Yuqorida aytilgan fikrlarni inson so‘zi misolida isbotlashga harakat qilamiz: - Morfologik nuqtai nazardan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ot turkumiga tegishli;
- 2) turdosh ot, aniq ot, yakka ot; 3) bosh kelishikda; 4) birlikda.
- So‘z yasalish nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) tub so‘z; 2) sifat yasalishi uchun asos bo‘la oladi: insoniy, insonparvar;
- Uslubiyat nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) kitobiy uslubda qo‘llanadi;
- 2) hissiy-ta’siriy bo‘yoqqa ega.
- Leksikologiya nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) lug‘aviy manoga ega; ongli mavjudot; 2) bu so‘z odam, kishi, bashar so‘zlariga ma’nodosh hisoblanadi; 3) o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan; 4) nisbatan faol so‘z hisoblanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |