Lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 293.61 Kb.
|
keys 301Sherzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys bilan ishlash texnologiyasi .
Keys mazmuni:
Keyslardan ta'lim jarayonida foydalanish talabalarda quyidagi zaruriy sifatlarni shakllantiradi nazariya va amaliyot o'rtasida uzviy bogliqlikni shakllantiradi kritik fikrlash qobilyatini rivojlantiradi savol berish madaniyatini o'rgatadi: vaziyatlarni hal etishda, unga ta'sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta'sirini e'tiborga olishga imkon beradi qabul qilingan qaror uchun ma'sullik hissini tarbiyalaydi boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi haqqoniy (ob'ektiv) bo'lishga o'rgatadi muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi. Keys bilan ishlash texnologiyasi. Oquv jarayonida keys bilan ishlash texnologiyasi: Keys materiallari bilan talabalarning individual mustaqil ishi (muammoni identifikatsiyalash; muhim muqobil, taklif yoki tavsiya etiladigan amallarni ta'riflash).Kichik guruhlarda muhim muammoni va uni hal qilishni moslashtirish bo'yicha ishlash.Umumiy munozarada kichik guruhlar natijalarini taqdimot va ekspertiza qilish (oquv guruhi doirasida). Yaxshi keys quyidagi talablarga javob berishi kerak: Aniq qoyilgan yaratish maqsadiga mos kelishi. Mos ravishda murakkablik darajasiga ega bo'lishi. U bilan ishlash vaqtiga dolzarb bo'lishi. Juda tez eskirishi kerak emas. Analitik fikrlashni rivojlantirish. Tipik vaziyatlarni tasvirlash. Munozarani keltirib chiqarish. Bir necha qarorlarga ega bo'lish. Muxandis pedagog har kuni o'z oldiga yoshlarni tarbiyalash, oqitish yoki ta'lim berish maqsadlarini qo'yadi. Shuningdek, ta'lim printsiplariga amal qilgan holda, o'z faoliyati mazmunini, talaba talabalar faoliyatini shakllantiradi, buni amalga oshirish metod va vositalarini tanlaydi, uni talabalarga berish shakllarini takomillashtirishga intiladi. Pedagogik jarayonni yaratishga qaratilgan pedagogik faoliyatning eng umumiy va eng soddalashtirilgan algoritmi mana shundan iborat. Bu ta'lim - tarbiya murakkab texnologiyasini yaratishga qarab qoyilgan dastlabki bosqich hisoblanadi. Navbatdagi, nisbatan mas'uliyatli bosqich - boshqa bir komponentlarni yagona, bir butun va o'zaro mutanosib tizimga keltirishdan iboratdir. Buning uchun esa, oqituvchi pedagogik loyihalash nazariyasini egallashi lozim bo'ladi. Pedagogik loyihalash - talabalar va pedagogning bo'lajak faoliyatining asosiy qismlarini dastlabki fikran, mantiqiy ishlab chiqilishidir. Pedagogikaga loyihalash atamasi texnik bilimlardan kirib keldi. Texnikadagi loyihalash keyinchalik haqiqatda ro'yobga chiqarish uchun qilinadigan ishlarning ilgarilab ketilgan chamalashni anglatar edi. Pedagogik bilimlarning ortishi, tarbiya metodlari, vositalari va shakllarining ko'payishi, tarbiyaviy munosabatlarga ta'sir etadigan omillarning kengayib borishi pedagogik faoliyatni tobora murakkab kasbga aylanib borishiga olib keldi. Pedagogning bu bilimlarni egallab olishi, ayniqsa undan foydalanishi toboraqiyinilashib bormoqda. Shuning uchun ham pedagogika fani texnokratik tavsiyanomalargina ishlab chiqishdan qochishga majbur bo'lmoqda. Texnokrat - kasb - hunar, «boshqaruv san'ati», tadbirkorlik kabi ma'nolarni anglatadi. Pedagogikadagi bu yo'nalish tarafdorlari yoshlar hulq atvorini boshqarish masalalaridagi amorflik ya'ni bir qolipga, shaklga kirmaganlik, o'rniga samarali pedagogik texnika kelishiga ishonch hosil qiladilar. Muxandis pedagog uchun «loyihalash», «texnika», «texnologiya» kabi atama tushunchalar nisbatan tanish va tushunarlidir. Go'yoki bu tushuncha-atamalar uning faoliyatining ikki funktsiyasini bir-biriga boglab turganday, ular o'rtasidagi umumiylikni ochishga imkon beradi va mehnatlarini ancha engillashtiradi. Texnik loyihalashning anchagina sermahsul goyalarini o'ziga qamrab olgan pedagogik loyihalash, biz uchun qandaydir tartibsizday ko'ringan holatdan olib chiqishga, pedagogik bilimlarni boyitishga layoqatdir. Pedagogik loyihalash ishlab chiqarish ta'limi ustasi va texnik fanlar oqituvchilari faoliyatini optimizatsiyalashga imkon beradi. Pedagogik loyihalash har qanday pedagog funktsiyasi bo'lib, uning tashkilotchilik, gnostik (ya'ni talaba bilan muloqotga kirisha olish, aloqa o'rnatish, munosabatda bo'lish yo'llarini qidirib topa olish, ijodkorlik, ixtirochilik qobiliyati) yoki kommunikativ qobiliyatlari ustun bo'lishi mumkin. Pedagogik tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra texnik fan oqituvchilari bu funktsiyani bajarish uchun o'z ish vaqtlarining 28% ni, ishlab chiqarish ta'limi ustalari esa 11% dan koproq qismini sarflar ekanlar. Maktab va kasb-hunar kollejlarida oquv-tarbiya jarayonlarini loyihalashtira olish tufayli bu murakkab jarayonni texnologik bo'lib qolishini ta'minlaydi Pedagogik loyihalash mohiyati bo'lajak faoliyatining taxminiy variantlarini yaratish uchun uni oldindan ko'ra bilish, uning natijalarini ko'ra bilishdir. Bunda pedagogning asosiy e'tibori yaratilgan yangilik mexanizmi va u yoki bu harakat, jarayon va tizimlar davom ettirilishiga, qollanilishiga qaratilishi kerak. Darhaqiqat, aslini olganda muxandis-pedagog nimani loyihalaydi? U loyihalash ob'ektlarini aniqlashdan ish boshlaydi. Bu ob'ektlarning biri haqida biz aytib o'tgan edik - bu pedagogik jarayondir. Bu o'z navbatida undan kelib chiqadigan pedagogik vaziyatlarga bo'linadi. Bular uning tarkibiy qismlaridir. Ular jarayonning bir holatidan ikkinchi holatiga o'tishi bilan tavsiflanadi. Pedagogik jarayonning o'zi ancha murakkab qurilmaning, ya'ni pedagogik tizimning bir qismidir. «Mayda» vaziyatlar jarayon tarkibiga kiradi, jarayon esa tizimga kiradi. («Matryoshkalar»). Masalan, biz ta'lim tizimida ishlaymiz yoki kasb-hunar ta'limi tizimida ishlaymiz. Har ikki holatda ham «tizim» atamasi umumiy belgilariga ega. Ularni ochishga harakat qilamiz. Aytaylik, talabalarga kasb tanlashlariga yordam berish maqsadida maktab talabalari o'rtasida kasb tanlashga yo'llash ishlarini olib borish zarur. Pedagog kasb tanlashga ta'sir etadigan barcha omillarni (oila, auditoriya, ommaviy axborot vositalari ma'lumotlari, ko'cha-mahalla, o'smirning psixologik imkoniyatlari, ayniqsa ishlab chiqarish korxonalari ehtiyoji va imkoniyatlarini) fikran to'play boshlaydi. Kasb tanlashga yo'llash (proforientatsiya) tizimida bu omillarning hammasi juda muhim. Pedtizim kichik, o'rta, katta va super katta bo'ladi. Kichik tizimga talabalarni tarbiyalashning ayrim tizimlari kiradi. Masalan, kollejlarda ishlab chiqarish ta'limi tizimsi talabalarning darsdan tashqari faoliyatlari, kasb tanlashga yo'llash tizimi, huquqiy tarbiya, kasbga uyushma ishlari, ekologik tarbiya va boshqalardan tashkil topadi. O'rtacha kattalikdagi tizim asosan kollej pedagogik faoliyatidan iborat katta pedtizim tuman, shahar, viloyat miqyosidagi ta'lim tizimlaridan iborat. Bu, odatda, katta sotsial-pedagogik majmuadan iborat bo'lib, unga maktablar va oquv yurtlaridan tashqari madaniyat muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, maishiy va maishiy xizmat muassasalari, shuningdek, mazkur hududni boshqarish boshqarmalari ham kiradi. Pedtizimning loyihalashtirishning ob'ekti bo'lishi - bu murakkab jarayon bo'lib, turli sifat ko'rsatkichlariga ega qismlardan iboratdir. Masalan, tizimga odamlar - pedagoglar, talabalar, moddiy texnika buyumlari - ta'limning texnika vositalari, elektron hisoblash mashinalari, ular bajaradigan funktsiyalar kiradi. Supertizimga (o'ta katta tizim) hajmi va maqsadlari jihatidan katta hududlar, respublika miqyosida yaratilgan tizimlar kiradi. Mazkur tizim bizning tarbiyalanuvchilarimiz va bizning o'zimizdan iboratdir. Har bir tizim o'zining belgilangan maqsadiga, o'z navbatida o'z qismlari to'plami majmuiga ega. Masalan, kasb-hunar ta'limi supertizim bo'lajak ishchilarni tayyorlash bilan bogliq faoliyat mazmunini, uning tuzilishi, printsiplarini, pedagogik jarayonlarini, jarayon qatnashchilari bo'lgan talabalar, pedagoglar, ota-onalar, ishlab chiqarish hodisalarini, ularning huquq va burchlarini, pedagogik tizimni boshqarishni, moddiy texnika ta'minotini, oquv-uslubiy, ilmiy, moliyaviy-xo'jalik va huquqiy-yuridik ta'minot majmuasini o'z ichiga oladi. Loyihalash tizim komponentlarini bilish har qanday pedagogik tizim uchun juda zarurdir, garchi ularning to'la to'plami har doim ham ta'minlanavermasa ham pedagog faoliyati uchun muhimdir. Ta'lim sohasiga EHMning kirib kelishi o'z-o'zini takomillashtirish, o'z ustida ishlashni keskin yaxshilashga yordam berdi. Pedagogik tizimlar - bu alohida xos hosiladir (jarayon mahsulidir). Ularning har biri o'zining faqat o'ziga xos belgilariga ega: ular har doim o'z maqsadlariga ega: talabalar va pedagoglarni rivojlantirish, ularni muhitning noxush ta'sirlaridan himoya qilish; ularning har biri tizim sifatida tashkil topadi va faoliyat ko'rsatish, tashqi ta'sir ostida o'zgara oladi, va hatto bu ta'sirni qabul qilib olgan taqdirda ham uni yumshatishga, zarur tomonga bura olishga, tekislay olishga, kuchaytira olishga layoqatlidir. Muxandis pedagog qaysi aniq pedagogik tizimlar bilan ishlaydi. Amaliy jihatdan barcha turdagi tizimlar bilan. Darhaqiqat, respublika, hududiy, viloyat, shahar, tuman ta'lim tizimi nisbatan tor tizimlar - maktablar, kollejlar, oliy oquv yurtlari faoliyatini belgilaydi, yo'naltiradi. Ular o'z navbatida talabalarning kasbiy tayyorligi tizimsiga, ularning estetik tarbiyasiga, ularning faoliyatiga ta'sir qiladi. Tizimlar doirasida pedagogik jarayonlar yaratiladi. O'z navbatida pedagogik tizim pedagogik jarayonlar yaratish uchun qulay sharoitlar yaratishni shakllantiradi. Shunday qilib, pedagogik jarayon pedagog uchun eng muhim loyihalash ob'ektidir. Pedagogik jarayon talaba va oqituvchi rivojlanishi va bevosita o'zaro munosabatda bo'lishini ta'minlaydigan barcha komponentlarni (omillarni) bir butun yagona, yaxlit bo'lib birlashuvidir. Mamlakat yoki viloyat miqyosidagi ta'lim supertizimsida anjumanlar, konferentsiyalar, olimpiadalar, ko'rik-tanlovlar, «davra stollari», «pedagogik oqishlar» o'tkaziladi, gazetalar va maxsus matbuot shakllari uyushtiriladi va hokazo. Kichik va o'rta pedagogik tizimlar yanada kattaroq pedagogik jarayonlar loyihalashtiriladi. Polimer materiallar (plastmassalar, rezina, yelimli materiallar) va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi Odam o‘ldirish, zo‘rlash, o‘g‘irlik, yo‘l-transport hodisalari kabi jinoiy ishlar bo‘yicha polimer materiallar (plastmassalar, rezina, yelimli materiallar) va ulardan tayyorlangan buyumlar ko‘p tarqalgan ashyoviy dalillardir. Har xil jinoiy ishlar, xususan, qotillik, yo‘l-transport hodisalari, davlat va fuqarolarning mulkini o‘g‘irlash va h.k.lar bo‘yicha kriminalistik ekspertizasi ob’ekti sifatida rezina va undan tayyorlangan buyumlar tez-tez uchrab turadi. Ob’ektlari: Transport vositalarining detallari, elektrotexnika, kabel sanoati (elektr simlarining izolyatsiya qatlami, materiali, izolyatsiya tasmalari) mahsulotlari, avtomobil va oyoq kiyimi (rezina, sun’iy charm, plastmassa), attorlik (tugmalar, taqinchoqlar) sanoatining mahsulotlari, polimer plyonkalari, sintetik tolalar va yelimlar (kleylar) ushbu ekspertizaning ob’ektlari hisoblanadi. Polimer materiallar, plastmassa va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi tayinlanganda quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin: – taqdim etilgan voqea sodir bo‘lgan joydan topilgan hamda jabrlanuvchining kiyimidagi tugmalar umumiy bir turni va guruhni tashkil qiladimi? – taqdim etilgan voqea sodir bo‘lgan joydan olingan plastmassali shisha bo‘lakchalari va avtomashinaning chirog‘idan olingan shunday shisha bo‘lakchalari bir tur va guruhni tashkil qiladimi yoki qilmaydimi? Agar bir xil bo‘lsa, bir partiya xomashyodan tayyorlanmaganmi? – polimer materialning kimyoviy tarkibi va uning qaerda qo‘llanilishi (ishlatilishi) aniqlansin. – A.ning uyidan va zavod sexidan olingan linoleum (polimer qoplama) bir tur va guruhga mansubmi? – taqdim etilgan ob’ekt qanday yelim bilan yopishtirilgan? – taqdim etilgan ushbu yelimning asosiy ishlatilish yo‘nalishi qanday? – taqqoslashga taqdim etilgan yelimlovchi moddalarning kelib chiqishi bir xilmi? Polimer materiallar, plastmassa va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasiga materiallarni tayyorlash. Yuqorida keltirilganlar ekspertlik amaliyotida tez-tez uchrab turadigan vazifalar bo‘lib, jinoiy ishlar bo‘yicha tergov olib borish jarayonida yuzaga keladigan holatlarga oydinlik kiritish uchun qo‘yilishi mumkin bo‘lgan boshqa vazifalarni cheklamaydi. Kimyoviy ekspertizaga taqdim etiladigan ashyoviy dalil qog‘ozga o‘ralgan bo‘lishi kerak. Barcha paket, o‘ram va tugunchalar, umuman, ashyoviy dalillar solingan qutilar shunday bog‘lanishi zarurki, begona odam bog‘langan kanopni yechmay, qo‘yilgan muhrni buzmay ocha olmasin. Tadqiq etish uchun yuboriladigan ob’ektlarning hajmi katta bo‘lib, transport orqali olib kelish qiyinchilik tug‘dirgan hollarda ob’ektlarni ko‘zdan kechirish, ular sathida qolgan polimer (rezina) qoldiqlari, izlarini aniqlash uchun ekspert (mutaxassis)ni voqea sodir bo‘lgan joyga yordamga chaqirtirish mumkin. Muammoli savol. 1. Polimerlanish reaksiyalarini borish prinsiplarini oddiy reaksiyalardan farqli tomonlarini aytib bering 2. Nima uchun sitetik polimerlar suniy polimerlardan farqlanadi. 3. Sintetik molekular polimerlarning kimyoviy xossalarini tabiiy polimerlardan ajrating. 4. Sintetik polimerlarning hosil bo'lish reaksiyalarini izohlab mohiyatini yoritib bering. 5. Sintetik polimerlarning fizik kimyoviy xossalarini farqli tomonlarini yoritib beraolasizmi. 6. Neylon , polietilen va pvs sintetik polimerlarini tariflang. Xulosa Polimerlarning asosiy xususiyati shundaki, u ko'plab takrorlanadigan birliklardan tayyorlangan foydali kimyoviy moddadir. Takroriy birliklar odatda uglerod va vodorod, ba'zan kislorod, azot, oltingugurt va kremniydir. Polimerlar tabiatda uchraydi va ma'lum ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarilishi mumkin. Ishlab chiqarilgan polimerlar bir marta hosil bo'lgandan keyin erimaydigan uch o'lchovli tarmoqlar bo'lishi mumkin. Bunday tarmoqlar termoset polimerlari deb ataladi. Ikki qismli elimlarda ishlatiladigan epoksi qatronlar termoset plastmassalardir. Ishlab chiqarilgan polimerlar eritilishi mumkin bo'lgan bir o'lchovli zanjirlar ham bo'lishi mumkin. Ushbu zanjirlar termoplastik polimerlardir. U chiziqli polimerlar deb ham ataladi. Plastik butilkalar, plyonkalar, idishlar va tolalar termoplastik plastmassalardir.O'zining mohiyatiga ko'ra polimer kimyo fanlararo sohadir va plastik sanoatidagi tijorat maqsadlarida qo'llaniladigan dasturlarga qarab farq qilishi mumkin. Polimerlar kimyoning juda katta molekulalari. Ular makromolekulalar deb ham yuritiladi. BUnlarning kichik qurilish bloklari molekulalari monomerlar deb ataladi. Sintetik polimerlar zamonaviy hayotning asosiy tayanchidir. Ammo tabiat polimerlarni ham ishlab chiqaradi va ular barcha tirik moddalarda mavjud. Tabiiy polimerlarning uch turi: polisaxaridlar, oqsillar va nuklein kislotalar. Termoplastik polimer polimer bo'lib, uni qizdirish yo'li bilan yumshatib, so'ngra bosim o'tkazib kerakli shakllarda hosil qilish mumkin. Termoset polimerlari yuqori harorat va bosimda doimiy ravishda qattiqlashadi. Yuqori zichlikdagi polietilen zichligi yuqori, qattiqligi, kuchliligi va erish nuqtasi yuqori. Past zichlikdagi polietilen - bu mumi, yarim qattiq va shaffof material bo'lib, past erish nuqtasiga ega.PVX eng ko'p ishlatiladigan polimerlardan biridir. U osonlikcha qayta ishlanadi va aralashtiriladi. Bundan tashqari, uning tarkibidagi xom ashyo nisbatan arzon narxga ega va turli xil xususiyatlarga ega bo'lish mumkin. Eng ko'p ishlatiladigan asosiy plastifikatorlar past molekulyar og'irlikka ega va eng keng tarqalgan monomerik plastifikatorlardir. Polimer plastifikatorlar odatda to'yingan poliesterlardir.Tashkilotimiz shuningdek, polimer va plastmassa sinovlari xizmatlari doirasida korxonalarga polimer kimyo sinovlarini o'tkazish bo'yicha xizmatlarni taqdim etadi. Download 293.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling