ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti


Download 353.06 Kb.
bet1/62
Sana27.07.2023
Hajmi353.06 Kb.
#1662919
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
O\'zbek tili qoidalari


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA
ʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON JURNALISTIKA
VA OMMAVIY KOMMUNIKA
TSIYALAR UNIVERSITETI


BARNO BRONOVA


OʻZBEK tili qoidalari:
imlo va rasmiy uslub
I
O‘QUV - USLUBIY QO‘LLANMA


Toshkent – 2023


O‘UK: 811.512.133 (075.8)


Tuzuvchi: B. BRONOVA. OʻZBEK tili qoidalari: imlo va rasmiy uslub ( 1-qism) // O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: O‘zJOKU, 2023. 134 b.

Ushbu uslubiy qo‘llanma jurnalistika universitetining bakalavr hamda magistratura bosqichi, xususan, rus guruhlarida tahsil oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. “Oʻzbek tili”, “Media tili va uslubi”, magistraturada “Matn tahlili va tahriri asoslari”, “Noshirlik ishida ijodkorlik va kontent” hamda OJKda “Ommaviy axborot vositalari tili, uslubi, adabiy tahrir asoslari”, fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borishda foydalanish mumkin.


Mazkur qo‘llanmadan filologiya fakulteti talabalari, nashriyot muharrirlari, matbuot xodimlari ham ilmiy-amaliy manba sifatida foydalanishi mumkin.

Taqrizchilar:
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
S. Shomaqsudova,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
R. To‘laboyeva

O‘quv-uslubiy qo‘llanma Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Ilmiy kengashining 2023-yil 10-apreldagi №7 yigʻilishi 7/5-4.6-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.


© Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.



KIRISH

Til me’yorlarini bilish, savodxonlik, ish yuritish hujjatlarining muayyan tartibini shakllantirish davlat tilini oʻqitishda muhim jihatlardan biridir. Ayniqsa hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur. Shu ma’noda mazkur oʻquv-uslubiy qoʻllanma zarur me’yorlarni qamragan. Qoʻllanmada “Hujjatchilik atamalari lug`ati”,O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” va har bir bandga mos test savollarining berilishi talabalar uchun muhim ilmiy-amaliy manba hisoblanadi. Shuningdek, oʻquv-uslubiy qoʻllanmada quyidagi ish yuritish hujjatlarining o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi aniq yoritilgan: ish qog‘ozining yo‘nalishi va tuzilishi; rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlarining joylashishi; matn mazmuni, tarkibiy qismlarining ketma-ketligi; tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishi; tashkiliy hujjatlar: nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar; farmoyish hujjatlari: buyruq, ko‘rsatma, farmoyish; ma’lumot-axborot hujjatlari: dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma va sh.k;


Umuman, oʻquv-uslubiy qo‘llanma davlat taʼlim standartiga monand tarzda yozilgan. OʻzJOKUning oʼquv dasturida tasdiqlangan oʼquv rejasiga muvofiq tuzilgan mazkur uslubiy qoʼllanma Jurnalistika universiteti hamda filologiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. OʻzJOKU bakalavr bosqichida “Media tili va uslubi”, rus guruhlarida “Oʻzbek tili”, magistraturada “Matn tahlili va tahriri asoslari”, “Noshirlik ishi: til muammolari”, “Noshirlik ishida ijodkorlik va kontent” hamda OJKda “Ommaviy axborot vositalari tili, uslub, adabiy tahrir asoslari”, “Nutq madaniyati” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borishda foydalanish mumkin.
Uslubiy qo‘llanmada har bir mavzuni o‘zlashtirish maqsadida kalit soʼzlar, savol-topshiriqlar, test namunalari, tarjima matnlar, qiyoslash uchun materiallar, pedagogik texnologiyalar tavsiya etilgan.
- Topshiriqlar

- Test Topshiriqlari





Aziz talabalar! Hujjatlarni to‘g‘ri va bexato yozish savodxonlik va yozma nutq madaniyatining ko‘rsatkichidir. Ayni ma’noda davlat tilida ish qog‘ozlarini yozishni o‘rganish uchun dastlab ish yuritish hujjatlariga doir atamalarning oʻzbek va rus tilida qanday nomlanishini bilishingiz zarur. Shu bois ish qog‘ozining yo‘nalishi va tuzilishi, hujjat namunalarini tezda anglab olishingizda yordam beruvchi quyidagi lug‘atga e’tibor berishingizni so‘raymiz. Mazkur lug‘atda ish yuritish hujjatlariga doir atamalar alifbo tartibida oʻzbek va rus tilida berildi.





Download 353.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling