Leksikasining tarixiy-etimologik xususiyatlari


Oriental Renaissance: innovative


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1540350
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shimoliy-afg-oniston-o-zbeklari-etnografik-leksikasining-tarixiy-etimologik-xususiyatlari (1)

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
26 
w
www.oriens.uz
2021
 March 
 
1. Umumturkiy qatlam. 
2. Arabiy qatlam. 
3. Fors-tojikcha qatlam. 
4. Baynalminal qatlam. 
Etnografizmlarning adabiy til meyorlariga munosabatini o`rganish e`tiborli 
masalalardan. Chunki adabiy til me`yori etnografizmlarning nutqda vazifalashuvini 
tartibga soladi, ularning qo`llanishi davr, sharoit, muhit va matn bilan 
muvofiqlashtiriladi. 
O`zbek tilida boshqa (arab, fors) tillardan o`zlashgan etnografizmlar ham 
mavjud. Shuni hisobga olgan holda o`zbek etnografik leksikasi umumturkiy, arabiy 
va fors-tojik qatlamlarga ajratiladi.
1. Etnografizmlarda umumturkiy qatlam. Afg`onistonning shimoliy hududlarida 
ko`p xalqlar yashaganiga qaramay, bu yerda hamisha nufuz jihatidan turkiy urug` va 
qabilalar yetakchilik qilgan. Тurkiy qabila va urug`lar Shimoliy Afg`oniston madaniy 
hayotda asosiy rolni o`ynagan. Shu bois etnografik leksika tarkibida umumturkiy 
so`zlar yetakchi o`rinda turadi. Umumturkiy so`zlar, ayniqsa, marosimlar va bolalar 
o`yinlari, shuningdek, dehqonchilik chorvachilik va qurilish kabi mehnat turlari 
leksikasida kengroq namoyon bo`ladi. Bunga sabab marosim, o`yin va mehnat turlari 
har bir xalqning tarixiy ijtimoiy hayotdagi qiyofasi va mavqeyini ko`rsatuvchi 
an`anaviy etnografik hodisalar sifatida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi. O`zbek xalqi 
turkiy xalqlarning biri va asosiy yetakchi bo`g`ini. Bunga bir kichik dalil sifatida 
professor Hamidulla Dadaboyev tomonidan bajarilgan tahlilni keltirib o`tsak. Olim 
turkiy leksik terminlarning umumiyligi haqida aniq tasavvurga ega bo`lish uchun 
ijtimoiy-siyosiy va sotsial terminlardan 503 tasini ajratib, ularni ba`zi qardosh turkiy 
tillarning muvofiq leksik birliklari bilan qiyoslash natijasida XI-XIV asr yozma 
manbalari tilida ishlatilgan 503 ta termindan 348 tasi uyg`ur tilida, 230 tasi qozoq 
tilida, 244 tasi qirg`iz tilida, 370 tasi turk tilida, 390 tasi o`zbek tilida qo`llanganligini 
ta`kidlaydi[3, -b. 61]. Hatto ushbu taxminiy tahlil ham eski turkiy til qo`lyozma 
manbalari o`zbek tili qatori boshqa turkiy tillar ichida yetakchi bo`g`in ekanligini 
ko`rsatib turibdi. Mavzudan uzoqlashmagan holda etnagrafizmlardagi turkiy qatlam 
haqida to`xtalib o`tsak. Azal-azaldan tilimizda qo`llanib kelayotgan sof etnografik 
birliklar talaygina. Buni Shimoliy Afg`oniston o`zbek etnografizmlarida ham 
kuzatishimiz mumkin: to`y, osh, umoch, ko`rpa, qalin, chimildiq, kuyov, kelin kabi. 
2. Etnografizmlarda arabiy qatlam. VII-VIII asrlarda arab hukmdorlari O`rta 
Osiyo hududini bosib olgandan so`ng mahalliy xalqqa o`z ta`sirini o`tkazadi. Ular 
o`zlarining urf-odati va madaniyatinigina emas, tilini ham majburiy qabul qildirishga 



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling