’lim, fan va innovatsiyalar


Asfodelusdoshlar oilachasi


Download 0.51 Mb.
bet5/13
Sana30.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1407941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
205 O’zbekiston florasida Alliaceae oilasi 205

Asfodelusdoshlar oilachasi (Asphodeloideae). Bu oilacha va­killari, asosan, ko‘p yillik o‘t, ba’zan daraxtsimon o‘simlik-lardir. Ularning barglari tasmasimon, ko‘pincha, ildizbo‘g‘zidan chiqadi. Gulli poyasi bargeiz yoki bargli bo‘lib, uchida chochoq to‘pgul hosil qiladi. Mevasi chokidan chatnaydigan ko‘sakchadir. Bu oilachaga 23 avlod kiradi.
Shirach avlodi (Eremurus). Bu avlod vakillari qisqa ildiz­poyali, poyasi bargeiz, ildizi yo‘g‘onlashgan, barmoqsimon va yul-duzeimon bo‘lib joylashgan, bo‘yi 3 metrgacha yetadigan, uchi mar-daksimon to‘pgul bilan tugaydigan juda chiroyli o‘t usimlikdir. Bargi keng tasmasimon, uch qirrali, faqat ildizbo‘g‘zidan chiq-qan. Guli oq, pushti, sariq, to‘q pushti bo‘lib, o‘zagining uchida silindrsimon chochoq to‘pgul hosil qiladi. Gulqo‘rg‘oni erkin, 6 bargchali, faqat ostigina q.o‘shilib o‘sgandir. Otaligi 6 ta, me­vasi qariyb sharsimon ko‘sakchadir. Bu juda chiroyli o‘simlik shirachning O’zbekistonda uchraydigan 23 turidan 20 turi O’zbeki ston-da o‘sadi. Bu, umuman, O’rta Osiyo respublikalarining ko‘proq tog‘li yerlarida keng tarqalgan dekorativ o‘simlikdir. Bizda yovvoyi holda o‘suvchi shirachlardan bargi tukli, ots gulli, qalii ' silindrsimon-chochoq to‘pgul hosil qiluvchi kaufman eremursi (YE. Kaufmanii), ko‘pincha barglari tuksiz, och pushti gulli olga eremursi (YE. olgae), barglari uch qirrali, tarnovsimon, guli pushti, uzun so‘tasimon to‘pgulda Joylashgan azim eremursi (YE. robustus) va shuning kabi boshqa turlari diqqatga sazovordir. Ular dekorativ o‘simlnk bo‘lishidan tashqari meditsynada ishlatiladi, barmoqsimon ildizpoyasidan esa shirach tayyorlanadi.
Xemerokalis avlodi (Hemerocallis). Bu avlod vakillari , ildizi tugunaksimon yo‘g‘onlashgan, hidsiz, yashil o‘t o‘simlik-lardir. Ularning barglari enlik tasmasimon, egatli, asosan ildizbo‘g‘zidan chiqqandir. Guli yirik, voronkasimon bo‘lib, o‘zagining uchida siyrak to‘pgul hosil qiladi. Gulqo‘rg‘oni tagi birikib o‘sgan 6 ta sariq yoki to‘q sariq rangli bargchadan ibo-rat. Otaligi 6 ta, tugunchasi 3 uyali, ko‘p urug‘kO’rtakli. O’zbekiston da buning 5 turi uchraydi. Shulardan sap-sariq gulli yezda ochi-ladigan bir turi (N. flava) dekorativ o‘simlik sifatida O’zbekistonda ekiladi.
Aloe avlodi (Aloe), Bu avlod vakillari o‘t yoki daraxtsi­mon ko‘p yillik o‘simliklardir. Barglari oddiy, qalin etli, ko‘pincha chetlari tikanlidir. Gullari ko‘pincha qo‘ng‘iroq yoki silindrik shaklda bo‘lib, o‘zagining uchida chochoqsimonto‘pgulda joylashgan. Aloelar avlodi 180 gurdan iborat. Ular Janu­biy Afrikada, xususan, Kap yerida ko‘p tarqalgandir. Buning turlaridan biri (Aloe orborescens) bizda xonadonlarda va oran-jereyalarda o‘stiriladi va «stoletnik» nomi'bilan ham yuriti-ladi. Undan meditsinada ishlatiladigan «sabur» degan dorivor modda olinadi. Yangi Zelandiya zig‘iri (Phormium tenex). Bu uzun rozetka bargli, ildizpoyali, gul o‘zagi 4 metrga yetadigan, gullari qizil, hidli o‘simlik bo‘lib, asli vatani Yangi Zelan­diya hisoblanadi va issiq mamlakatlarda o‘stiriladi. O’zbekistonda Batumida, Kolxida pasttekisligida, G‘arbiy Gruziyada ekila-di. Bargida kanop va arqon qilsa bo‘ladigan 22 protsent tola bor.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling