Leonardo da Vinchi va Abadiy dvigatelning imkonsizligi tamoyili


Download 344.06 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi344.06 Kb.
#1326967
  1   2   3   4

Leonardo da Vinchi va Abadiy dvigatelning imkonsizligi tamoyili
Abadiy dvigatelning imkonsizligi haqidagi tushuncha fizikaning maktablardayoq o‘quvchilar ongiga singdiradigan eng muhim qoidalaridan biri hisoblanadi. Natijada ko‘pchilikda shunday tushuncha paydo bo‘ladiki, kimki abadiy dvigatelni yasashga harakat qilayotgan bo‘lsa, demak u, yoki savodsiz, yoki, aqldan ozgan degan xulosaga kelinadi. Bunday yondoshuv bilan esa biz, o‘rta asrlar davri olimlarining fan va texnika oldidagi xizmatlarining ahamiyatini nomunosib tarzda pasaytirib qo‘yamiz.
Umuman olganda abadiy dvigatel yasash uchun bo‘lgan urinishlarni tushunish mumkin. Birinchidan, samarador va arzon energiya manbasi bo‘lgan mashinalarni qurish, jamiyatning eng muhim talablaridan biri hisoblanadi. (shunisi qiziqki, antik davrda, turli xil ilmiy maktablar mavjud bo‘lganiga qaramay, abadiy dvigatel yasash g‘oyasi amalda mavjud bo‘lmagan. Sababi oddiy: arzon ishchi kuchi - qullar mehnatidan keng foydalanish.) bu sohadagi dastlabki ixtirolar, turli mamlakatlarda XII-XIII asrlarga taalluqli bo‘lib, u asosan hunarmandchilik ishlab chiqarishining talab va ehtiyojlari bilan bog‘liq. Ikkinchidan, juda kuchli psixologik omil mavjud: kim ushbu muammoni hal qila olsa, butun insoniyatga katta xizmat ko‘rsatgan bo‘ladi va uning nomi asrlar osha ulug‘lanadi. Va nihoyat, uchinchidan, har kim ham tabiatdagi abadiy, to‘xtovsiz harakatlarni kuzatishi mumkin: Oyning, sayyoralarning harakati, daryolarning oqishi kabi. Agar bunday harakat tabiatda mavjud bo‘lsa, nahotki inson, texnik ko‘nikmalar va ilmiy salohiyat orqali, sun'iy abadiy dvigatelni o‘z qo‘llari bilan yasay olmasa? Agar sening modeling ishlamayotgan bo‘lsa, uni mukammallashtirishga intil! Shunday fikrlar, ilm-fan, texnika bilan aloqasi bo‘lgan ko‘plab shaxslarni abadiy dvigatelning loyihasi ustida faol ravishda izlanishga undagan.

Eng avvalgilar.

Abadiy dvigatelning dastlabki loyihasi hind Bxaskara tomonidan taxminan 150-yilda tayyorlangan deb hisoblanadi. 1a rasmda ko‘rsatilganidek, mazkur qurilma, og‘ir suyuqlik (simob) to‘ldirilgan trubkalarning jamlanmasining radiusga nisbatan ma'lum burchak ostida joylashtirilgan ko‘rinishida bo‘lgan. Ixtirochining fikricha, trubkalardagi suyuqlikning aylanma ravishda oqib turishi, yukning taqsimlanishida nosimmetrik vaziyatni keltirib chiqarishi va natijada g‘ildirakning abadiy aylanishini ta'minlashi kerak edi. o‘xshash loyihani 100 yildan keyin, mashhur farang me'mori va muhandisi Villar d'Onnekur 1b tasvirda keltirilgan ko‘rinishda taqdim etdi. Uning fikricha, g‘ildirakdagi toq sondagi yuklar nosimmetriklikni paydo qilishi va abadiy aylanishga sabab bo‘lishi kerak edi. Aftidan, abadiy dvigatelni aynan "abadiy g‘ildirak" tarzida tasavvur qilish, o‘rta asrlarda butun Yevropa bo‘ylab keng tarqalgan boshqa bir dvigatel - suv g‘ildiragiga asoslangan bo‘lsa kerak. Loyihaning modifikatsiyalaridan birini (1c tasvir) 1438-yilda Sienalik (Florensiyadan - Leonardo da Vinchining vatanidan uncha uzoq bo‘lmagan shahar) Mariano Jakopo ishlab chiqqan edi.


Download 344.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling