Ligandlar va retseptorlar Reja


Tirozin kinaza retseptori


Download 1.43 Mb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1581024
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kirish

Tirozin kinaza retseptori
Fermentga bogʻlanuvchi retseptorlar ferment bilan bogʻlanuvchi hujayra ichi domeniga ega boʻlgan hujayra yuzasi retseptorlaridir. Ayrim hollarda retseptorlarning hujayra ichi domenining oʻzi reaksiyani katalizlovchi fermentdir. Fermentga bogʻlanuvchi retseptorlarning boshqa turlarida esa hujayra ichi domeni ferment bilan taʼsirlashadi55start superscript, 5, end superscript.
Tirozin kinaza retseptorlari (TKR) odam va boshqa koʻplab organizmlarda uchraydigan fermentga bogʻlanuvchi retseptorlar sinfi hisoblanadi. Kinaza ferment nomi boʻlib, fosfat guruhini oqsil yoki boshqa nishon molekulalarga uzatadi, tirozin kinaza retseptori esa fosfat guruhini aynan tirozin aminokislotasiga uzatadi.
TKR signal oʻtkazish yoʻli qanday ishlaydi? Oddiy misol: signal molekulalar dastlab yonma-yon joylashgan ikkita tirozin kinaza retseptorining hujayra tashqarisidagi hududiga birikadi. Bu ikkala qoʻshni retseptor bir-biriga yaqinlashadi yoki dimerlanadi. Keyin har bir qoʻshni retseptor bir-birining hujayra ichida joylashgan qismidagi fosfat guruhini tirozin bilan bogʻlaydi. Fosforillangan tirozin signalni hujayra ichidagi boshqa molekulalarga uzatadi.

Tirozin kinaza retseptori diagrammasi: ligand birikishi va retseptorning oʻz-oʻzidan fosforillanishi koʻrsatilgan.
Signal molekulalar oʻzaro yonma-yon joylashgan ikkita retseptorga birikishi natijasida retseptorlar dimerlanadi (juftlashadi).
Juftlashgan retseptorlar bir-birining hujayra ichki domeni (hujayra ichidagi oqsil qismi)dagi tirozin molekulalarini fosforillaydi.
Fosforillangan retseptorlar hujayradagi boshqa retseptorlar bilan taʼsirlashib, signal uzatish yoʻllaridagi javobni qoʻzgʻatadi.
OpenStax College, Biology (CC BY 3.0) ga tegishli “Signaling molecules and cell receptors: Figure 7” (Signal molekulalari va hujayra retseptorlari: 7-rasm) nomli grafik material oʻzgartirib olindi.
Koʻp hollarda fosforillangan retseptorlar maxsus bogʻlanuvchi domenlarga ega boʻlgan hujayradagi boshqa oqsillar uchun biriktiruvchi platforma vazifasini bajaradi. Koʻplab oqsil turlari ushbu domenlarga ega boʻlib, oqsillardan biri bogʻlanganda signal uzatuvchi kaskadni ishga tushiradi va hujayraviy javobni hosil qiladi6,76,7start superscript, 6, comma, 7, end superscript.
Tirozin kinaza retseptorlari inson tanasidagi koʻplab signal uzatish jarayonlari uchun muhim ahamiyatga ega. Masalan, bu retseptorlar hujayra boʻlinishi va tiriklikni taʼminlovchi oʻsish omillari bilan bogʻlanadi. Oʻsish omillariga yaralarning tuzalishida ahamiyatga ega boʻlgan trombotsitlarga bogʻliq oʻsish omili va maʼlum turdagi neyronlarning faoliyati saqlanishi uchun doimiy taʼminlanishi zarur boʻlgan nerv toʻqimasi oʻsish omili kiradi88start superscript, 8, end superscript. Oʻsish omili signal uzatilishidagi ularning vazifasi tufayli tirozin kinaza retseptorlari inson tanasida muhim ahamiyatga ega, lekin ularning faoliyati muvozanatda saqlanishi kerak, chunki oʻsish omili retseptorlarining yuqori aktivligi ayrim saraton kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab boʻladi.

Ligand turlari
Signal uzatuvchi hujayralar hosil qilgan ligandlar turli koʻrinishlarda boʻladi va nishon hujayralarning ichidagi yoki ustidagi retseptorlar bilan taʼsirlashadi. Ligandlarning turlariga oqsillar, steroidlar kabi gidrofob molekulalar va azot oksidi kabi gazlar kiradi. Quyida biz ligandlarning bir qancha turlari bilan tanishib oʻtamiz.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling