ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti


Download 353.06 Kb.
bet23/62
Sana27.07.2023
Hajmi353.06 Kb.
#1662919
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Bog'liq
O\'zbek tili qoidalari

HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI


Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.



Hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi:
Tuzilish o‘rniga ko‘ra:
ichki hujjatlar – ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlar;
tashqi hujjatlar – boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar.


Mazmuniga ko‘ra:
sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi;
murakkab hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.


Mazmun bayonining shakliga ko‘ra:
xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga xos, betakror, erkin bayon;
namunali (tipovoy) hujjatlar – bir-biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi;
qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.


Tegishlilik jihatiga ko‘ra:
xizmat hujjatlari muassasa yoki mansabdor shaxslar tomonidan tayyorlanadi (bayonnoma, tavsifnoma, dalolatnoma va sh.k);
shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yoziladi (shaxsiy ariza, shikoyat, ishonchnoma, tarjimayi hol va sh.k).


Tayyorlanish xususiyati va darajasiga ko‘ra:
qoralama;
asl nusxa;
ikkinchi nusxa (dublikat);
ko‘chirma.


Xizmat mavqeyiga ko‘ra:
tashkiliy hujjatlar – nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar;
farmoyish hujjatlari – buyruq, ko‘rsatma, farmoyish;
ma’lumot-axborot hujjatlari – dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma va sh.k;
xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat xati kabilar aks ettiriladi. Shu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqador.



O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi. O‘zbek tilining rasmiy-idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turdi.
Har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur – bu tildir.
Hujjatlarning sof o‘zbek tilidagi yagona andazalarini yaratish, ular bilan bog‘liq atamalarning bir xilligiga erishish borasida ish olib borish lozim. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi hisoblanadi.



Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling:
mahkama, nutqiy qolip, axborot, unsur, andaza , mukammal

Rekvizit deb hujjatni rasmiylashtirishning majburiy elementiga aytiladi. Rekvizitlar hujjatda qat’iy tartibda joylashtiriladi. Bu hujjatning huquqiy kuchini ta’minlaydi. Hujjat rekvizitlarining asosiy turlari quyidagilardir:


1. O‘zbekiston Respublikasining gerbi.
2. Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi.
3. Tashkilot yoki muassasa nomi.
4. Tarkibiy tarmoqning nomi.
5. Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot manzili, telefon raqami, faks raqami.
6. Elektron pochta manzili.
7. Matn sarlavhasi.
8. Sana.
9. Hujjatga beriladigan shartli raqam (indeks).
10. Kelgan hujjatning sanasi va shartli raqamiga havola.
11. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
12. Hujjat loyihasini tayyorlagan bo‘linmaning shartli raqami.
13. Hujjatni oluvchi (adresat).
14. Tasdiqlash ustxati.
15. Munosabat belgisi (rezolutsiya).
16. Hujjat turining nomi.
17. Nazorat haqida qayd.
18. Matn.
19. Ilova mavjudligi haqida qayd.
20. Imzo.
21. Kelishuv ustxati.
22. Rozilik belgisi (viza).
23. Muhr.
24. Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
25. Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
26. Hujjatning bajarilganligi va uni uning hujjatlar yig‘majildiga yo‘naltirilganligi haqidagi qayd.
27. Axborot ichki serverga joylashtirilganligi haqidagi qayd.
28. Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. Ish yuritish tili va uslubi deganda nimani tushunasiz?


2. Qanday hujjat turlarini bilasiz?
3. Amaliyotda qanday hujjat turlarini yozgansiz?
4. Hujjat tayyorlashda nimalarga ko‘p e'tibor berish kerak?
5. Hujjatlarda eng ko‘p yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar qaysilar?
6. Hujjatlarning tayyorlanish darajasi va sifati ish samaradorligiga qanday taʼsir qiladi?
7. Ish qog‘ozlariga qo‘yiladigan talablarni o‘z so‘zingiz bilan yozma ifodalang.
8. Yozganlaringizni eslab qoling va og‘zaki gapirib bering. Ish qog‘ozlarining qanday yozilishini yod oling




Download 353.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling