’lim, fan va innovatsiyalar


Piyozdoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati


Download 0.51 Mb.
bet12/13
Sana30.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1407941
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
205 O’zbekiston florasida Alliaceae oilasi 205

2.2 Piyozdoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati.
Bu oilaning va­killari yer sharining hamma qismida, ko‘proq shimoliy yarim sharning qurg‘oq zonalarida keng tarqalgandir. Uning ba’zi turlari juda muhim ahamiyatga ega. Sovet Ittifoqi piyoz ekiladigan maydonining kattaligi va yig‘ib olingan hosilning ko‘pligi jihatidan dunyo bo‘yicha birinchilikni oladi. Piyoz va sarimsoq sabzavot o‘simlik sifatida uzoq vaqtlardan beri eki-lib keladi. O’zbekistonda piyozning Andijon oq piyozi, Samar­kand qizil piyozi, kabi va farob piyozi degan navlari ekiladi. Ular ko‘kligicha ovqatga solib, pishirib ham iste’mol qilinadi, konserva sanoati uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Landish (mar.varidgul), aloe, sarimsoq piyoz, tomir dori (Salsaparill) meditsinada qo‘llanadi. Savrinjonning hamma turlari, olg‘i, qarg‘ako‘zi va moralquloqlar alkaloidli zaharli o‘simliklar qatoriga kiradi. Savrinjondan olinadigan kolxitsin alkaloidi sun’iy yo‘l bilan o‘simliklarning poliploid formala-rini olishga xizmat qiladi. Eremurus (shirach)ning ost qismi-dan, ya’ni etli o‘g‘itsimon ildizidan ho‘lligida ham, quritilib ham hammaga ma’lum bo‘lgan shirach tayyorlanadi, bargi esa ov-q.atga ishlatiladi. Dratsena, kordilina va yukkalar texnika o‘simligi hisoblanadi. Ularning bargidan dag‘al tola olinadi. Cho‘tkalar tayyorlanadi. Sparja, funksiniya, xemerokallis, lyliy,'olg‘i va lolalar eng chiroyli dekorativ o‘simliklardan hisoblanadi. Ulug‘ Vatan urushiga qadar bizda yovvoyi holda o‘sadigan lolaning 2—3 turi va shirachlarning ba’zi turlari chetga chiqariladigan o‘simliklardan biri hisoblanar edi. Eki­ladigan lolalar seleksiya yo‘li bilan yovvoyi lolalardan chiqarilgan bo‘lib, ularni dekorativ o‘simlik sifatida ekish ko‘p yerda rasm bo‘lgandir. Gollandiya bu sohada dong chiqargan mamlakat hisoblanadi. Lolaning piyozi Gollandiyaga birinchi marta 1634 yilda o‘tadi. Gollandiyaliklar lolani o‘stirish bi­lan alohida mashg‘ul bo‘lganlar. Gollandiyalik savdogarlar yoki katta boylar faqat ekilgan bir ariq lolaga ega bo‘lganlar, xolos. Lola o‘sha vaqtda eng qimmatbaho o‘simlik hisoblangan. O‘sha davrda juda mashhur bo‘lgan Semper lugustus degan lola sortining bitta piyozi 550 funt sterling, ya’ni qariyb 5000 so‘mdan sotilgan. 1634 yilda Amsterdamda lolaning 3 ta piyozi-ga toshdan qurilgan uchta uy olingan. Piyozgullilar oilasining vakillari chorva mollar tomonidan xush ko‘rib yeyilmaydi. Ba’­zi turlari ularga ziyon ham keltiradi. Masalan, sugoriladigan yerlarda begona o‘tlar sifatida o‘sadigan piyozi ansul yoki Suvo­rov piyozi, shuningdek, boshqa yovvoyi piyozlarni sigir va echki-lar yeganda sutining ta’mi o‘zgaradi.
Bu oila vakillari piyozboshli ildizpoyali, asosan hasha-(Amarillidaceae) rotlar vositasi bilan changlanuvchi o‘t o‘simliklardir, ular piyozgullilar oilasiga mansub bo‘lgan o‘simliklarga juda yaqil turadi va unga o‘xshab ketadi. Guli ikki jinsli va to‘g‘ri, ba’zan bir oz qiyshiqroq bo‘lib, piyozdoshlar oilasidan tugunchasining ostki yoki chala ostki bo‘lishi va ost gultoji hosil qilishi bilan farq qiladi.
Bu oila 90 avlod va 1000 turdan iborat bo‘lib, asosan tro­pik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. O’ZBEKISTONda esa bu oilaning 7 avlodi va 23 turi bo‘lib, shundan O’zbekistonda 4 av­lodi, 8 turi uchraydi. Oilaning qariyb barcha vakillari ham juda chiroylidir. Shuning uchun ularning turlari dekorativ o‘simlik sifatida parklarda, xonadonlarda, oranjereyalarda o‘stiriladi.
Kalantus avlodi (Catanthus). Bu avlod vakillari erta bahorda gullaydigan kichik, ikki bargli, piyozboshli o‘simliklardir. Gul o‘zagi qisqa bo‘lib, uchi bitta osilgan gul bilan tugaydi. Bu avlodga 7 tur kiradi. Undan bir turi O’rta Osiyodan tashqari, asosan Zakavkazeda, O’zbekiston Yevropa qismining janu-bida usadi.
Narsiss yoki nargislar avlodi (Narcissus). Bu avlod vakil­lari piyozboshli o‘simliklardir. Ularning poyasi bargsiz. Guli sariq, sarg‘ish-qizil yoki oq rangli, yoshligida qin ichida bo‘ladi. Gulqo‘rg‘oni yirik, uzun silindrik nayli, qaytarmasi 6 barg­li, tojbo‘g‘zidan qo‘ng‘iroqsimon yoki piyolasimon yontoj chiqqan. O’zbekistonda ko‘pincha 3 turi ekiladi.
1. N. prendonarcissus— guli sariq, yirik, yakka-yakka joy-lashgan, yontojlari qo‘ng‘iroqsimon, gulqo‘rg‘on bargchalaridai ozroq uzun.
2. N. tazetta — guly 4—5 ta bo‘lib, gulqo‘rg‘on barglari oq, yontojlari to‘q sariq.
3. N. Poeticus — guli oq, yirik, yakka-yakka joylashgan, hidli va osilgan holda bo‘ladi.
Agava avlodi (Agave). Bu avlod vakillari seret, yirik, ko‘p yillik o‘simliklardir. Ularning barglari uzun, ildizbo‘g‘­zidan chiqqan bo‘lib, hayotida bir marta poya chiqaradi, o‘sha yili gullab nobud bo‘ladi. Poya chiqarib gullashiga qadar oradan ba’zan 100—150 yil o‘tadi. Shuning uchun bu o‘simlik xalq orasi-da «stoletnik», ya’ni «yuz yillik» deb nom olgandir. Agavalar. avlodiga 150 tur kiradi. Ular asosan, Amerikaning tropik va subtropik qismida, ko‘proq Meksikada tarqalgachdir. Bizda ham ba’zan parklarda va xonadonlarda dekorativ o‘simlik sifatida o‘sti-rilgan ajoyib turlarini uchratish mumkin. Amerika agavasining (A. americana) bargi 2 m ga yetadi, gul o‘zagining uzunligi 12 m, to‘pguliesa 6 m ga yetadi (187-rasm). Uning asli vatani Amerikadir. A. atrovirens yoki A. Salmiana degan turining to‘p-gullari yoshligida qirqilib ulardan shirin suyuqlik olinadi. Uni achi-tish yo‘li bilan meksikaliklar un­dan «pulka» degan ichimlik tayyor-laydilar. Agavalarning ba’zilari, masalan, A sisalana, A. furcroides turlari Amerika va Hindistonda tola olish uchun ham ekiladi.
Ungerniya yoki qoraqovuq avlodi (Ungernia). Bu avlod vakillari pi­yozi qo‘ng‘ir-qora pust bilan o‘ralgan piyozboshli o‘t o‘simliklardir. Ular­ning tasmasimon bargi erta bahor-da chiqadi va yozga borib quriydi. Poyasi bargsiz, gullari voronkasi-mon, ozgina qiyshiqroq, sarg‘ish-qi-zil yoki sarg‘ish, yontoji bargsiz bo‘-lib, uzun bandli zontiksimon to‘pgul hosil qiladi. Ungeriyaning 3 turi O’zbekistonda usadi. U. vietori turining poyasi yassi, 5—i 10 sm, barglari 7—10 ta, eni 2—3 sm, gulqo‘rg‘on barglari 2— 2,5 sm uzunlikda, sarrishdir, faqat ich tomondagisigina qizil-pushti rangli. U. minor yoki amonqaroning poyasi yassiroq, barg­lari 3—5 ta, eni 0,8—1,2 sm, tasmasimon ko‘kimtirdir. Gul-qo‘rg‘on bargchalari sarg‘ish bo‘lib, ikki tomondan ham jigar rang chiziqlari bor. U. Severtzovii ning poyasi silindrik, barg­lari 4—6 ta, uzunligi 20 sm, eni 1,5—2 sm dir, ko‘k gulqo‘rg‘oni-ning rangi qizg‘ishsimondir.
Chuchmoma avlodi (Ixioliron). Bu avlod vakillari ko‘p yil­lik, piyozboshli, poyasi serbarg o‘t o‘simliklardir.
Xulosa
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bog‘i hududidagi 500 kv. m. maydonda mamlakatda o‘suvchi piyozdoshlar oilasining noyob turlarini saqlab qolish va alohida turlarni introduksiya sharoitida o‘rganish uchun uchun O‘zbek-xitoy piyoz bog‘i tashkil etildi. 
Gazeta.uzning yozishicha, Botanika instituti va Botanika bog‘i Kunmindagi Botanika instituti (Xitoy) bilan 2016 yildan buyon yovvoyi holda o‘suvchi piyozlar kolleksiyasini tashkil etish ustida ish olib bormoqda. 
Botanika instituti direktori akademik Komiljon Tojiboyevning ta’kidlashicha, kolleksiyadan nafaqat O‘zbekiston florasi, balki ilm-fan uchun yangi bo‘lgan turlar ham mavjud bo‘lib, ularning biologik va ekologik o‘ziga xosliklari batafsil o‘rganiladi.
Hozirda bog‘ uchastkalarida O‘rta Osiyo, Eron, O‘rta yer dengizi va Turkiyaning tog‘, tog‘ oldi va cho‘l hududlarida o‘suvchi 100 dan ortiq piyoz turi parvarish qilinmoqda. Tez orada Qozog‘iston, Oltoy, Turkmaniston, Tojikiston va Sharqiy Osiyo hududlarida o‘suvchi navlarni ham yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
“Botanika bog‘i tarixida piyozli o‘simliklarning noyob kolleksiyasi bor edi. O‘tgan yuz yillikning 50-60-yillarida ushbu bog‘da O‘rta Osiyo piyozining 50 dan orti turi introduksiya qilindi. Afsuski, ushbu kolleksiya yo‘qotildi. Hozirda Xitoy Fanlar akademiyasidagi hamkasblarimiz bilan piyozdoshlar oilasining eng kamida 200 turidan iborat kolleksiyani yaratishni rejalashtirmoqdamiz”, - deydi Komiljon Tojiboyev. 
Piyoz bog‘i yovvoyi piyozlarni saqlab qolishga qaratilgan ta’limiy dastur maskaniga aylanishi kutilmoqda. Bog‘ ilmiy xodimlarining Xitoy hududlariga ilmiy ekspeditsiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling