Lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 293.61 Kb.
|
keys 301Sherzod
Case-study metodining goyalari.
Case-study metodining goyalari juda soddadir: 1. Metod fanlar bo'yicha bilimlar olish uchun mo'ljallangan, ularda haqiqat plyuralistikdir, ya'ni qoyilgan savolga bir ma'noli javob mavjud bo'lmay, bir necha javoblar bo'lib, ular bir-biri bilan haqiqat darajasi bo'yicha raqobatlashadi; oqitish vazifasi bu holda ana'anaviy sxemadan chetlashadi va bir emas bir necha togri javoblarni olishdan va ularni muammo maydoniga mo'ljallashdan iborat bo'ladi. 2. Oqitish aktsenti tayyor bilimni egallashga emas balki uni ishlab chiqishga talaba va oqituvchining hamkorligiga qaratilgan bo'ladi; case-study metodining ana'anaviy metodlardan printsipial farqii shundaki — bilimlar olish jarayonida demokratiya mavjud bo'lib, bunda talaba boshqa talabalar va oqituvchi bilan muammoni muhokama qilish jarayonida teng huquqlidir. 3. Metodni qollash natijasida nafaqat bilimlar, hatto kasbiy faoliyat malakalari olinadi. 4. Vaziyatni tahlil qilish metodining so'zsiz afzalligi, bu nafaqat bilimlar olish va amaliy malakalarni shakllantirish bo'libgina qolmay, u yana talabalarning qadriyatlar, kasbiy pozitsiyalar, hayotiy ko'rsatmalar, o'ziga xos kasbiy hayotni his etish va hayotni o'zgartirish tizimini rivojlantirishdir. 5. Sase-study metodida materialni “quruq” hissiz bayon etish bilan bogliq bo'lgan nuqson engib o'tiladi,— ushbu metodda emotsiyalar, ijodiy raqobat va kurash shunchalik ko'pki, yaxshi tashkil etilgan keysni muhokama qilish teatr spektaklini eslatadi. «Case Study metodining vatani bo'lib Amerika Qo'shma Shtatlari, aniqrogi — Garvard universitetining biznes Maktabi hisoblanadi». Birinchi bor u 1924 yilda qollanilgan. Keys metodining kelishi va rivojlanishiga asos bo'lib «pretsedent» yoki «voqea» printsipi bo'lgan. Ushbu metod chet elda iqtisod va biznes fanlarida keng qollaniladi. Aniq vaziyatlar metodi (case-study metodi) o'yinli bo'lmagan imitatsion faol oqitish metodlariga kiradi. Case-study metodining maqsadi — guruh talabalarining birgalikdagi urinishlari bilan case-vaziyatni tahlil qilish hamda amaliy yechimni ishlab chiqish. Jarayonning tugashi — taklif etilgan algoritmlarni baholash va qoyilgan muammo kontekstida eng yaxshisini tanlash. Download 293.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling