2.1 1-rasm. Apteka sparjasi (Asparagus officinalis):
1 — yosh novdali ildizpoyasi; 2 — mevali kladodiylari; 3 — gulli kladodiylari; 4 — gullari; 5 — mevasiiing ko‘ndalang kesigi.
Bu ildizpoyali, ellipssimon, 2—3 bargli, oq gulli o‘simlikdir. U O’rta Osiyodan tashqari O’zbekistonning Yevropa qismida, Uzoq, Sharqda hamda Shimoliy Amerikaning o‘rmon va tog‘li yerlarida tarqa.lgan. U erta ko‘klamda gullaydigan, xushbo‘y o‘simlik bo‘lganidan O’zbekistonda ba’zi havaskor gulchilar uni xonadonlarda o‘stiradi. Landishning guli va barglari yurak faoliyatini yaxshilashga ta’sir etuvchi glikozidlarga ega. Shuning uchun u muhim dorivor o‘simliklardan hisoblanadi. Professor Botkin uni dori o‘simlik sifatida ilmiy meditsinaga kirgizgan.
2.2 2-rasm Qarg‘ako‘zi avlodi
A — landish (Convollaria majalis); B — sarg‘ako‘zi (Paris gaadrlfotla).
Qarg‘ako‘zi avlodi (Paris). Bu avlod vakillari ko‘p yillik kichkina o‘t o‘simliklardir. Ular poyasining uchi bir gul bilan tugaydi, barglari tuxumsimon bo‘lib, gulining ostida doyra hosil qilib joylashgan. Guli sarg‘ish-yashil. Gulqo‘rg‘on barglari ko‘pincha 8 ta, ikki doyra bo‘lib joylashgan. Otaligi 6—8—10 ta, iplari yassidir. Tugunchasi ustki, 3—5 mevabargli-dir. Mevasi ko‘p urug‘li, qora rangli ho‘l mevadir. Qarg‘ako‘zi avlodi YEvropa va Osiyo qit’alarining o‘rta poyasida tarqalgan, Bu avlodniig ma’lum bo‘lgan 8 turidan 4 tasi O’zbekiston da uchraydi. Mashhur turlaridan to‘rt bargli qarg‘ako‘zi (P. quadrifdia) O’rta Osiyo respublikalari va uzoq Sharqdan tashq.ari O’zbekiston ning qariyb hamma o‘rmonlarida o‘sadi. Zaharli o‘simliklardan hisoblanadi.
Sparjalar oylachasiga dekorativ o‘simlik sifatida uchray-digan aspidistra elatior (Aspidistria elatior) xam kiradi. Bu ildizpoyali, bargi to‘q yashil, etli, qagtiqroq, ellipslansetsimon, ingichka va uzun bandli bo‘lib, ildiz bo‘g‘zidan chiqqandek, g‘uj bo‘lib joylashgan. Guli kichik, gulqo‘rg‘oni 6 ta bargchali, qo‘ng‘ir rangli. Otaligi 6—8 ta, onaligining og‘izchasi gunafsha rangli. Buning asli vatani Yaponiya va Janubiy Xitoydagi qa-lin o‘rmonlardir. U xonadonlarda sovuqqa, issiqqa va noqulay sharoitga juda chidamli o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Bargi xlorofill olish uchun yaxshi ob’yekt hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |