’lim, fan va innovatsiyalar
Piyozdoshchalar oilachasi
Download 0.51 Mb.
|
205 O’zbekiston florasida Alliaceae oilasi 205
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 2-rasm Boychechak (Gagea lutea)
Piyozdoshchalar oilachasi (Alloideae). Bu oilacha vakillari piyozboshli yoki qisqa ildizpoyali o‘simliklardir. Ularning to‘pguli zontiksimon bo‘lib, ochilishiga qadar 2 ta enlik, ba’zan qo‘shilib o‘sgan pardasimon o‘rama barg bilan qoplangan yoki gullari yirik bo‘lib, bittadan joylashadi.
Boychechak avlodi (Gagea). Bu avlod vakillari mayda piyozboshli, serbarg, sariq va och sariq, gullari chochoq zontiksimon to‘pgulda joylashgan, ko‘pincha erta ko‘klamda ochiladigan, kichikkina, bo‘yi 10—15 sm ga yetadigan o‘t o‘sim-liklardir. Bu avlodning 75 turi O’ZBEKISTON territoriyasida tarqalgan. Shundan 26 turi O’zbekistonda va unga qo‘shni res-publikalarda uchraydi. Boychechaklar asal beruvchi, qo‘y va qoramollarga xa-shak bo‘luvchi o‘simliklar qatoriga kiradi. Bizda G. olgae, g. stipitata, G. Chomutovae turlari ko‘p uchraydi. Piyoz avlodi (Allium). Bu avlod vakillari piyozboshli, ildizpoyali va piyozi hidli o‘simliklardir. Ularning barglari etli, suvli, tasmasimon yoki naychayeimon bo‘lib, ildiz bo‘g‘zidan chiqadi. Gulpoyasi bargeiz va shoxlanmagan bo‘lib, uchi ochilishiga qadar pardasimon ikkita gulyonbargchaniig qo‘shilishidan hosil bo‘lgan qin bilan o‘ral-gan soyabonsimon to‘pgul bilan tugaydi. Gulqo‘rg‘on barglari 6 ta, erkin yoki tagi birikib o‘sgan. Otaligi 6 ta, onaligi 1 ta, tugunchasi ustki, 3 uyali bo‘lib, har qaysi uyasi 2 urug‘kO’rtaklidir. Mevasi ko‘sakcha. Bu avlod inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega va anbiotiklarga boy bo‘lgan sabzavot o‘simligi bo‘lib, yer sharining hamma qismida tarqalgan. Piyozlar avlodining 400 turi-dan 228 turi O’zbekiston territoriyasida, 68 turi O’zbekistonda va unga qo‘shni respub-likalarda uchraydi. Cho‘lda, dashtda, tog‘ va tog‘ etaklarida usadi. 1.2 2-rasm Boychechak (Gagea lutea): 1 — umumiy ko‘rinishi; 2 — guli; 3 — gul diagrammayey. Oddiy piyoz (Allium sera), Bu yirik piyozli, hamma bargi silindrik, ikki yillik o‘sim-lik bo‘lib, dehqonchilik jara-yonida uning bir qancha navlari bunyodga kelgandir. Sabzavot o‘simligi sifatida ekilib ho‘l-ligida ham, pishirilib ham is-te’mol etiladi. Sarimsoq (A. Sativum). Piyozi tuxum shaklli bir necha bola piyozchalardan iberat. Uning barglari tasmasimon bo‘lib, guli uzun tumshuqli qin bilan o‘ralgan. Hamma yerda Ekiladi. Piyozi ovqat ta’mini yaxshilovchi va dezinfeksiyalov-chi vosita sifatida ovqatga ishlatiladi. Meditsinada ham ishlatiladi. Chyerimsha (A. Victoriaeis). Bu yovvoyi holda o‘suvchi piyozlar-dandir; uni ham ovqatga ishla-tish mumkin. Bu sarimsoq hid- li, bo‘yi 0,5 metrga yetadigan, barglari kengellipssimon, qini gu-na^fsha rangli piyoz, Kavkazda, Sibirda, Uzoq Sharqda usadi. Cho‘l piyozi (A. griffilhianum). Cho‘l piyozi tuxumsimon, yirik, etli, sarg‘ish, bargi 2—3 ta, tarnovsimon yoki surnaysimon bu-l i b, bo‘yi 10—40 sm ga yetadi. Guli xiraroq qizil, aprel—may oylarida gullaydi. O’rta Osiyoning tog‘ etaklaridagi cho‘llarda uchraydi. Kum piyozi (A. Sabulosum). Bu piyozchasi cho‘ziq, tuxumsimon, bo‘yi 20—50 sm ga yetadigan, bargi 3—4 ta, ensiz, uch burchakli, guli ko‘kimtir bo‘lib, yarim sharsimon tup gul hosil etadi. Ur ga Osiyoning qumli cho‘llarida tarqalgan . Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling