Leonardo da Vinchi va Abadiy dvigatelning imkonsizligi tamoyili


Leonardoning abadiy dvigatel muammosi ustidagi ishlashi


Download 344.06 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi344.06 Kb.
#1326967
1   2   3   4
Leonardoning abadiy dvigatel muammosi ustidagi ishlashi.
Agar Leonardo da Vinchi (1452-1519) abadiy dvigatelni yasash kabi katta muhimlikdagi muammodan chetda qolganida g‘alati bo‘lar edi. o‘zi qiziqqan hodisalarningdeyarli barchasining‘ mohiyatini amalda tushunishga harakat qilgan va ko‘p hollarda bunga erishgan Leonardo, haqiqatan ham mazkur muammoga murojaat etgan. Uning saqlanib qolgan risolalari va yon daftarlari, olimning mazkur dolzarb muammoning ichiga kirib borish jarayonining bosqichma bosqich chuqurlashib borishini kuzatishga imkon beradi.
Birinchi bosqich - amalda ungacha mavjud bo‘lgan va sal o‘zgartirilgan yukli g‘ildirakli abadiy dvigatel loyihalarini o‘rganib chiqish.
Leonardo Italiyaning yirik universitet markazlari - Bolonya, Parma, Piza, Rimda ko‘p marta bo‘lgan va kutubxonalarda izlanib, hamkasblari bilan faol muloqotda bo‘lgan. Uning o‘sha paytda ma'lum bo‘lgan turli xil abadiy dvigatel modellarini yasab ko‘rgani va tadqiq qilgani ehtimoldan holi emas. Lekin, ulardan hech biri nimagadir umuman ishlamagan. "To‘sqinlik meni ega olmaydi. Har qanday to‘sqinlik qo‘shimcha ishtiyoq chaqiradi" - va Leonardo yana ilgari intildi.
Ikkinchi bosqich - g‘ildirak sxemasini jiddiy o‘zgartirish.
Abadiy dvigatelni tayyorlash uchun qandaydir konstruksiyani ishlab chiqa olishiga ichki ishonch, Leonardo da Vinchini barchaga ma'lum "abadiy g‘ildirak"larning sxemalariga ongli ravishda jiddiy o‘zgartirishlar kiritish orqali ijobiy natijaga erishishga undadi. Bunday urinishlarning "iz"larini, uning qaydlarida uchratish mumkin. Undagi umumiy g‘oyani ham anglash oson - aylanish momenti nosimmetriyasigai qo‘shimcha fizik effekt yordamida erishish. Shu tarzdagi sxemalardan biri, 2-rasmda keltirilgan. Undagi g‘ildirakning pastki qismi suvga botib turishi va uning ostki qismiga ta'sir qilayotgan suvning itarib chiqaruvchi kuchlari qo‘shimcha fizik effektni hosil qilishi kerak edi
Uchinchi bosqich - abadiy dvigatel harakatini ta'minlay oladigan tamomila yangicha sxemalarni ishlab chiqish
3-rasmda, Leonardoning 1487 yilga taalluqli yon daftarchasining sahifasidan nusxa keltirilgan. Unda abadiy dvigatelning Arximed vinti bilan modifikatsiyalangan loyihasi namunasi keltirilgan.

Leonardoning fikricha, suv, kichikroq diametrli birinchi vint yordamida qandaydir balandlikka chiqib, idishga quyilishi, keyin esa, ikkinchi vint orqali (yoki, pastdagi sxemada chap tarafda ko‘rsatilganidek, g‘ildirakni aylantirib o‘tib) dastlabki holatiga qaytishi kerak edi. Bunday modifikatsiyadagi abadiy dvigatellarning o‘ziga xos jiddiy xususiyati shunda ediki, suvni pastga qaytaradigan vintning radiusi ancha katta bo‘lib, u haqiqatan ham u birinchi g‘ildirakka nisbatan katta aylanish momenti hosil qilishi, lekin, bir sikl davomida nisbatan kam ish bajarishi kerak edi. Chizmaga Leonardoning izohi: "Suv vint bo‘ylab... birinchi vintga qaytadi va bu jarayon chegaralanmagan muddatda davom etadi" - guvohlik berib turibdiki, o‘sha vaqtda Leonardo da Vinchi abadiy dvigatelning amalda mavjud bo‘la olishiga shubha qilmagan.

Download 344.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling