’lim, fan va innovatsiyalar
Download 0.51 Mb.
|
205 O’zbekiston florasida Alliaceae oilasi 205
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savrinjondoshchalar oilachasi
Ishning xajmi. Kurs ishi 30 bet, 2 bob, kirish, xulosa, adabiyotlardan iborat
I BOB. PIYOZGULLILAR AJDODI (LILIIFLORAE) Piyozdoshlar oilasi (Liliaceae). Piyozdoshlar oilasi 30 dan ortiq turkum va 650 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. Yer kurrasining Avstraliya qit'asidan boshqa hamma joyda uchraydi. Piyozdoshlar piyozbosh, tugunak piyozbosh,ba'zan ildizpoya hosil qiladigan ko'p yillik o't-o'simliklardir. Piyozdoshlar chetdan:arilar, kapalaklar, qo'ng'izlar yordamida changlanadi. Hasharotlarni gullarining rang-barang rangi va o'ziga xos xususiyati(hidi) jalb qiladi. Respublikamiz florasida piyozlarning 100 ga yaqin turi tarqalgan. Sarimsoq piyoz (Allium sativum)-bir yillik o'simlik, bargi tasmasimon,ildizi popuk,urug' hosil qilmay mayda piyozchalar-bo'lakchalar hosil qilib ko'payadi.Sarimsoq tarkibida 26,3%uglevodlar,6,76% protein,C vitamini efir moyi,fitonsid va mineral moddalar bor. Aralash piyoz (Allium pralmixtum)-bo'yi 150sm ga yetadigan ko'p yillik piyozli o't. piyozi tuximsimon, diametri 5 sm gacha qizil-qo'ng'ir rangli qobiq bilan o'ralgan.Poyasi g'ovak,yarmidan pasti pufaksimon shishgan,asosi barg novlari bilan o’ralgan.Barglari silndrsimon,naysimon,to'g'ri,uchiga qarab ingichkalashib boradi. To'pguli sharsimon tigiz. Yulduzsimon gulqo'rg'on bo'lakchalari oq-yashil tomirli iyunda gullab iyun oyida mevasi yetiladi.Soni 9ta bir-biridan uzoq joylashgan yerlarda borligi aniqlan- gan.Nurota tog'i,Oq tog',Mo'g'ul tog' va Qo'rama tizmasining g'arbiy qismida tarqalgan. Aflotun piyozi (Allium aflatunense)-bo'yi 80-200sm oralig'idagi ko'p yillik piyozli o't. Piyozi yirik diametri 6 sm ga yetadi.Qobig'i qora-kulrang,poyasining tubini eni 10sm keladigan tasmasimon barglari o'rab olgan. To'pguli sharsimon,gullari ko'p va tig'iz,yulduzsimon gulqo'rg'on bo'laklari och binafsha rangli.May iyun oylarida gullab,iyun iyulda urug'i yetiladi.Piskom,Ugom Chotqol tizmalarida tarqalgan. Qirg'izistonda, Chotqol va Farg'ona tizmalarida uchraydi.Piyozning mahaliy aholi tomonidanozuqa sifatida ishlatish uchun hamda dorivor va manzarali o'simlik sifatida tomorqa yerlariga ekish uchun qazib olinishi kuz va qishda turli hayvonlar tomonidan yeyilishi kamayib ketishiga sabab bo'lmoqda. Mador piyozi (Allium motor)-poyasining uzunligi 30-40 sm ba'zan 50sm ga yetadigan ko'p yillik piyozli o't. Piyozi mayda yumaloq deyarli sharsimon diametri 2 sm qobig'i to'q kulrang,nafis.Barglari 2ta ba'zan 4 donagacha boradi,keng qalami,uchi to'mtoqroq. Gulbandi gulqo'rg'onidan 2-4 barobar uzun,guloldi bargi yo'q.Gulqo'rg'on bo'laklari pushti yoki to'q pushti rang,o'tkir uchli uzunligi 5-7mm,gullash davrining oxiriga borib buraladi.Changchi iplari gulqo’rg’onidan uzunroq. Ko'sagi 3 bo'lakli,may oyida gullab, mevasi iyulda yetiladi.Piskom tizmalarida tarqalgan bo'lib oziq-ovqat uchun yig'ilib olinayotgani tufayli kamayib bormoqda. Piskom piyozi (Allium pskemskiy)-bo'yi 60-120sm oralig'idagi ko'p yillik piyozli o't.Piyozining diametri 6-7sm usti qo'ng'ir qobiq bilan qoplangan, poyasi 3- 7ta, yo'g'on shishgan,uzunligi 40smga yetadi.To'pguli sharsimon diametri 7- 10sm. Gulqo'rg'on bo'laklari oq rangli. Iyun oyida gullab sentabrda mevasi yetiladi. Ugom, Piskom, Chotqol va Qurama tizmalarida tarqalgan. 40 ga yaqin turi borligi ma'lum.Umumiy soni 60-100 ming tup atrofida.Urug'ini turli hasharotlar zararlashi va yosh nihollarining boshqa o'simliklar orasida o'saolmasligi,voyaga yetish muddatining ko'pligi (3-7 yil) hamda mahaliy aholi tomonidan oziq ovqat va dorivor o'simlik sifatida yig'ib olinishi kamayib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bu chastuxagullilar ajdodiga juda yaqin turuvchi, ikki pallalilar sinfiga qarashli ko‘p mevalilar ajdodining .qadimgi ajdodlaridan kelib chiqqan, katta gabiiy ajdodlardan hisoblanadi. Bu ajdodga kiruvchi oilalar o‘zaro juda yaxshi bog‘langan bo‘lib, faqat bittasi shamol vositasi bilan, qolganlari esa hasharotlar, ba’zan qushlar yordami bilan changlanadi. Bular turli biologik xususiyatlarga va har xil ko‘rinishga ega bo‘lib, asosan, qurg‘oq yer o‘simliklari hisoblanadi. Har turli ekologik sharoitda o‘sadi. Bu ajdodning barcha turlari qariyb ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir, ular ko‘nincha piyozboshli va yirik ildizpoyali bo‘ladi. Ular orasida buta va daraxtsimon turlar juda siyrak uchraydi. Gulqo‘rg‘oni to‘g‘ri, ba’zan zigomorf, bir xil rangli, ko‘proq gultojsimon, 3 tadan 2 doyra bo‘lib joylashadi. Ba’zan gulqo‘rg‘on barglari 2-4-5 tadan ham bo‘ladi. Otaligi 6 ta, ba’zan ichki doiradagisi rivojlan-maydi. Mevabargi qariyb hamma vaqt 3 ta ko‘sakcha, ba’zan ho‘l mevadir. Urug‘i ha^isha oq-silli va teskari urug‘kO’rtakli, ya’ni anatrop bo‘ladi. , ular qo‘shilib o‘sib 3 uyali ustki tuguncha hosil qiladi. Ba’zan tugunchasi ostki bo‘ladi (irisdoshlar va chuchmomadoshlar oilasida). Mevasi choki-dan chatnovchi Bu ajdod qadimgi o‘simliklardan bo‘lib, o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyot davrida bir necha tarmoqlar hosil qiladi. Hasharotlar bilan changlanuvchi guruhining yanada yuksalishidan orxideyagullilar va banangullilar kelib chiqqandir. Gulining tobora reduksiyalanib va shamol vositasi bilan changlanishga moslashganlaridan unlilar ajdodi, unlilar ajdodidan esa g‘allasimonlar ajdodi kelib chiqadi. Shuningdek, yakandoshlar oilasidan esa bardigullilar ajdodi vujudga keladi. Bu ajdodga Grossgeym sistemasiga ko‘ra 9 oila kiradi. Bu oila vakillari ko‘p yillik ildizpoyali yoki piyozboshli o‘simliklardir. Gulqo‘rg‘oni, ko‘pincha, gultojsimon, ayrim bargli bo‘lib, 3 tadan ikki doirada joylashgan. Otaligi 6 ta, onaligi bitta, tugunchasi ustki, 3 uyli va 3 mevabargli. Mevasi ko‘sakcha yoki ho‘l mevadir. Bu oila 250 avlod va 3000 ga yaqin turdan iborat bo‘lib, ular qariyb yer sharining hdmma qismida, xususan, dasht va cho‘l zonalarida keng tarqalgan. Ular ayniqsa O’rta Osiyo respublikalarining tog‘li yerlarida, dasht va cho‘l rayonlarida ko‘p usadi. Savrinjondoshchalar oilachasi (Melan-tfioideae). Bu oilacha vakillari ildizpoyali, tugunak,G‘ piyozboshli o‘simliklardir. To‘pguli poyasining uchida joylashgan. Onaligi 3 (4) ta erkin poychalidir, Mevasi ko‘sak bo‘lib pishganda hamisha to‘sig‘idan chatnaydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling