Liderlik nazariyalari

Download 395.07 Kb.
bet6/9
Sana18.12.2022
Hajmi395.07 Kb.
#1031951
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ganiyev Y

Shunday qilib, har qanday lider obro‘ga ega. Obrolilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emotsional, ham irodaviy ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obro‘lilik ya’ni shaxslararo munosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro‘ juda samaralidir. Odamlar ko‘ngliga yo‘l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga o‘xshashlar obro‘ orttirish mezonlaridandir.

Liderlik va superliderlik

Amerikalik tadqiqotchi Linda Djuell ijtimoiy psixologik xodisalardan muhimi bo‘lmish liderlik masalasiga o‘zining o‘ziga xos yondashuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi talqini, ya’ni mardlik va jasorat ko‘rsatish uchun ochiq maydonlar yo‘q bo‘lgan sharoitda liderlik xislatlarining namoyon bo’lish xususiyatlarini ochishga urinadi.

Uning fikricha, zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi, eng avvalo xodimlar rolini oshirib, liderlarnikini, aksincha, pastlashtirish, yoki aniqrog‘i, kamaytirish hisobiga ro‘y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha bo‘g‘inlarni kamaytirish mumkin. Liderning, ya’ni amerikaliklar rahbarni lider fenomeni doirasida tasavvur qilishadi, vazifasi - guruhning samarali faoliyat ko'rsatish yo‘llarini belgilab berishdir.

Bundagi asosiy g‘oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o ‘zi uchun lider bo‘la olsa, o‘zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga etkaza olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-soat etib keladiki, jamoa o‘zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo‘lmagan mexanizmga aylanadi. Bu — superliderlikdir.

Download 395.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling