’lim, fan va innovatsiyalar
Download 0.51 Mb.
|
205 O’zbekiston florasida Alliaceae oilasi 205
Apteka sparjasi (A. officinalis). Bu bir uyli o‘simlikdir, guli mayda, erkak guli urg‘ochi guldan ikki marta yirikroq. Ho‘l mevasi qizil. O’zbekiston Yevropa qyasmining janu-bida, Kavkazda, G‘arbiy Sibirda tarqalgan. Uning ba’zi turlari (Var. altilis) sabzavot o‘simligi sifatida ekilib, yon novdalari ovqatga ishlatiladi.
Farg‘ona sparjasi (S. ferganensis). Bu bo‘yi 100—150 sm, mevasi qizil, sharsimon, ko‘p yillik o‘simlikdir. U O’zbekistonning qumli rayonlarida, sho‘rtov yerlarda usadi. Sparjaning poyasi ilashib o‘sadigan chiroyli turlaridan A. plumosus va A. Sprengori dekorativ o‘simlik sifatida ko‘pincha xonadonlarda ko‘kartiriladi. I.glida avlodi (Ruscus). Bu avlod vakillari doimiy yashil, ildizpoyali, ikki uyli, bo‘yi 20—50 sm keladigan chala butacha o‘simlik. Novdasi bargsimon fillokladiyga aylangan. Mevasi sharsimon, ko‘pincha bir uyali va bir urug‘li ho‘l mevadir. Yglida avlodi 3 turdan iboratdir. Ular O’rta dengiz oblastida va O’rta Yevropada tarqalgan. Shundan pontik iglitsasi (R. Ponti-sa) Qrim, Kavkaz tog‘larida o‘sadi. Buning fillokladiysi yaxshi ifodalangan va tikanli bo‘lib, oqimtir guli fillokladiysi-ning o‘rtasida joylashadi. Undan supurgi sifatida foydala-niladi. Tog‘ igiri avlodi (Polygonatum). Bu avlod vakillari yo‘g‘on ildizpoyali-, serbarg o‘t o‘simliklardir. Ularning guli naychasimon, ikki jinsli, 1—3 tadan bo‘lib, barg qo‘ltig‘idan osilgan holda chiqadi. Mevasi sharsimon, qizil-ko‘kimtir yoki qora rang-li ho‘l mevadir. Ular 30 turdan iborat bo‘lib, shimoliy yarim sharda tarqalgandir. Shundan O’zbekiston florasida 17 turi, O’zbekistonda esa 2 turi uchraydi. Pushti gulli tog‘ igiri (P. Roseum). Bu guli pushti rangli, halqa bo‘lib o‘rnashgan, barglarining usti yashil, osti ko‘kimtir o‘simlikdir. Seversov tog‘ igiri (P. Severtzovii). Bu bargi ikki tomonidan yashil, guli esa oq o‘simlikdir. Har ikkalasi ham O’rta Osiyoning tog‘ etaklarida, tog‘larning o‘rta qismida, soya yerlarida o‘sadi. Ularning ildizpoyasi kraxmalga boy. Landish avlodi (Convollaria). Bu avlod vakillari ildizpoyali, kichkina, chiroyli va xushbo‘y o‘simliklardir. May landishi (S. majalis). Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling