Likvidlilik ko’rsatkichlar tahlili. Reja; Kirish Asosiy qism
Download 123.13 Kb.
|
Rasulov Suxrob 819
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank likvidligi tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Kurs ishining ob’ekti bo’lib, Respublikamiz bank tizimi va tijorat banklari, ularning likvidlik darajasi, dinamikasini o’rganish hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish qismi, asosiy qism, 4 ta reja, xulosa va foydalangn adabiyotlardan iborat. Bank likvidligi tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Ma’lumki, mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga yuz tutishi oqibatida bank mijozlarining moliyaviy imkoniyatining pasayishi, ularga ajratilgan kreditlar qaytarilishining susayishi, bank depozitlari (omonatlari)dan mablag’larni olib qo’yishi jarayonlari yuz beradi, va aksincha, iqtisodiyotning rivojlanishi esa banklarga qo’shimcha mablag’larining kelib tushishi hamda bank resurslarining shakillanishi uchun zamin yaratadi. Banklarning faoliyatiga miqdoriy baho beruvchi, ishonchligini ta’minlovchi va uning faoliyatiga aniq tashxis qo’yuvchi vositalaridan biri bu – bankning likvidligi hisoblanadi. Bankning barqaror rivojlanishi uning likvidlik darajasining ta’minlanishini talab etadi. Bank likvidligi nafaqat bankning barcha kontragentlari oldidagi moliyaviy va qarz majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash imkoniyatini beradi, balki bank kontragentlarining kreditlarga bo’lgan ehtiyojlarini ham ta’minlanishini belgilab beradi. Likvidlik tijorat banklari faoliyatida eng asosiy tushunchalardan biridir. Likvidlik tijorat banklari ishonchliligi va barqarorligi asosini tashkil etadi va ularning to’lovga qobiliyatli bo’lishiga zamin yaratadi. Banklar likvidligi ularning to’lov qobiliyati va ishonchli bo’lishini ta’minlashda zarur kategoriya hisoblanadi. Shu o’rinda banklarning likvidligi, to’lov qobiliyati va ishonchliligi to’g’risida fikr bildirsak. Tijorat banklarining mijozlar va kreditorlar oldida o’z imidjini saqlab qolishi uchun eng avvalo ularning likvidligi va to’lov qobiliyati mustahkam bo’lishi lozim. Bank likvidligi bo’yicha risklarning ortishiga ta’sir qiluvchi bir qancha omillar mavjudki, bu omillar bank likvidligiga alohida ahamiyat berishni va bank likvidligi bo’yicha xatarni doimiy ravishda kuzatib borishni talab qiladi. Shu sababli banklar o’z daromadidan kechib bo’lsa ham, likvidlikni saqlab turishga majbur. O’z navbatida, resurslar banklarning daromadliligini oshirish maqsadiga yo’naltirilsa, unda bu bankning likvidligiga ta’sir ko’rsatadi. Demak, banklarning likvidliligi va daromadliligi o’zaro teskari mutanosiblikda namoyon bo’ladi. Banklar ishonchliligi deganda ularning o’z mijozlari oldidagi majburiyatini, ya’ni birinchi talab bilanoq amalga oshirish layoqatiga ega bo’lgan faoliyatini tushunamiz. Ishonchlilikka erishish uchun esa banklar likvid va to’lov qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Banklar ishonchliligining amal qilish shartlari.3 Tijorat banklari likvidligi, to’lovga qobiliyati bank ishonchlilik ko’rsatkichlarini ifodalovchi va bir-biri bilan chambarchas bog’liq elementlardir. Likvidlik - bank majburiyatlarni kerakli vaqtda, ya’ni talab etilgan vaqtda bajara olish qobiliyatidir. To’lov qobiliyati esa bank majburiyatlarini bajara olish qobiliyatidir. Agar bank depozitlarni qaytarish vaqti etganda bajara olmasa, u vaqtinchalik likvid bo’lmaydi, lekin bankka mablag’lar tushgandan keyin u to’lay oladi va o’zining likvidligini tiklaydi. Ushbu vazifani banklar tashqi qarzlar evaziga xam amalga oshirishlari mumkin. O’z vaqtida bank majburiyatlarini bajara olmasligi bankning to’lov qobiliyatiga ta’sir etmaydi. To’lovga qobiliyatli bank u ertami, kechmi o’z majburiyatlarini albatta bajaradi. Likvid bank esa, o’z muddatida majburiyatlarini bajaradigan bankdir. Bank amaliyoti ko’rsatishicha, qisqa vaqt mobaynida banklar o’z zimmasidagi majburiyatlarini bajarishi orqali raqobat sharoitida mijozlari va imidjini saqlab qoladi. Mijozlarni yo’qotmaslik va kelgusida yangi mijozlarni jalb qilish orqali banklar daromad manbaini oshirib, samarali faoliyat yuritishni davom ettiradi, chunki banklarning barcha operatsiyalari faqat va faqat mijozlar uchun bo’lmog’i lozim. Tijorat banklari likvidligining nazariy asoslarini tahlil qilish uchun uning lug’oviy ma’nosini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq. Likvidlik atamasi lotincha "Likuidus" so’zidan olingan bo’lib-"oquvchan", "suyuqlik", “o’zgaruvchan” degan ma’nolarni anglatadi. Tushunchaning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadigan bo’lsak, bu moddiy qiymatliklarning va boshka aktivlarning tezda sotilishi va pulga aylanishini ifodalaydi. Bank majburiyatlarining o’z vaqtida, to’liq bajarilishi va ularni yo’qotishlarsiz ta’minlashning zarurligi bank rahbarlaridan likvidlikning o’zgarishiga ta’sir qiladigan omillarni tahlil qilib borishni talab etadi. Bank rahbari tomonidan likvidlikni samarali boshqarish uchun unga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlab olishi zarur, chunki bu omillarni aniqlash bank rahbari uchun bank amaliyotida yuz beradigan negativ o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilish va unga nisbatan ehtiyot chorasini ko’rish uchun imkoniyat yaratadi. Bank likvidligiga ta’sir etuvchi omillar bo’yicha iqtisodiy adabiyotlarda turli xildagi qarashlar mavjud. Bank likvidligining mavjud muammolari bilan shug’ullangan ko’pgina iqtisodchi olimlar (O.I.Lavrushin, T.V.Nikitina, N.D. Belostotskaya, Yo.Abdullaev, T.Qoraliev va b.lar) bank likvidligiga ta’sir etuvchi omillarni ichki va tashqi omillar guruhiga ajratish orqali tahlil qilib chiqqanlar. Xususan, bank likvidligining o’zgarishi uning faoliyatidan tashqarisida mavjud bir qator tashqi omillar bilan ham bog’liq. Bu omillar tarkibiga mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy ahvol, pul va qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganlik darajasi, banklararo bozorning barqarorlik va rivojlanganlik darajasi, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish imkoniyati, Markaziy bankning nazorat funktsiyasi va uning samaradorligi kabi omillar kiradi. Likvidlik holatini samarali kuzatishga hamda favqulotda holatlar uchun etarli darajada amaliy harakat rejasini ishlab chiqishga qobiliyatsizlik aksariyat hollarda banklarni likvidlik inqirozga, hatto bankrotlikka olib keladi. Likvidliligi past bo’lgan vositalarga uzoq muddatlarga qo’yilgan mablag’lar hisobidan qisqa muddatli likvidlikka bo’lgan ehtiyojlarni qondirish va yuqori foyda olish o’rtasidagi muvozanatni saqlash bankni boshqarishning asosiy komponenti hisoblanadi. Banklar likvidligini ob’ektiga ko’ra, manbasiga ko’ra, vaktinchalik xususiyatiga ko’ra, to’lov mablag’larining turi bo’yicha ajratib tahlil qilishimiz mumkin. Banklararo bozorning rivojlanishi vaqtinchalik bo’sh to’rgan pul mablag’larini banklar o’rtasida qayta taqsimlanishiga imkoniyat tug’diradi. Undan bank o’zining likvidligini ta’minlashi uchun turli xil muddatda mablag’larni jalb etishlari mumkin, xususan, bir kundan to bir necha oygacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Bu mablag’larni banklararo kredit resurslari bozoridan qay darajada jalb qilishi iqtisodiy kon’yunkturaga, bank nufuziga va banklararo bozordagi boshqa tijorat banklarining faoliyati bilan bog’liq. Banklararo kredit resurslari bozori mamlakatimizda o’z faoliyatini yuritmoqda, unda bank resurslarini sotish va sotib olish indikatorlari e’lon qilinadi va qatnashish huquqini olgan banklar bo’sh to’rgan bankning resurslarini sotadi, o’zining majburiyatlarini bajarish uchun etishmagan mablag’larini boshqa banklarning mablag’lari hisobidan jalb qiladi. Bu jarayon banklararo bozordagi eng arzon va qulay usullardan biri hisoblanadi. Bunda bank o’zining resurslarini mijozlar uchun joylashtirmasdan, balki boshqa banklarga o’zining bo’sh to’rgan resurslarini joylashtirish siyosatini olib boradi. Bu siyosat ularning xatarlilik darajasini kamaytirish siyosatining yuritilayotganligini ko’rsatadi. Buning sababi banklar tomonidan boshqa banklarga berilgan resurslarning xatari mijozlarga berilgan kreditlarning xataridan pastroq bo’lishi shuhbasiz. Banklararo bozorning rivojlanish omili Markaziy bankning qayta moliyalash tizimi bilan o’zaro bog’liq. Banklarda likvidli aktivlar bilan ta’minlash manbai Markaziy bankning maqsadli kreditlash resurslari bilan shakllanishidadir. Markaziy bank tijorat banklarining likvidliligiga qayta moliyalash siyosati orqali ta’sir ko’rsatishi ma’lum. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kuzatilayotganda ko’pgina davlatlar Markaziy bankning hisob stavkasini ancha pasaytirishgan va ular arzon pullar siyosatini yuritganlar. Masalan, bu sharoitda AQSH Federal Zaxira Tizimi tomonidan hisob stavkasini 5,25 foizdan 1 foizgacha tushirgan. Bunday choralar mamlakatning moliyaviy inqirozdan chiqib ketishiga va banklarning likvidliligini ta’minlashga o’z samarasini bermay qolmaydi. Bank likvidligini boshqarishda Markaziy bankning nazorat funktsiyasining samaradorligi davlat nazorat organlarining munosabatini belgilab beradi. Markaziy bank likvidlikning zaruriy me’yorini belgilash imkoniyatiga ega va tijorat banklari bu me’yorlarga rioya qilishi lozim. Bunda aniq belgilangan ko’rsatkichlar bankning likvidlikni ta’minlashga yordam beradi. Bank likvidligining o’zgarishi bank faoliyatining ichida yuzaga keladigan bir qator ichki omillar bilan ham bog’liq. Bular bankning mustahkam kapital bazasi, bank aktivlari va depozitlar sifati, tashqi manbalarga bog’liqlikligi, aktiv bilan passivlarning muddatlari bo’yicha muvofiqligi, bankning menejmenti, bank nufuzi kabi omillardir. Bankning mustahkam kapital bazasi uning aktivlari xatarga uchraganda asosiy manba rolini bajaradi, u omonatchilar va depozitorlarning ishonchli himoyachisi va bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi kuchli vosita sifatida xizmat qiladi. Undan bank kontragentlar oldidagi moliyaviy va qarz majburiyatlarini o’z vaqtida, to’liq bajarilishini kafolatlash uchun foydalaniladi. Qanchalik bankning xususiy kapitali ko’p bo’lsa, bankning likvidligi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Bankning resurs bazasi aktiv operatsiyalarni takomillashtirishda asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Bankning xususiy kapitali ko’zda tutilmagan majburiyatlarning yuzaga kelishida amortizator rolini bajaradi. Bu ko’rsatkich bankning normal faoliyat yuritishi uchun katta ahamiyatga ega, shuning uchun kapitalning minimal miqdori qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bank bankrot bo’lganida bankning xususiy kapitali uning kontragentlari oldidagi majburiyatlarni qaytarish uchun ishlatiladi. Bankning mustahkam kapital bazasi bankning moliyaviy barqarorligiga va likvidligiga ta’sir ko’rsatadi. Bu ko’rsatkichlar bo’yicha bank rahbarlari doimiy nazorat o’rnatishlari lozim. Bank likvidligiga aktivlarning sifati ham ta’sir ko’rsatadi va ularning sifati likvidlik, xatarlilik, daromadlilik va diversifikatsiyalash mezonlari orqali aniqlanadi. Bankning likvidlik darajasini ta’minlash uchun bankdan kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi vakillik hisobvarag’idagi qoldiq mablag’lar va davlat qisqa muddatli obligatsiyalarni saqlab turishni talab etadi. Aktivlarning likvidlik darajasi qisqa muddatli ssudalar, banklararo kreditlar, faktoring operatsiyalar, aktsiyadorlik jamiyatining qimmatli qog’ozlari, bankning uzoq muddatli qo’yilmalari va investitsiyalari bilan bog’liq bo’lib, ular muayyan muddat ichida naqd pullarga aylanishi qobiliyatiga ega. Muddati o’tgan ssudalar, qimmatli qog’ozlarning turlari, bino va inshootlar ko’rinishidagi aktivlar nolikvid aktivlarni tashkil etadi. Bank aktivlarining tarkibida nolikvid aktivlarning ko’payishi bankning likvidliligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi ma’lum. Qaytarilmagan kreditlar uchun bank o’zining daromadlari hisobidan ko’rilishi mumkin bo’lgan zaxiralarni shakllantiradi, zaruriy hollarda ular shakllantirilgan zaxiralar hisobidan bank tomonidan qoplanishi ham mumkin. Aktivlarining xatarliligi qancha darajada yuqori bo’lsa, bankning likvidlik darajasi shunchalik past bo’ladi. Aktivlarining xatarliligi deganda, aktivlarning pul mablag’iga aylanish jarayonida yuzaga keladigan yo’qotishlarni tushunamiz. Ularning xatarlilik darajasi qarzdorning moliyaviy ahvoli, kreditlash ob’ekti, kreditlar hajmi, kreditlarni ajratish va ularni qoplash tartibi, emitentning moliyaviy barqarorligi, qimmatli qog’ozlarni chiqarish va sotish mexanizmi va birjadagi baholash qobiliyatlari bilan o’zaro bog’liq. Aktivlarning samaradorligi va daromad keltirish qobiliyati bankning kapital bazasini mustahkamlashga va bankning rivojlanishiga manba yaratadi. Daromad keltiruvchi aktivlarning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ular shunchalik bankka daromad olib keladi. Bunda bank yuzaga keladigan xatolarni o’z zimmasiga oladi. Aktivlarning tarkibini tartibga solish uchun idrokka tayanishni taqozo etadi. Bank rahbarining foyda olishga to’xtovsiz intilishi aktivlar bilan bir vaqtning o’zida likvidlikni ham yo’qotib qo’yishi mumkin. Aktivlarning diversifikatsiyalanishi bank likvidligiga va uning umumiy faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Ularning diversifikatsiyalanishida bank aktivlari, kredit qo’yilmalari, qimmatli qog’ozlar portfeli, xorijiy valyutalar tarkibi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi. Aktivlar qanchalik diversifikatsiyalangan bo’lsa, bankning likvidlik darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Banklarda depozitlarning sifati ularning barqarorligiga bog’liq. Depozitlar qanchalik barqaror bo’lsa, bank likvidligi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ular yuridik va jismoniy shaxslarning bo’sh to’rgan pul mablag’lari hisobidan muddatli, jamg’arma va talab qilib olinguncha depozitlar (omonatlar), jamg’arma (depozit) sertifikatlari, boshqa depozitlarning turlari bilan shakllanadi. Depozitlarning barqaror qismining ko’payib borishi bankning likvidli mablag’lariga bo’lgan talabini kamaytiradi. Xorijiy ekspertlar «talab qilib olinguncha depozitlarni mustahkam barqarorlikka, muddatli va jamg’arma depozitlar undan kamroq barqarorlikka ega» deb e’tirof etmoqdalar. Jahon bank amaliyotida depozitlarning davomiyligiga juda katta e’tibor beriladi. Bankning likvidligi uning tashqi manbalariga, xususan, banklararo kreditlariga bog’liq. Ma’lumki, banklararo kreditlar banklarda qisqa muddatli likvidli mablag’larning etishmasligini to’ldiradi. Jalb qilgan resurslarning asosiy qismini banklararo kreditlar tashkil etsa, banklararo bozorda ular bankning inqirozga uchrashiga imkoniyat yaratishi mumkin. Tashqi manbalarga bo’lgan talab bankning resurs bazasiga ega emasligini ko’rsatadi. Shuning uchun banklar o’zining resurs bazasini samarali boshqarish maqsadida ularni banklarga qisqa muddatga daromad olish uchun joylashtiradi va mijozlarning majburiyatlarini birinchi talab doirasida bajaradi. Bank resurslarining tarkibida banklararo kreditlar salmog’ining ko’p bo’lishi resurslar bazasining qimmatlashishiga olib keladi. Shuning uchun banklarda jami resurslarga nisbatan banklararo kreditlar ulushining miqdori 20 foizdan ko’p bo’lmasligi tavsiya etiladi. Muddatlari va summalari bo’yicha aktivlar va passivlarning o’zaro muvofiqligi bank likvidligiga jiddiy ta’sir etadi. Bunday muvofiqlikka rioya qilmaslik jalb qilingan resurslar bilan ishlaydigan banklar kreditorlar oldidagi majburiyatlarni o’z vaqtida, to’liq bajara olmaslik imkoniyatiga tushib qolishi muqarrar. Bu muvofiqlashuv aktivlarning zararsiz sotilishini va majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va u qanchalik barqaror bo’lsa, bank siyosati, bankning likvidligi va moliyaviy holatining barqarorligi shunchalik muvofiqlashadi. Bank menejmenti bankning faoliyatini boshqarishda va uning likvidligining o’zgarishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Bankni samarali boshqarishda bank siyosati, yuksak darajadagi joriy va strategik vazifalarni amalga oshirish, aktivlar va passivlarni boshqarish mexanizmi, mas’uliyatli qarorlarni qabul qilish kabi jarayonlari o’z aksini topadi. Bank menejmenti kapitalning etarliligi, aktivlarning sifati, daromadliligi va yuqori likvidlik darajasi ko’rsatkichlarining natijalariga bog’liq, chunki bu ko’rsatkichlarning darajasi qanchalik barqaror bo’lsa, banklarning menejmenti ham yuqori sifatli bo’ladi. Bank faoliyatining sifatiga bankning malakali xodimlari ham ta’sir ko’rsatadi. Bank rahbari va xodimlarning kasbi, ularning ixtisosligi bankning likvidlik darajasiga ta’sir ko’rsatishini belgilab beradi, chunki bank rahbari bankning likvidlik darajasini asoslab beradi, u bank faoliyatini boshqarishda ilmiy jihatdan yondashadi, mavjud axborot bazasidan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali likvidlikni samarali boshqarishda maqbul qarorlar qabul qiladi. Shuning uchun hozirgi kunda barcha banklarning malakali kadrlarga nisbatan ehtiyoji juda katta. Bank nufuzi ham uning likvidligiga ta’sir ko’rsatuvchi faktorlardan biri hisoblanadi. Yuqori nufuzli bank boshqa banklarga nisbatan ustunlikka ega bo’lishi, likvidli mablag’lar etishmaganda zudlik bilan uni bartaraf etishi, yuqori sifatli aktivlarga ega bo’lishi, moliyaviy barqaror bo’lgan mijozlar bilan mustahkam aloqa bog’lashlari lozim. U nufuzli xorijiy sheriklar bilan aloqalarning rivojlanishiga rioya qiladi, mijozlarga xizmat ko’rsatishning sifatini oshiradi, ishonchli, sistematik va keng saviyadagi reklamalarni tashkil etadi, mustaqil reyting agentliklar tomonidan reyting baholashlarni matbuotda e’lon qiladi, bunda bank menejerining shaxsiy sifati, komponenti va ma’naviy qiyofasi aniqlanadi. Bank mushkul ahvolga tushganda ham o’zining likvidligini oson va tez tiklaydi, o’zining yuqori nufuzini saqlab qoladi. T.V.Nikitina bank likvidligiga ta’sir qiluvchi muayyan bir guruhga aloqador bo’lgan tashqi omillarni tasniflab berdi va ularni to’rtta asosiy guruhga ajratdi: a) dasturli-maqsadli hodisalar (xalq xo’jaligi tarmog’ining (bank va pul-kredit sohasi) bozor munosabatlariga o’tishi)ning iqtisodiy siyosati; b) tasodifiy o’zgarishlar (ish tashlash, halokat oqibatlari, iqtisodiy va siyosiy voqealar); v) mavsumiy o’zgarishlar; g) tsiklik o’zgarishlar (iste’mol, jamg’arma, ishchilar soni, investitsiya jarayonidagi o’zgarishlar, aholi soni, iqtisodiy tsiklning bosqichlari bilan bog’liq bo’lgan texnik darajadagi ishlab chiqarish). Ko’pgina iqtisodchi olimlar bankning likvidligiga ta’sir etuvchi omillarni ichki omillar sifatida, xususan, N.D.Belostotskaya, V.I.Kolesnikovlar «bank kapitali»ni, «jalb qilingan mablag’lar bilan joylashtirilgan mablag’lar»ni, M.A.Pomorina «mijozlar sonining dinamikasi»ni, «iqtisodiyot sektorlari bo’yicha mijozlarning taqsimlanishi va ular biznesining mavsumiy o’zgarishlari bilan bog’liqligi»ni, «bankning katta-kichikligi va uning imidji»ni, «asosiy depozitlarning jalb qilingan resurslardagi ulushi (kichik va o’rta saviyadagi mijozlarning transaktsion hisobvaraqlarda kamaymaydigan qoldiqlarning ulushi)»ni, «kredit portfelining sifati»ni, «qimmatli qog’ozlar portfelining sifati (savdo portfeli)»ni, «talab va majburiyatlarning muddati bo’yicha aktivlar bilan passivlarning muvofiqligi»ni, Pitkin A.A. «mijozlar soni va ularning o’zgarish dinamikasi»ni, «hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar bilan hisobvaraqlarda kamaymaydigan qoldiqlarning o’rtacha miqdorining o’xshashlik darajasi»ni, 20 «aktivdagi qo’yilmalarning sifati»ni, aktiv va passiv operatsiyalarning muddatlari bo’yicha muvofiqligi»ni, «bankning katta-kichikligi va uning imidji»ni, Kotixov M.P. «faoliyat ko’lami va uning diversifikatsiyasi»ni, «kapital bazasining holati»ni, «xodimlar malakasi»ni, «raqobat ustunligi»ni, «ishlash tartibi va bajariladigan ish tartibi»ni, «qo’shimcha manbalarga kirish imkoniyati va osonligi»ni, Ivanov V.V. «ichki bajariladigan ish tartibi»ni, «bankning ko’lami»ni, «xodimning malakasi»ni, «qo’shimcha resurslarga bo’lgan imkoniyat»ni, «raqobat ustunligi»ni e’tirof etdilar. Ayrim iqtisodchilar likvidlik tushunchasining murakkab va serqirra ekanligini, summasi va muddatiga ko’ra depozitlarning tarkibini resurslarning barqarorligi bilan aloqadorligini o’zining ilmiy ishlarida ko’rsatib o’tganlar. Xususan, T.V.Nikitina, V.I.Kolesnikov va N.D.Belostotskayalar «barqarorlikning past darajasi talab qilib olinguncha depozitlar hisoblanadi, chunki har qanday vaziyatda ham depozitga qo’yilgan mablag’larni olib qo’yishi mumkin, muddatli depozitlar uchun qaytarish muddati qonun hujjatlari bilan qat’iy belgilanganligi sababli mablag’larni o’rnatilgan muddatdan oldin olib qo’yishi mumkin emas» deb e’tirof etadi. Amaliyotda bu masala yuzasidan birmuncha kamchiliklar uchrab turadi. Xususan, I.T.Balabanov o’zining «qoldiqlar nazariyasi»da «talab qilib olinguncha depozitlarning bir qismi uzoq muddatga aktivlarga joylashtirish mumkin» deb ta’kidlagan. O.I.Lavrushinning bu masala yuzasidan qarashlari o’xshash. Depozitlar sifatining mezoni ularning barqarorligi bilan belgilanadi, depozitlarning barqarorligi qanchalik yuqori bo’lsa, bankning likvidligi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Bunda resurslar barqarorligining yuqori bo’lishi talab qilib olinguncha depozitlarning doimiylikka ega bo’lishini taqozo etadi. Talab qilib olinguncha depozitlarning muayyan bir qismidan uzoq muddatli investitsiya sifatida foydalanish mumkin ekanligi iqtisodiy adabiyotlarda ko’plab uchraydi. Summasi va muddati bo’yicha aktivlar bilan passivlarga mablag’larning jalb qilinishi va joylashish nisbati pul oqimlarining joriy davr uchun ham kelgusi 21 davr uchun ham manba yaratadi. Ularning bir-biriga qanchalik muvofiqligi yaqinlashsa, ularda yo’qotish ehtimolligi kamayadi, bunda pul oqimlarining muvozanati buziladi. Pul bozoridan pul mablag’larini jalb qilish imkoniyati bankning moliyaviy ahvolini va banklararo kreditlarning jalb qilingan mablag’lar ichida qancha miqdorda ulushi mavjud ekanligini aniqlab beradi. Olimlar kapital bazasining sifati va miqdorini tijorat bankining likvidligiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida e’tirof etadi. Ko’pincha bankning xususiy kapitali uzoq muddatli manbalar sifatida bank balansining passivida ishtirok etadi va u mablag’larning immobilizatsiyalash darajasini belgilab beradi. Bank kapitali uzoq muddatli aktivlar bilan qiyin sotiladigan aktivlarga joylashtirilsa, u holda ularning bank likvidligiga sustroq ta’sir qiladi. Tijorat bankining likvidligini xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning likvidligi sifatida qarash mumkin. Ma’lumki, tijorat bankining likvidligi to’g’ridan-to’g’ri, bankdagi hisobvaraqlar orqali o’tuvchi pul oqimlarining xususiyatlari bilan bog’liq. Aynan, tijorat banklarining xususiyati pul oqimlari tizimi sifatida, bank likvidligi tushunchasining o’ziga xos komponenti sifatida aloqa qiladi, bunda likvidlik tijorat bankining mavjud majburiy sharti bo’lib qoladi. Bank uchun eng muhimi hozir va kelajakda kirim va chiqim qilinadigan pul oqimlarining muvozanatini ta’minlashning real va potentsial imkoniyatlari zarur. Tijorat bankining likvidligi dinamik holatda bo’lganda, u balansning statistik ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi va likvidlik darajasining o’zaro nisbatini aniqlash orqali belgilanadi. Pul oqimlarida yuzaga keladigan salbiy tafovutlar zaxira manbalarining hisobidan qoplanishi mumkin. Fikrimizcha, pul mablag’larini resursi sifatida qisqa muddatga bankka jalb qilish, ularni uzoq muddatli aktivlarga joylashtirish, iqtisodiy va siyosiy nobarqarorlik natijasida mablag’ning chiqib ketish jarayonlari bankning likvidlik darajasini pasaytiradi, va aksincha, xalqaro kapitallarning banklarga kirim qilinishi bankning likvidlik darajasini oshiradi. Shu bilan birga, bank 22 likvidligining o’zgarishiga «bankka jalb qilingan resurslarga belgilangan foiz stavkasi bilan milliy valyuta kursining o’zgarishi», kreditlar va depozitlar uchun o’rnatilgan foiz stavkalari ham ta’sir etadi. Masalan, bu hodisani ayrim mamlakatlardagi inqiroz davrida AQSH dollari kursining nihoyat darajada o’sganligini va bu jarayonga sabab bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Bu davrda xalq valyuta omonatlarini banklardan ommaviy olib qo’yganligi uchun bankning likvidligi ommaviy ravishda inqirozga uchragan, chunki omonatchilarning iqtisodiy manfaatdorligi maqsadga muvofiq bo’lmagan edi, va aksincha, AQSH dollarining kursi oshgan paytda aholi o’zining valyutalarini bank omonatlaridan olib qo’yishga hojat qolmaydi, chunki milliy valyuta qayta baholanganda uning qiymati o’sadi. Xulosa qilib aytganda, bank likvidligiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish va ularning o’ziga xos xususiyatlarini batafsil o’rganish bankning «og’riq» nuqtalarini va mavjud muammolarning echimlarini topishga, ularni yuzaga kelishining oldi olinadi va ular o’z vaqtida bartaraf etish uchun amaliy yordam beradi. Download 123.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling