI
2021 yil yanvar oyidagi kalendar ish rejaga muvofiq:
1. Dastlab Ilmiy-pedagogik ishning maqsadi, vazifasi, obyekti va magistrantlarga qo’yiladigan talablarni o’rgandim va ilmiy rahbarim F.f.n. M. Abduvaliyev bilan gaplashib, kerakli tavsiyalarni oldim.
2. Ta’lim sohasiga oid qonunlar va meyoriy hujjatlarni o’rgandim.
Jumladan:
a) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2021 yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori bilan tanishdim.
b) 1997-yil 29-avgustda ishlab chiqilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni o’rganib, tahlil qildim.
Lekin Mazkur dastur O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O’RQ-637-sonli “Ta’lim to’g’risida”gi qonuniga asosan o’z kuchini yo’qotgan.
c) “Ta’lim to’g’risida”gi qonunga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi oily ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq, 2015-yil 2-mart 36-son qarori bilan tasdiqlangan X bo’limdan iborat bo’lgan “Magistratura to’g’risida”gi nizom bilan tanishib chiqdim.
3. Universitetda bakalavriat va magistraturaga oid o’quv jarayonlariga joriy qilingan me’yoriy hujjatlarni o’rganib chiqdim.
Jumladan:
a) O’quv reja tuzilishini;
b) Fan dasturi tuzilishini;
c) Ishchi dastur tuzilishini;
d) Guruh jurnallari yuritilishini;
e) DTS to’g’risidagi ma’lumotni o’rgandim.
Shuni ta’kidlashim lozimki, ushbu o’quv hujjatlarni o’rganishimda guruh rahbarim Jafarov Botirning maslahatlari va yordami ko’p bo’ldi.
4. Oliy ta’lim muassasalarida Xoriliy til va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishlarida o’qitiladigan fanlar tizimini o’rgandim.
Jumladan:
a) Bakalavriat yo’nalishi o’quv rejasida o’qitiladigan fanlarni bloklarga ajratishni;
b) Bakalavriat yo’nalishi o’quv rejasida o’quv soatlarini bloklarga ajratishni o’rgandim.
Bu o’rganishlarda ustozim Jafarov Botirning ko’magi katta bo’ldi.
5. Darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishladim. Jahon tillari fakukteti yo’nalish uchun chop etilgan adabiyotlar, darsliklar bilan tanishib chiqdim.
Jumladan:
a) Fan dasturlarida tavsiya etilgan asosiy adabiyotlar ro’yxatini shakllantirdim;
b) Axborot resurs markazini umumkasbiy va mutaxassislik fanlarini o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligini tahlil qildim;
c) Yangi chop etilgan darsliklar bilan tanishdim;
d) Yangi chop etilgan o’quv qo’llanmalar va uslubiy ko’rsatmalar bilan tanishdim.
Bu darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashda Muhammadjon Abdurahmanov ustozning hissalari katta bo’ldi.
6. Ilmiy rahbar ish faoliyatini va dars beradigan fanlari bo’yicha yaratiladigan o’quv uslubiy hujjatlarini taxliliy o’rgandim.
Jumladan:
a) IPI rahbari o’quv yuklamasi va dars jadvali bilan tanishdim;
b) IPI rahbari o’quv yuklamasidagi fanlar bo’yicha tayyorlagan ishchi dasturlarini o’rgandim;
c) IPI rahbarining o’quv fanlari uchun tuzgan taqvim rejasini o’rgandim;
d) IPI rahbarining shaxsiy ish rejasi bilan tanishib chiqdim;
e) IPI rahbarining yarim yillik va yillik hisobotlari bilan tanishib chiqdim;
f) IPI rahbari tomonidan tayyorlangan UUMlar bilan tanishib chiqdim.
Bu tahliliy o’rganishda ilmiy rahbarim F.f.n. M. Abduvaliyev katta yordam berdilar va o’z vaqtlarini ajratdilar.

Magistr: Najmiyev Shoxrux
Kafedra mudiri: DSc., dots..Z. Sodiqov
Magistratura bo’yicha ma’sul _________________________
Ilmiy rahbar: M. Abduvaliyev
Download 10.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling