Leksika, leksik-semantik sath va leksikologiya. Leksema


Download 123 Kb.
bet3/7
Sana04.04.2023
Hajmi123 Kb.
#1329205
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
LEKSIKA, LEKSIK-SEMANTIK SATH VA LEKSIKOLOGIYA. LEKSEMA

Mantiqiy mushohada uchun
1.Nega yozma nutqda beixtiyor dorixona, sinov daftarchasi, shifoxona (kasalxona), bekat so‘zlarini yozamiz-u, og‘zaki nutqda apteka, zachyotka, bolnitsa, ostanovka so‘zlarini aytamiz? Sabablari nimada?
2.Jarohat va yara so‘zlari o‘zaro sinonimmi yoki uyadoshmi? Lug‘atlardan foydalanib javob berish ham mumkin.
Til leksikasida yangi so‘zlarning hosil bo‘lishi turli yo‘llar bilan sodir bo‘ladi:

    1. yangi so‘z yasalishi:

    2. so‘zning yangi ma’no kasb etishi;

    3. bir turkumdan boshqasiga o‘tish.

Mazmun plani nuqtai nazaridan til leksikasi farqlanadi:

    1. mustaqil so‘zlar (atash vazifasini bajaradi) ва nomustaqil so‘zlar (bunday vazifaga ega emas);

    2. mavhum so‘zlar (umumlashma ma’nolarni ifodalaydi) va aniq so‘zlar (muayyan tushunchalarni ifodalaydi). Mustaqil va nomustaqil so‘zlar tizimida ham uzluksizlik mavjud. Unga ko‘ra, mustaqil so‘zlar nomustaqil so‘zlarga

aylanadi yoki ularning vazifasini muvaqqat bajaradi;

  1. sinonimlar (bir tushunchani turli tomondan ifodalaydi);

  2. antonimlar (zid tushunchalarni ifodalaydi);

  3. giponimlar (tur-jins tushunchalarini ifodalaydi);

Ifoda plani nuqtai nazaridan omonimlar, omograflar, omofonlar, paronimlar farqlanadi.
Til leksikasida uslubiy xoslanish alohida ahamiyatga ega.
Til leksikasida frazeologimlar alohida o‘rin tutadi. Frazeologimlar leksikalizatsiya hodisasining yorqin namunasi. So‘z birikmalari ma’nolari ixtisoslashib, bir so‘z ma’nosiga teng ma’no ifodalashga o‘tadi. Iboralar shaklan so‘z birikmasiga o‘xshaydi, lekin til leksikasiga mansub bo‘ladi.
Leksikani qayd etuvchi soha leksikografiya bo‘lib, uning nazariy va amaliy, an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari mavjud.

Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling