’lim, fan va innovatsiyalar


Download 0.51 Mb.
bet9/13
Sana30.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1407941
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
205 O’zbekiston florasida Alliaceae oilasi 205

1.4 1-rasm Ajdar daraxti (Dracaena draco):

  1. umumiy ko‘rinishi; 2 — guli, 3 — mevasining ko‘ndalang kesigi.



Smilakdoshchalar (Smilacoideae). Bu oilacha vakillari il­dizpoyali, 2 uyli, ilashib o‘suvchi — liana, buta yoki chala buta o‘simliklardir. Ularning barglari bandli, to‘rsimon tomir-langan, tomirlaridan 3—5 tasi parallel keggan va kuchli ta-raqqiy etgandir. Barg tagidan 2 ta gajak chiqqan. Mevasi 3> uyali ho‘l mevadir. Bunga 20 dan ortiqroq tur kiradi. Ular tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Shundan 2 turi Smilax exelsa va S. oldhami O’zbekiston territoriyasida o‘sadi. Birinchisining poyasi qattiq tikanakdar bilan qoplangan bo‘lib, Gruziya o‘rmonlarida va Kavkazda keng tarqalgan. Ikkinchisi tikansiz bo‘lib, Uzoq Sharqda uchraydi. Smilaksning ba’zi turlari meditsinada ishlatiladi. Masalan, Meksikada o‘suvchi S. ornata dan Radix sarsapariceae, ya’ni «gomir dori» va Shar­kay Osiyoda o‘suvchi S. Chinadan tuberchinae nomli «xitoy tuguna» gi» olinadi.
II BOB. SPARJALAR OILACHASI (Asparagoideae).
2.1 Apteka sparjasi (A. officinalis)
Bu oilacha vakilla­ri ildizpoyasi oddiy, ammo kuchli taraqqiy etgan o‘t yoki yog‘och-langan o‘simliklardir. Ularning gullari ayrim jinsli bo‘lib, mayda chochoq to‘pgul tapjil etadi yoki gangachabarg qo‘ltig‘ida bittadan yoki juft bo‘lib joylashadi. Gulqo‘rg‘on bargchalari-ning tagi birikib o‘sgan. Mevasi 3—5 uyali ho‘l meva.
Sparja avlodi (Asparagus). Bu avlod vakillari ko‘p yil­lik, ikki va bir uyli, sershox, chala buta o‘simliklardir. Ular­ning barglari mayda, pardasimon tangacha bo‘lib, uning qo‘lti-g‘ida ko‘pincha ignasimon shoxchalar, ya’ni kladodiylar chiqadi. Guli ayrim jinsli, gulqo‘rg‘oni qo‘ng‘iroqeimon, 6 ta bargchali, tagi birikib o‘sgan.
Mevasi 3 uyali sharsimon ho‘l mevadir. Sparjalar avlodiga 120 tur kiradi. Ular Amerikadan tashqari, yer sharining barcha qurg‘oq rayonlarida, ko‘proq Kap yerida tarqalgan. O’zbekiston flora-sida tarqalgan 24 turidan 7 turi O’zbekistonda usadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling