Osmon jismlarining harakati va Kepler qonunlari § Sayyoralarning harakati. Asosiy iboralar


Download 93.59 Kb.
bet1/6
Sana28.01.2023
Hajmi93.59 Kb.
#1137041
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
osmon jismlarining harakati va keple


Aim.Uz

Osmon jismlarining harakati va Kepler qonunlari


§ 1 . Sayyoralarning harakati.


Asosiy iboralar: elongasiya, kvadratura, qo’shilish, qaramaqarshi turish, konfigurasiya.
Sayyoralar ekliptik orbitalar bo’yicha Quyosh atrofida aylanadi. Bu orbitalarni eliptikligi va ekliptika tekisligiga nisbatan qiyaligi shuncha kichik, ki ko’pgina masalalarni yechishda orbitalarni aylana shaklida va ekliptika tekisligiga yotgan deb olish mumkindir.
Merkuriy va Veneraning orbitalari Yer orbitasi ichida joylashganligi sababli bu sayyoralarga quyi sayyoralar deyilib, qolgan sayyoralarga yuqori sayyoralar deyiladi. Yerdan Quyoshgacha o’rtacha masofa 149500000km – ga teng bo’lib, unga astronomik birlik (a.b) deyiladi. Merkuriy Quyoshga nisbatan eng katta 270 – ga, Venera esa 480 – ga og’adi. Shuning uchun bu sayyoralar ertalabki yulduzlar yoki tunggi yulduzlar kabi sharqda va g’arbda ko’rinadi. Sayyoralarni Yer va Quyoshga nisbatan olgan holatlariga sayyoralarni konfigurasiyalari deyiladi. Sayyoralarning konfigurasiyalari rasm 10 – da ko’rsatilgan.
Pastki sayyora masalan venera (v) rasm 10-da ko’rsatilganicha v1, v2, v3, v4 holatlarni birida joylashgan bo’lsa, u yerdan v1- pastki v3 – yuqori Quyosh bilan qo’shilish holatida yoki v2-sharqiy yoki v4-g’arbiy maksimal elongasiya holatlarida bo’lishi mumkin. Agar yuqori sayyora masalan mars (m) o’zining orbitasini M1, M2 , M3 va M4 nuqtalarida joylashgan bo’lsa u yerdan M1 Quyoshga nisbatan qarama-qarshi turish, M3- qo’shilish hamda M2 g’arbiy va M4
sharqiy kvadraturalarda bo’ladi. Pastki sayyora pastki qo’shilish holatida Yerga eng yaqin kelsa, yuqori qo’shilish holatida undan eng uzoq masofada bo’ladi. Yuqori sayyora bo’lsa Quyoshga nibatan qarama-qarshi turish vaziyatida Yerga eng yaqin kelsa, qo’shilish vaziyatida undan eng uzoq masofada bo’ladi.
Agar Quyoshdan Q to’g’ri chiziqni o’tkazsak ( - bahorgi tengkunlik nuqta), u holda bu yo’nalish va Quyoshdan sayyora tomon o’tkazilgan Qr yo’nalish orasidagi  Qr burchakga geliosentrik uzunlama deyiladi. Geliosentrik uzunlama q yo’nalishidan boshlab soat strelkasi yo’nalishiga teskari yo’nalishida o’lchanadi. Yerning geliosentrik uzunlamasini L bilan belgilasak, u holda 10 – chi rasmga asosan quyi sayyoralar uchun:
quyi qo’shilishda - L = 00
yuqori qo’shilishda - L = 1800
qarbiy elongasiyada - L = 90 –
sharqiy elongasiyada - L = 2700 +
bo’ladi, bunda – sayyoraning Quyoshdan eng katta ko’rinma ko’rish burchak uzoqligi. Tashqi sayyoralar uchun:
qarama - qarshi turishda - L = 00
qo’shilishda - L = 1800 bo’ladi.


Rasm 10. Sayyoralar konfigurasiyalari.

T- Yer, Q-Quyosh, M1-qarama-qarshi turish, M2-g’arbiy kvadratura, M3-qo’shilish, M4-sharqiy kvadratura, v1-pastki qo’shilish, v2-g’arbiy elongasiya, v3-yuqori qo’shilish, v4- sharqiy elongasiya.


Yerdan bahorgi tengkunlik tomon yo’nalish va sayyora tomon yo’nalish orasidagi Tr burchakga geosentrik uzunlama K deyiladi. K - burchak, Yer bahorgi tengkunlik nuqta tomon o’tkazilgan yo’nalishdan boshlab soat strelkasi aylanishi yo’nalishiga teskari yo’nalishda o’lchanadi. Bu bo’lim masalalarini yechishda K - ni qiymati quyidagicha aniqlanadi va L–ni bilgan holda va ixtiyoriy ravishda q yo’nalishini o’tkazgan holda. Yerning va sayyoraning orbitadagi mavqyelari topiladi. Sayyoralar orbitalarini radiuslari ma’lum bir xil masshtabda olinishi lozim. Quyoshda q yo’nalish va Yerdan, q yo’nalishiga parallel bo’lgan T yo’nalishini o’tkazib Yer T holatini sayyoraning r - holati bilan tutashtirib K- ni qiymatini transportir bilan o’lchaydilar.
Yilning ma’lum kunlari uchun sayyoralarning geliosentrik uzunmalari astronomik yilnomalarda chop etiladi.
Agar sayyoraning Quyosh atrofidagi aylanish davrini S – bilan (yulduzli davr) belgilasak, u holda sayyoraning ikki marotiba ketma – ket bir xil konfigurasiyadan o’tishi uchun vaqt R – sinodik davr, sinodik tenglamalardan foydalanib topiladi.







Љ







P



Download 93.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling