Likvidlilik ko’rsatkichlar tahlili. Reja; Kirish Asosiy qism
Tijorat banklari likvidligini boshqarish nazariyalari
Download 123.13 Kb.
|
Rasulov Suxrob 819
Tijorat banklari likvidligini boshqarish nazariyalari
Likvidlik, deganda avvalo moddiy boyliklarning qisqa muddat ichida va hech bir qiymat yo’qotishlarsiz naqd pulga aylanish qobiliyati tushuniladi. Biron bir moddiy boylik likvid hisoblanishi uchun: - doimiy ravishda o’zining ikkilamchi bozoriga; - muvozanatli bahoga; - yuqori aylanish tezligiga ega bo’lishi lozim. Tijorat banklari likvidliligini boshqarishdan avval likvid mablag’larga ehtiyojni hisoblash zarur. Likvid mablag’larga bo’lgan talab va taklif doimo o’zgaruvchan bo’ladi, masalan, bankning mijozlari bo’lgan aholi asosan oy boshi yoki oxirida oylik maoshlarini oladilar va shu paytda depozit mablag’lari hajmining o’sishi kuzatiladi. “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga ko’ra, banklar mablag’larning saqlanishi hamda omonatchilar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi uchun o’z mijozlari va omomnatchilari oldida javobgardirlar. O’zbekiston Respublikasida bank likvidligini samarali boshqarish quyidagi omillar bilan ta’minlanadi: - bank va uning atrofidagi muhitning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi, aniq ifodalangan va hujjatlashtirilgan likvidlikni boshqarish siyosatining mavjudligi; -bankning turli bo’linmalarining muvofiqlashtirilganligi; -bank likvidlik holatining monitoringi vazifalari yuklangan bo’linmaning mavjudligi; -ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda bankning aktiv va passiv holatlarini tahlil qilish uchun axborot tizimining mavjudligi. Tijorat ssudalari nazariyasi. Bu nazariya 18-asrda Angliyada paydo bo’lgan. Unga ko’ra, bankning aktivlari qisqa muddatli ssudalarga joylashgan taqdirda, bank o’z likvidligini saqlab qoladi. Kreditlar faqatgina oborot mablag’larini shakllantirish va “pul - moddiy tovar zaxiralari – realizatsiya - debitorlik qarzlari - pul” qonunining bajarilishiga, ya’ni ishlab chiqarish jarayonidan iste’molgacha bo’lgan jarayonning bajarilishiga qaratilgan. Ammo, bu nazariyada rivojlanayotgan iqtisodiyotning kreditlarga ehtiyoji hisobga olinmaydi, chunki iqtisodiy tanazzul sharoitida qisqa muddatli ssudalar ham so’ndirilmay qolishi mumkin. Bundan tashqari faoliyatini kengaytirmoqchi bo’lgan korxonalar yangi er, bino, inshoot va vositalarni sotib olishga va uzoq muddatli kreditga ehtiyoj sezadi, bu ehtiyojning bajarilishini banklar yoqlamaganligi uchun tijorat maydoniga kredit uyushmalari, jamg’arma kassalari va boshqa moliya muassasalari kabi raqobatchilar chiqa boshladilar va ular korxonalar uchun uzoq muddatli kreditlar ajrata boshladilar. 2. Joydan joyga ko’chirish nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra, banklarning aktivlari osonlikcha boshqa kreditorlar va investorlarga realizatsiya qilinadigan bo’lishi kerak. Bunda kredit ta’minoti uchun olingan likvidli aktivlar, masalan, qimmatli qog’ozlar istalgan paytda sotilishi yoki shu qimmatli qog’ozlar evaziga Markaziy Bankdan resurs jalb qilish mumkin. Bu qimmatli qog’ozlar ikkilamchi rezerv vazifasini bajaradi va uch talabga javob berishi: yuqori sifat, tez sotilishi va qisqa muddatga mo’ljallanishi kerak. Inqiroz sharoitida likvidli aktivlar fond bozoridagi kotirovkalar keskin tushib ketishi oqibatida qadrini yo’qotishi mumkin. Ammo, yuqori likvidli aktivlarning daromadliligi past bo’ladi. 3.Kutiladigan daromad nazariyasi. Bank kredit uchun olingan ta’minot ob’ekti yordamida emas, qarz oluvchining bo’lg’usi daromadlari asosidagi pul oqimlarini tahlili orqaligina rejalar tuzishi lozim. Sanoat uchun berilgan kreditlar iste’mol uchun berilgan kreditlardan likvidliroq, o’z navbatida, iste’mol kreditlari ipoteka kreditlaridan likvid, ya’ni ularning riski kamroq va muddati qisqa. Ammo, har doim ham qarz oluvchining barcha pul oqimlarini hamisha ham nazorat qilish imkoni bo’lavermaydi, kutilmagan vaziyatlar qarz 25 oluvchining pul oqimlarini to’xtatib qo’yishi mumkin. Bankning investitsion portfeli shunday tashkil topishi kerakki, bunda qimmatli qog’ozlar bo’yicha to’lanadigan mablag’larning so’ndirilish muddati kredit portfeli bo’yicha to’lovlarga yaqin bo’lishi kerak. Bu nazariyaning asosi likvidlikni ta’minlash uchun bozordan aktivlarni sotib olishga qaratilgan. Birinchidan, banklar likvidlik muammosini hal qilishda valyuta bozorlari orqali qo’shimcha mablag’lar jalb etadilar, bu usul g’arb mamlakatlarida keng tarqalgan. Ikkinchidan, likvidni saqlash uchun resurslar Markaziy bank, tijorat banklari va evrovalyutalar bozoridan jalb etiladi. Ammo, ba’zi paytlarda mablag’larni jalb eta olish imkoniyati bankning talabiga emas, balki obro’ va mavqeiga bog’liq bo’lishi mumkin. Inflyatsiya sharoitida foiz stavkalarining o’zgarishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga bevosita ta’sir ko’rsatadi va ular faoliyatining uzluksiz bo’lishi uchun kreditga ehtiyoj sezadilar va ushbu davrda korxonalarning banklardagi muddatsiz depozitlari hajmi oshmaydi. Bunda resursga talabi bo’lgan banklar nodepozit mablag’larni jalb etishga harakat qiladilar. Likvidlik holatini boshqarishda 2 ta yo’nalishni ajratishimiz mumkin: Birinchisi, rezervlarni doimiy nazorat qilish siyosati. Bu shuni anglatadiki, bankda daromad keltirmaydigan aktivlarni oshishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Ikkinchisi, rezervlarni bir darajada saqlab turishni qo’llab-quvvatlash siyosati, ya’ni majburiy rezerv normalari, jalb qilingan depozitlarga rezervlar va h.z. Likvid mablag’larga bo’lgan talabni rejalashtirishda naqd pullarni boshqarish, ya’ni mijozlarning talabini qondirish maqsadida majburiy rezervlarni bir maromda saqlash lozimdir. Shularni inobatga olgan holda bank kassasidagi pullar kun davomida, ya’ni pul tushum va chiqim bitimlarini amalga oshirish natijasida o’zgarib boradi. Bank amaliyoti shuni ko’rsatadiki, likvidlilikning etarli darajasini ta’minlanmasligi bank faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarni keltirib chiqaradi. 26 Bunday holatning yuzaga kelishi odatda bankdagi depozitlarning yo’qotilishiga, bu esa naqd pul mablag’larining kamayishiga va bank aktivlariga o’ta likvid qimmatli qog’ozlarning sotilishiga sabab bo’ladi. Bank likvidliligini boshqa banklardan olingan kreditlar hisobiga ham qondirish mumkin. Ammo, boshqa banklar yuqori foiz stavkada kreditlar taqdim etadi yoki berilayotgan kreditlarga qo’shimcha ta’minot qo’yishni talab etishadi. Bu esa, bank oladigan daromadning kamayishiga sabab bo’ladi. Banklarning likvidlilik muammosini hal qilish uchun likvidlilikni boshqarishning bir qancha strategiyalari mavjuddir. Bular: 1. Aktivlar hisobiga likvidlilikni ta’minlash strategiyasi (aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish). Bu strategiyaga muvofiq bank aktivlarni tez sotiladigan qimmatli qog’ozlarga joylashtirishni nazarda tutadi. Agar, likvid mablag’larga talab yuzaga keladigan bo’lsa bank naqd pullarga bo’lgan talabni qondirguncha o’z aktivlarini sotadi. Odatda likvidlilikni boshqarishning ushbu strategiyasi aktivlarning transformatsiyasi deb ataladi, chunki pul ko’rinishida bo’lmagan aktivlar naqd pulga aylanishi hisobiga likvid mablag’lar yuzaga keladi. Likvid aktivlar uchta hususiyatga ega bo’lishi lozim: - tez pulga aylanishi uchun o’z bozoriga ega bo’lishi lozim; - bozorlarda barqaror bahoga ega bo’lishi ; - sotuvchi minimal risk orqali birlamchi investitsiyani qoplay olish imkoniyatining bo’lishi lozim. Aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish strategiyasi odatda mayda banklar faoliyatida qo’llaniladi, chunki ushbu likvidlilikni boshqarish metodi qarz likvid mablag’lari orqali aktivlarni transformatsiyalash strategiyasi likvidlilikni boshqarishning arzon yo’li hisoblanmaydi. Aktivlarni sotilishi bankning kelgusi daromadlarini yo’qolishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, ko’p aktivlarning sotilishi qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda brokerlarga to’lanadigan komission harajatlar bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, naqd pul mablag’lariga ega bo’lish maqsadida aktivlarning sotilishi bank balansining yomonlashuviga olib keladi, ammo bu aktivlar (misol uchun davlat qisqa muddatli obligatsiyalari)ni mavjud bo’lishi bankning moliyaviy faoliyati barqarorligidan dalolat beradi. 2. Pul mablag’lariga talabni qondirish uchun likvid qarz mablag’laridan foydalanish strategiyasi (passivlarni boshqarish). Ko’pgina yirik banklar likvid mablag’larning manbasi sifatida ko’proq pul bozoridagi qarz mablag’laridan foydalanishadi. Odatda bu strategiyani passivlarni boshqarish deb ataladi. Bunda tijorat banklari o’zlarining likvid mablag’larga bo’lgan talablarini yirik miqdordagi depozit sertifikatlarini va boshqa banklardan olingan kredit mablag’lari orqali ta’minlashadi. Passivlarni boshqarish strategiyasi orqali ma’lum bir muddat uchun qarz mablag’lari hisobiga likvidlilik ta’minlanadi. Bu strategiyani yirik banklar amalga oshirishining asosiy sababi shundaki, banklarning o’z mablag’lariga nisbatan majburiyatlarining ortishi va bank balansida tez pulga aylana oladigan aktivlarning etarli darajada bo’lmasligi, bankning to’lovga layoqatsiz bo’lish riski yuzaga kelishi mumkin hamda bank likvid mablag’larga bo’lgan talabini qondira olmay qolishi mumkin. Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag’larini boshqarish strategiyasining riskligini va aktivlarda likvid mablag’larning yuqori bahosini hisobga olgan holda, banklar likvidlilikni boshqarishning aktiv va passivlarini boshqarish strategiyasini tanlaydilar. Bu strategiga muvofiq likvid mablag’larga kutilayotgan talabning bir qismi tez sotiladigan qimmatli qog’ozlar va boshqa banklardagi depozit ko’rinishlarida saqlanadi, shu paytda likvid mablag’larga bo’lgan boshqa talablar bank korrespondentlar bilan ochilgan kredit liniyalari va boshqa mablag’lar orqali qondiriladi. Kutilmaganda yuzaga keladigan likvid mablag’larga talablar qisqa muddatli kreditlar orqali qoplanadi. Tijorat banklari tomonidan qachonki bank depozitlarini eng barqaror daromad manbasi ekanligi amaliyotda xalqqa ko’rsatila olinar ekan, shunda banklarning depozit bazasining barqarorligini ta’minlash muammosi barham topishiga erishishimiz mumkin bo’ladi. Likvidlikni boshqarish siyosati likvidlikni boshqarish bo’yicha asosiy holatlarni qamrab olishi hamda bankning turli xil moliyaviy vositalarni qo’llashga nisbatan munosabatini, masalan, turli moliyaviy vositalardan foydalanishini aniq ifoda etishi lozim. Tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank tomonidan nazorat qilishda ham muddati o’tgan va muddati o’tmagan brutto kreditlar bo’yicha joriy nazoratni amalga oshirish zarur. Xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan me’yoriy ko’rsatkich bo’lib, muddati o’tgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog’i 5 foizdan oshib ketmasligi lozim. Tijorat banklari faoliyati bank nazorati natijalari bo’yicha baholanganda ana shu ko’rsatkichga amal qilish hisobga olinishi zarur. Bu esa tijorat banklarini muddati o’tgan kreditlar hajmini me’yoriy darajada saqlab turishga undaydi. Likvid mablag’lar bo’yicha choralarni ta’minlash quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Likvidlik davrida oldindan belgilangan reja bo’yicha kredit va depozit mablag’larining hajmi bashorat qilinishi kerak; 2. Shu davr uchun oldindan belgilangan reja bo’yicha kredit va depozit mablag’lari kutiladigan dinamikasi hisoblanishi kerak; 3. Likvidlikni boshqarish bo’yicha boshqaruvchi rejadagi davr uchun nettolikvid pozitsiyasining qiymatini aniqlashi zarur. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida tijorat banklari uchun asosiy muammolardan biri bankning likvidligi va daromadliligining eng maqbul darajasini aniqlashdir. Unga erishish uchun bank aktivlarini samarali boshqarish katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, banklar uchun aktivlarni boshqarish asosiy vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Har kanday bank moliyaviy bozorning yuqori darajada rivojlanishi bilan iqtisodiy barqarorlik sharoitida ham ma’lum jiddiy qiyinchiliklarni engib o’tishiga to’g’ri keladi. Lekin inflyatsiya darajasi yuqori va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bu tashqi omillar tijorat banklari moliyaviy ahvoliga ta’sir qilib, bank aktivlarini boshqarish masalasini birinchi darajaga kuymokda. Tijorat banklari aktiv operatsiyalarini boshqarish o’z oldiga balans likvidligiga rioya qilgan holda, bank foydaliligini ta’minlash singari ikki yagona maqsadni qo’yadi. Moliyaviy jihatdan aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: - bank likvidliligini oshirish; - bank daromadini oshirish; - risklarni kamaytirish. Bundan kelib chiqqan holda, bankning aktivlari ularning daromadliligi, risk darajasi va likvidliligini e’tiborga olgan holda shakllantirilishi lozim. Bank faoliyatining rivojlanishidan ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-qarshi ko’rsatkichlardir. Likvidli aktivlar va passivlar muvozanatlanganligi, bankning joylashtirilgan aktivlari va jalb qilingan resurslari muddatlari muvofiqligi darajasiga ko’ra belgilanadi. Aktivlarni qaytarish va majburiyat o’rtasidagi muddat nomuvofiqligini likvidlilik riski asosiy manbasidir. Likvidlilik - bankning tashqi baholash mezoni bo’lsa, uning daromadliligi uning ichki baholash mezonidir. Ular o’rtasidagi aloqadorlik tahlil bankning likvidliligi ahamiyatining ustunligi to’g’risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bank likvidliligi muomaladan chiqarilgan depozitlar xajmini, aktivlarni qaytarish va majburiyatlarni bajarish muddatidagi farqlarni, pul bozoridagi tebranishlarni, rejalashtirilmagan harajatlarni qoplashi kerak. Download 123.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling