ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Download 353.06 Kb.
|
O\'zbek tili qoidalari
ANNOTATSIYAAnnotatsiya, asosan, alohida nashr hisoblanadigan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo‘ljallab yozilgani o‘z ifodasini topadi. Namuna: S.A.Karimovning A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyotida 2002-yilda chop etilgan «Til ta’limi va me’yor» nomli o‘quv qo‘llanmasiga yozilgan ANNOTATSIYA Mazkur o‘quv qo‘llanmasi V – 220100 va 5 – 220100 – filologiya (o‘zbek tili va adabiyoti) – bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlariga muvofiq keladigan va tanlama fan sifatida o‘tiladigan «Hozirgi o‘zbek tilining me’yoriy muammolari» kursi dasturi asosida yozilgan. Qo‘llanmani yaratishda va me’yor hodisasining lingvistik tushuncha ekanligi, uning predmeti, maqsad va vazifalari, me’yor masalasining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish tarixi, adabiy tilga munosabati, umumiy va xususiy me’yorlar, me’yorlarning tildagi imlo, talaffuz, leksik-frazeologik, grammatik va uslubiy ko‘rinishlari, me’yor va lug‘atchilik, me’yor va nutq madaniyati masalalarini yoritishda mustaqillik davrida o‘zbek tili va uni tadqiq etishda yuz bergan o‘zgarishlar hamda erishilgan yutuqlarga tayanilgan. H.Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (Toshkent: Sharq, 2002) darsligining ANNOTATSIYASI Respublika universitetlarining O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi (fakultetlari)da «Adabiyot nazariyasi» bakalavriatning 4-kursida o‘rganiladi. Unda adabiyot, badiiy asar, ijodiy jarayonning muhim qonuniyatlari, adabiy tur va janr, ijodiy metod va uslub muammolarining mohiyati, so‘z va so‘zshunoslikning sehru jozibasi haqida zarur nazariy ta’limot beriladi. Ushbu darslik Oliy o‘quv yurtlarining filolog talaba-bakalavrlari, magistrlari, tadqiqotchilari, aspirantlari, doktorantlari va adabiyotga qiziquvchi barcha ijodkorlarga mo‘ljallangan. Download 353.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling