Leksika, leksik-semantik sath va leksikologiya. Leksema


Leksikologiya va uning turlari


Download 123 Kb.
bet5/7
Sana04.04.2023
Hajmi123 Kb.
#1329205
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
LEKSIKA, LEKSIK-SEMANTIK SATH VA LEKSIKOLOGIYA. LEKSEMA

3. Leksikologiya va uning turlari. Leksikologiya (ot. grek. lexikos – so‘zga oid va logos – ta’limot) tilning lug‘at tarkibini, leksikasini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Leksema va so‘z serqirra bo‘lganligi bois leksikologiyaning ham turlari juda ko‘p.

Mustaqil o‘qish uchun

Leksema o‘rganish obekti va uning qirrasi o‘rganish predmeti sifatida

O‘rganish predmeti

Tilshunoslikning qaysi bo‘limi, yo‘nalishlarida o‘rganiladi

Leksemaning kelib chiqishi va rivojlanishi

Diaxronik leksika

Leksemaning tilning muayyan davrdagi xususiyati

Sinxronik leksika

Leksemaning boshqa leksemalar bilan
paradigmatik munosabatlari

Struktural leksika

Leksemaning tabiatdagi ifodalovchilari bilan aloqalari

Naturalistik leksika

Ma’lumbirtildagileksemaniqarindoshbo‘lmaganbos hqatildagiLeksemabilanqiyoslash

Tipologik leksika

Bir tildagi Leksemani shu til bilan qarindosh bo‘lgan boshqa til materiallari bilan qiyoslash

Qiyosiy leksika

Leksemaning inson ruhiyatiga ta’siri, uni qabul qilish va hosil qilish xususiyatlari

Psixolingvistik leksika

Leksemaning jamiyatga ta’siri, nutq jarayonidagi o‘ziga xosliklari, ularning ijtimoiy ahamiyati

Sotsiolingvistik leksika

Leksemaning bir til hududida tarqalish xususiyatlari

Areal leksika

Leksemaning leksikografik talqini

Leksikografiya

Leksemaning xususiyatlari juda ko‘p bo‘lib, uni o‘rganuvchi leksikologiya turlarini ko‘plab keltirish mumkin.

Struktur yondashuvda so‘z leksikologik nazariyasining asosiy vazifasi, uning alohidaligi va o‘ziga xosligi mezonini tiklashdir. Birinchi holatda so‘z so‘z birikmasi bilan qiyoslanib, uning tugal shakllanganlik va alohidalik belgilari ochiladi. So‘zning nutqdagi analitik shaklining lisoniy asosi yoritiladi. Ikkinchi holatda so‘zning turli grammatik shaklidan hosil qilingan lisoniy invariantini tiklash xususida so‘z boradi. Shu munosabat bilan grammatik shakl olgan leksema – so‘zshakl tushunchasi muayyanlashtiriladi. Shuningdek, leksemaning turli nutqiy – fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari o‘rganiladi.
Lug‘aviy birlikning semantik tahlilida, ular (lug‘aviy birliklar) leksik semantika – semasiologiya tadqiq manbaiga aylanadi. Bunda so‘zning tushuncha (signifikat) va borliqdagi atalmish (denotat)ga munosabati o‘rganiladi. Semasiologiyada so‘zning semantik xususiyati – bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan, bosh va hosila, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari tekshiriladi. Bunda asosiy e’tibor so‘zning semantik strukturasiga, so‘z ma’nolari tipi va ularni ajratish mezoniga, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi va taraqqiyoti, so‘zning ma’nosini yo‘qotishi va grammatik formantga aylanishi – desemantizatsiya hodisasiga qaratiladi.
Funksional yondashuvda so‘zning nutqda voqelanish jarayonidagi roli, shuningdek, boshqa lisoniy sath birliklari voqelanishiga, ular umumiy ma’nolarining parchalanishiga qo‘shgan «hissasi» tekshiriladi. Masalan, odamcha so‘zida odam leksemasi -cha morfemasining «kichraytirishkamsitish» ma’nosini qizcha so‘zidagi «kichraytirish-erkalash» ma’nosidan farqlagan, morfologik sath birligi bo‘lgan -cha morfemasining «kichraytirish» umumiy ma’nosini parchalab, uning birini ikkinchisidan ajratgan.
Leksikologiya leksikaga til sistemasidagi ichki sistema sifatida qaraydi. Shuningdek, o‘zaro ma’noviy umumiylikka ega bo‘lgan lug‘aviy birlik yanada kichik, ichki sistemacha sifatida qaraladi. Shu asosda katta va kichik, ichki sistemalarning pog‘onali, bir-birini tashkil etuvchilik munosabati ochiladi. Masalan, olma, o‘rik, nok kabi ho‘l meva nomi bir sistemani tashkil etadi. Sabzavot nomi boshqa bir sistemani tashkil qiladi. Ular yuqoriroqda yana birlashadi – kichik sistemachalardan tashkil topgan «meva-sabzavot nomi» sistemasini tashkil qiladi va umumlashtirish yuqoriga qarab davom etaveradi.


Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling