Lim, madaniyat va innovatsiya


Huquqshunos olim Islomov.Z.M fikricha


Download 369.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi369.63 Kb.
#1150655
1   2   3   4
Bog'liq
100-103

Huquqshunos olim Islomov.Z.M fikricha; “”Qonun” so‘zini ko‘pincha davlat majburlov
kuchi bilan ta’min-lanadigan umummajburiy qoidani belgilash uchun qo‘llashadi. Biroq qat’iy yuridik 
ma’noda qonun – alohida, faqat o‘zigagina xos bo‘lgan belgi-alomatlarga ega huquqiy hujjatdir. Rasmiy
ravishda matbuotda e’lon qilish – har qanday qonun kuchga kirishining zarur shartidir. Qonunlar
maxsus nashrlarda va gazetalarda e’lon qilinadi hamda rasmiy e’lon qilingan (yoki qarorda ko‘rsatilgan) 
kundan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
1
Saydullayev.Sh.A “DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI” darslik Toshkent;TDYU, 2018, 155 – B. 
2
Odilqoriyev.X.T. “DAVLAT VA HUQUQ NAARIYASI” daslik. – T.Adolat,2018, 178 – B. 


102
FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA Jild: 01

Nashr: 02 (2022) 
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, qonun O‘zbekiston Respublikasi-ning Prezidenti tomonidan
imzolanganidan keyin, odatda, Oliy Majlisga qaytariladi. U o‘z navbatida qonunni rasmiy e’lon qi-
lish uchun yuboradi. Qonunning to‘liq matni “Xalq so‘zi”, gazetalarida va “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”da birinchi marta bosib chiqarilishi uning rasmiy
e’lon qilinishi hisoblanadi”
3

Bizning fikrimizcha, Qonun ijodkorligi jarayoni – amaldagi qonunlarni qaysidir ma’noda 
o`zgartirish yoki qo`shimcha kiritish, belgilangan tartibda yangi qonunlarni qabul qilish vakolatiga
ega bo`lgan qonun chiqaruvchi hokimyat organlarining eski va jamiyatga foydasi qonunlarni
jamiyat hayotidan chiqarib tashlash va o`rniga yangisi ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi.
Ushbu kazus yuzasidan ba’zi bir qonun hujjatlarida turli xil ma’lumotlar keltirilgan bo`lib,
ushbu manbalar yuqoridagi muommoli vaziyatga o`ziga xos yechim bo`lib keladi
“Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar ijtimoiy munosabatlarni
huquqiy jihatdan tartibga solish yoki qonunchilik normalarini takomillashtirish maqsadida normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning joriy (yarim yillik va yillik) hamda istiqbolga (bir
yildan ortiq muddatga) mo‘ljallangan rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqishi va tasdiqlashi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni rejalashtirish tartibi normativ-huquqiy hujjatni 
qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ yoki normativ-huquqiy hujjatning loyihasini tayyorlashni
amalga oshiruvchi tashkilot (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) tomonidan 
belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalari (dasturlari) majburiy tartibda
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan tegishli organlarning rasmiy veb-
saytlarida e’lon qilinadi”
4

83-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat
hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq 
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.  

Download 369.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling