Leksika, leksik-semantik sath va leksikologiya. Leksema


Download 123 Kb.
bet2/7
Sana04.04.2023
Hajmi123 Kb.
#1329205
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
LEKSIKA, LEKSIK-SEMANTIK SATH VA LEKSIKOLOGIYA. LEKSEMA

Mustaqil o‘qish uchun
Ilk qadam
1954- yilda Jorjtaun universiteti (AQSH) olimlari qiziq bir tajriba o‘tkazishdi. Ular EHM (elektron hisoblash mashinasi)ga matnni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish topshirig‘ini “o‘rgatishdi”. To‘g‘risi, o‘shanda mashina matndagi bittagina so‘zni tarjima qila oldi. Lekin mashinaning inson tilini “egallashi” sari ilk qadam qo‘yilgan edi. bugungi kunda kompyuter tarjimasini “mashinasi tarjimasi” deyilishi bu ishni amalga oshiruvchi texnika dastlab mashina (EHM) bo‘lganligi bilan bog‘liq.
Leksikaning ochiqligi va dinamikligi unga tarixiylik nuqtai nazaridan munosabatda bo‘linganda, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ayrim so‘zlar passivlashib qolgan bo‘lsa, ayrimlari til “muzeyi” eksponatlari javonlaridan o‘rin olgan. Agar til muzeyi tashkil qilinadigan bo‘lsa, undan bugungi kunda unutilib borayotgan ardam, emgak, o‘klalmoq kabi so‘zlar anglatgan ma’nolari va qo‘llanish o‘rinlari hamda darajasi bilan o‘z aksini topgan bo‘lur edi. Bugungi kunda tilimiz leksikasining ko‘plab so‘z va iboralari o‘zining ana shunday virtual yoki moddiy saqlanish usullariga ehtiyoj sezmoqda.
Leksik birliklar to‘satdan “g‘oyib bo‘lmaydi”, u avval sezilarli ravishda passivlashadi, keyinchalik arxaizm va istorizmlarga aylanib boradi. Leksikaga yangi kirib kelayotgan so‘zlarning tilga singishi ham sekinlik bilan kechadi. Chetdan so‘z qabul qilish bu jarayoni o‘ziga xos qonuniyatlarga ega bo‘lib, kirib kelayotgan so‘zlar tilning ichki talablariga javob berishi kerak. Ulardan ayrimlarini keltiramiz:

  1. farqlanish. Til, avvalo, yozma va og‘zaki nutqqa ayricha talablarni qo‘yadi. Masalan, dorixona so‘zi yozma nutqqa, o‘zlashma apteka esa og‘zaki nutq uchun xos. Lekin ikkalasi ham meyoriy hisoblanadi.

  2. qulaylik. O‘zbek tilida oblast va viloyat, plan va reja, programma va dastur so‘zlaridan ikkinchilari, qaysi tilga mansubligidan qat’i nazar, talaffuz va imlo jihatidan qo‘lay. Shuning uchun til qulay variantni tanlaydi;

  3. zamonaviylik. Imlo qoidalarida, tilning muosir izohli va imlo lug‘atlarida u yaratilayotgan davr ruhi aks etishi katta ahamiyatga ega. Masalan, bek so‘zini polkovnik, beklarbegi birikmasini polkovnik, qozi so‘zini sudya so‘zlari olishi yangi zamon talabidir.


Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling