- Leksema (yun. lexis — soʻz, ifoda) — til qurilishining leksik maʼno anglatuvchi lugʻaviy birligi. L. bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obʼyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday L. oʻzining fonelshlari ifodalagan maʼnosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik soʻz va iboralarda mavjud. Ularga nisbatan glossema, lugʻaviy morfema atamalari ham ishlatiladi. Mas, uy L.sining leksik maʼnosi. — "kishi yashaydigan bino", yugurmoq L.sining leksik maʼnosi — "bir joydan ikkinchi bir joyga shiddat bilan harakatlanmoq" va boshqa Shunga koʻra, ular lugaviy (semantik) maʼno jihatdangina emas, balki fonetik va grammatik jihatdan ham oʻrganiladi.
- Sema (yun. sema — belgi) — mazmun, maʼno jihatining eng kichik birligi, semema (leksik maʼno)ning tarkibiy qismi.
- Masalan, "atrof" leksemasining maʼnosi (sememasi) "hamma" va "tomon" Sememalaridan iborat. Yoki "daraxt" leksemasining sememasi "predmet", "oʻsimlik", "erda oʻsuvchi", "tanali", "ildizli", "shoxli", "bargli" va boshqa Semalardan tashkil topadi. Maʼlum leksiksemantik guruhga oid sememalardagi Semalar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi; umumiy, birlashtiruvchi (integral) Sema va farqlovchi (differensial) Sema. Umumiy Sema — bir semantik maydondagi sememalarning tutashtiruvchi Sema.
Do'stlaringiz bilan baham: |