Leksika, leksik-semantik sath va leksikologiya. Leksema


Download 123 Kb.
bet6/7
Sana04.04.2023
Hajmi123 Kb.
#1329205
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
LEKSIKA, LEKSIK-SEMANTIK SATH VA LEKSIKOLOGIYA. LEKSEMA

Leksik aljabr:
[ko‘lam] – [katta] = [...] - [gulobi]
[yuz] – [bashara] = [...] – [josus]
[afzal] – [abzal] = [...] – [tom]
[bosh] – oyoq = [...] – [tub]
Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zlarni qo‘ying.

Tilning lug‘aviy tarkibi bir xil emas. So‘zlar turli asosga ko‘ra ko‘plab turlarga ajratiladi. Masalan, qo‘llanish darajasiga ko‘ra umumiy iste’mol va chegaralangan (yoki xususiy) leksika, qo‘llanish davriga ko‘ra eskirgan so‘z, zamonaviy so‘z va neologizm, qo‘llanish doirasiga ko‘ra dialektizm, professionalizm, jargon kabi turlarga bo‘linadi.
Leksikologiya til lug‘at tarkibining boyishini o‘rganganda uning 3 tipini ajratadi. Bulardan 2 tasi (yangi so‘z yasash, so‘zni yangi ma’noda qo‘llash) ichki boyish imkoniyati bo‘lsa, bittasi tashqi (so‘z o‘zlashtirish) imkoniyatdir.
Lug‘aviy birlikning borliqqa munosabatini o‘rganish – leksikologiyaning muhim aspektidan biri. Bunda ularning kishi hayotiga, amal qilayotgan davrga munosabati ochiladi. Masalan, yaqin o‘tmishda savdogar so‘zida salbiy ottenka bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ijobiy bo‘yoqli so‘z sifatida keng iste’molda.
Amaliy leksikologiya leksikografiya (lug‘atchilik), tarjima, lingvopoetika va nutq madaniyatini o‘z ichiga oladi. Ularning har biri leksikologik nazariyani boyitadi. Masalan, tarjima qiyosiy leksikologiya uchun qimmatli materiallar beradi.
Nazariy leksikologiya leksikada lisoniy va nutqiy jihatlarni farqlab, ularning sistemasiy munosabatlarini tadqiq qiladi.
Leksikologiya o‘z o‘rganish predmeti tadqiqida umumlingvistik tadqiq usul – distributiv (so‘zning chegarasini belgilash, morfologik strukturasini aniqlash), substitutsiya (so‘zlar ma’noviy xususiyatlarini tahlil etish), komponent tahlil (leksema va so‘zlar ma’noviy tarkibini aniqlash), transformatsion va statistik metodlaridan foydalanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Leksikologiya so‘ziga izoh bering.

  2. Leksikologiya tilshunoslikning qanday bo‘limi hisoblanadi?

  3. Leksikologiya fanining o‘rganish manbai va predmeti haqida gapiring.

  4. Leksik sathning asosiy birligi nima?

  5. So‘zlar lisoniy birlik sifatida qanday yo‘nalishlarda o‘rganiladi?

  6. So‘zga struktur jihatdan yondashuvda nimalarga e’tibor beriladi? Semantik va funksional jihatlardan yondashuvlarda-chi?

  7. Leksikologiyaning umumiy va xususiy turlarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapiring.

  8. Leksikologiyaning turlarini sanab bering.

  9. Sistem yondashuvda leksik sath birligi nima?

Test

1.O‘qi leksemasining grammatik shakli A) buyruq mayli B) aniq nisbat C) birlik, ikkinchi shaxs D) grammatik shaklsiz
2.Leksema va qo‘shimchani farqlovchi belgi: A) mustaqil shakl/nomustaqil shakl B) paradigma tashkil etish/etmaslik C) barqarorlik/beqarorlik D) miqdoran cheksizlik/cheklanganlik
3. Yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonni yozmoq), yoz (yoz fasli).Uchala o‘rinda qo‘llangan yoz leksemasining xususiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni toping. A) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona leksema B) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta leksemaning ko‘rinishi C) bir shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli leksema D) birgina leksemaning uch o‘rinda qo‘llanishi.
4.Ushbu gapda nechta leksema mavjud? Men maktabda uch yildan beri o‘qiyman. A) 6 B) leksema mavjud emas С) 5 D)


Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling