ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Diplomatik yozishmalarning turlari
Download 353.06 Kb.
|
O\'zbek tili qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy nota
- Verbal nota
Diplomatik yozishmalarning turlari:
1. Nota va bayonotlar. 2. Rasmiy xatlar. 3. Ilova xatlar. 4. Yarim rasmiy shaxsiy xatlar. 5. Esdalik yozishmalar. 6. Diplomatik bayonnomalar. 7. Memorandumlar. Nota-davlatlararo yozishmalarning eng asosiy va keng tarqalgan turi bo‘lib, biror muhim masala yuzasidan axbrot beruvchi oliy darajadagi hujjatdir. Hozirgi vaqtda jahon hamjamiyatida notalarning ikki turi keng qo‘llanilmoqda: shaxsiy nota va verbal nota. Shaxsiy va verbal notalarga xos umumiy xususiyatlar quyidagilar: 1. Notalar yuqori qismiga davlatning nomi yozilgan va davlat gerbining tasviri tushirilgan eng toza, sifatli qog‘ozga yoziladi. 2. Qog‘ozning yuqori o‘ng burchagiga nota yo‘llayotgan davlat poytaxtining nomi va sana yoziladi. 3. Notaning hajmidan qatʼiy nazar birinchi betning pastki chap tomoniga u yo‘llanayotgan davlat nomi to‘liq yoziladi, konvert ustida ham shu manzil ko‘rsatiladi. Shaxsiy nota – bevosita davlat boshliqlari yoki yuqori mansabdor shaxslar o‘rtasidagi diplomatik yozishmadir. U quyidagi masalalar bo‘yicha yuboriladi: 1. Ishonch yorliqlarini topshirish; 2. Elchixona, vakolatxonalarning ochilishi munosabati bilan; 3. Davlatning tashkil topgan yoki mustaqillik eʼlon qilingan kun bilan qutlash; 4. Milliy bayramlar munosabati bilan qutlash; 5. Prezidentlik saylovi yoki referendum munosabati bilan qutlash; 6. Mamlakatda ro‘y bergan muhim ijtimoiy-siyosiy voqea munosabati bilan. Verbal nota – hozirgi vaqtda davlatlararo tashqi aloqalarda keng qo‘llanuvchi hujjat bo‘lib, tashqi ishlar vazirliklari, elchixonalar, vakolatxonalarni asosiy yozishmasidir. HUJJATLAR USTIDA ISHLASH TARTIBOTITashkilotga kelgan hujjat harakatda bo‘ladi - ko‘chgan maʼnoda aytsak “yuradi”. Bu harakat hujjat kelgan yoki tuzilgan paytdan boshlab, to ijrosi bajarilib, yig‘ma-jildga yuborilishi yoki topshirilishigacha bo‘lgan jarayonni qamrab oladi. Hujjatlar oqimini uch turga ajratish mumkin: 1. Olinma hujjatlar ‒ boshqa tashkilotlardan keladigan hujjatlar. 2. Jo‘natma hujjatlar ‒ boshqa tashkilotlarga yuboriladigan hujjatlar. 3. Ichki hujjatlar ‒ tashkilotning ichida tuzilib, boshqaruv jarayonida xodimlar tomonidan foydalaniladigan hujjatlar. Olinma hujjatlar quyidagi jarayonlardan o‘tadi: qabul qilish; dastlabki ko‘rib chiqish; qayd etish; rahbar tomonidan ko‘rib chiqish; ijro uchun topshirish. Hujjatlarni qabul qilish va dastlabki ishlash markazlashtirilgan holda ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘linma, devonxona yoki kotib tomonidan amalga oshiriladi. Hujjatlar solingan xatjild (konvert) yoki paket olinar ekan, ular huquqiy jihatdan qanchalik to‘g‘ri rasmiylashtirilgani, ularga ilovalar bor-yo‘qligi (bus-butunligi) tekshirib ko‘riladi, so‘ng ochiladi. Hujjatlar yetishmasligi yoki yaroqsizlangani aniqlanganda, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Ulardan biri devonxonada qoladi, ikkinchisi hujjat kelgan tashkilotga jo‘natiladi. Jo‘natilayotganda qaytarilish sababi ko‘rsatilib, ilova xat yoziladi. Adashib jo‘natilgan hujjatlar, hujjatga birga kelgan konvertni ilova qilgan holda, belgilangan joyiga yangi konvertlarda jo‘natiladi yoki yuboruvchiga qaytariladi. Kelib tushgan hujjatlar konvertlari jo‘natuvchining manzilini, hujjatning jo‘natilgan va olingan vaqtini faqat konvert bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda yo‘q qilinmaydi. “Shaxsiy” ustxati bo‘lgan yoki jamoat tashkilotlari nomiga yo‘llangan hujjatlar ochilmay, belgilangan oluvchiga beriladi. Hujjatlar devonxonada dastlabki ko‘ruvdan o‘tkazilayotganda, bevosita tashkilot rahbari ko‘radigan hujjatlar alohida ajratiladi. Bunday hujjatlarga tashkilot faoliyatining asosiy masalalari bo‘yicha axborotlar mavjud bo‘lgan va rahbariyat qarorini talab etuvchi hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va yuqori tashkilotlardan olingan hujjatlar kiradi. Qolgan hujjatlar rahbar o‘rinbosarlariga ular o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq yo‘llanadi. Kundalik tezkor maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan, tayin bo‘linmaga yoki mansabdor shaxsga yo‘naltirilgan hujjatlar rahbariyatga ko‘rsatilmasdan o‘tkazilishi ham mumkin. Bu rahbarni boshqa masʼul ijrochilar ham hal qilishi mumkin bo‘lgan mayda-chuyda ishlardan ozod qilish imkoniyatini beradi. Hujjatlarni dastlabki ko‘rib chiqish va ijro etuvchilarga berish ularning kelib tushgan kunida yoki ish payti bo‘lmagan vaqtda kelib tushganda, birinchi ish kunida amalga oshirilishi kerak. Bir necha tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ijro etiladigan hujjatlar ularga navbat bilan yoki bir vaqtning o‘zida nusxalarda beriladi. Hujjatning asli munosabat belgisi (rezolyusiya)da birinchi ko‘rsatilgan ijrochiga beriladi. Hujjatlarni ko‘paytirish zarurati va nusxalar soni ijroni tashkil etuvchi shaxs tomonidan belgilanadi. Kelgan hujjatni shoshilinch ravishda ijro etish zarurati tug‘ilganda, tashkilot rahbari ko‘rib chiqquncha, uning mazmuni bilan ijrochini tanishtirib chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasidan olingan hujjatlar olingandan so‘ng bir soat mobaynida ijro etuvchilarga yetkaziladi. Download 353.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling