Ligandlar va retseptorlar Reja
Hujayra yuzasi retseptorlari
Download 1.43 Mb.
|
Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ligand-boshqaruvli ion kanallari Ligand-boshqaruvli ion kanallari
Hujayra yuzasi retseptorlari
Hujayra yuzasi retseptorlari membranaga birikkan oqsillar boʻlib, hujayraning tashqi yuzasida ligandlar bilan bogʻlanadi. Signal uzatishning bu turida ligand plazmatik membranani kesib oʻtmaydi. Shuning uchun turli xildagi (yirik, gidrofil, yaʼni “suvni yoqtiruvchi”) molekulalar ligand vazifasini bajarishi mumkin. Tipik hujayra yuzasi retseptorida uchta turli xildagi domenlar yoki oqsil hududlari mavjud. Bular: hujayra “tashqarisida” joylashgan ligand-bogʻlovchi domen, membrana boʻylab joylashgan gidrofob domen va hujayra “ichida” joylashgan signal uzatuvchi domen. Retseptor turiga bogʻliq holda bu oqsil hududlari oʻlchami va tuzilishi farq qiladi, retseptorning gidrofob hududi esa aminokislotalarning membranani kesib oʻtuvchi koʻplab boʻlaklaridan iborat boʻladi. [Rasmni koʻrish] Hujayra yuzasi retseptorlarining koʻplab turlari mavjud, biz quyida shulardan keng tarqalgan uchta turi bilan tanishib chiqamiz: ligand-boshqaruvli (ligandga bogʻliq) ion kanallari, G oqsilga bogʻlangan retseptorlar va tirozin kinaza retseptorlari. Ligand-boshqaruvli ion kanallari Ligand-boshqaruvli ion kanallari ligand bogʻlanishiga javob tariqasida ochiluvchi ion kanallari hisoblanadi. (Shuningdek, ligandga bogʻliq ion kanallari yoki ligand aktivlovchi ion kanallari ham deb nomlanadi.) Hujayra yuzasi retseptorining bu turida membranani qamrab oluvchi hudud boʻlib, uning markazidan gidrofil (suvni yoqtiradigan) kanal oʻtgan boʻladi. Bu kanal orqali ionlar fosfolipid qoʻshqavatining gidrofob qismiga tegmasdan membranani kesib oʻtadi. Ligand kanalning hujayra tashqarisidagi qismiga bogʻlanishi natijasida oqsil tuzilishida shunday oʻzgarish yuzaga keladiki, u orqali maʼlum turdagi ionlar, masalan, Ca2+Ca2+start text, C, a, end text, start superscript, 2, plus, end superscript yoki Cl−Cl−start text, C, l, end text, start superscript, minus, end superscript ionlari oʻta oladi. Baʼzan esa buning aksi uchraydi, yaʼni kanal ochiq holatda boʻladi va ligandning unga birikishi esa kanalning yopilishiga sabab boʻladi. Hujayra ichida ion miqdorining oʻzgarishi boshqa molekulalar faolligiga ham taʼsir etadi, masalan, ion-bogʻlanuvchi fermentlar va kuchlanishga sezgir kanallarning taʼsirlanishidan javob yuzaga keladi. Neyronlar, yaʼni nerv hujayralarida neyromediatorlar bilan bogʻlangan ligand-boshqaruvli kanallar mavjud. Ligand-boshqaruvli ion kanali diagrammasi. Plazmatik membranada joylashgan yopiq kanalga ligand bogʻlanishi natijasida kanal ochiladi va u orqali ion hujayra ichiga yoki tashqarisiga (konsentratsiya gradiyenti boʻyicha pastga) harakatlanadi. Manba: OpenStax College, Biology (CC BY 3.0) ga tegishli “Signaling molecules and cell receptors: Figure 4” (Signal molekulalari va hujayra retseptorlari: 4-rasm) nomli grafik material moslashtirib olindi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling