ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti


O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga….?


Download 353.06 Kb.
bet20/62
Sana27.07.2023
Hajmi353.06 Kb.
#1662919
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
Bog'liq
O\'zbek tili qoidalari

7. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga….?

  1. birgalikda ko‘chiriladi

  1. keyingi satrga ko‘chirilmaydi

  1. birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, ikkinchi undosh keyingi satrga ko‘chiriladi

  1. satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi.





IMLOSI CHALG‘ITADIGAN SO‘ZLAR


X va H undoshli so‘zlar



xarxasha,
hasharotxo‘r,
xilvatgoh,
ehrom,
xoqon,
shukuhli,
tahsin,
muxolif,
xalifa,
xohlamoq,
hardamxayol,
shahanshoh,
hazil-mazax,
hamroh,
hajr,
hafsala,
hayron,
hay’at,
ishtaha,
saxiy,
horish,
oliygoh,
tuhfa,
xarsangtosh,
zaxira,
xijil,
sahn,
hujra,
hassos,
xirmon,
sahro,
rahmat,
muhtasham,
muhlat,
muhojir,
hoynahoy,
hotamtoy,
muhofaza,
hasharot,
jumhuriyat,
hayiqmoq,
xuruj,
xoqon,
xilvat,
hazar,
javohir,
sahifa,
havola,
jahd,
daxlsiz,
aholi,
muhokama,
hushyor,
axloq,
yarog‘-aslaha,
hatto,
ruxsat,
horg‘in,
sulh,
jihoz,
xuddi,
halqa,
hayhot,
istihola,
horg‘in
xanjar,
zaxira,
xiyobon,
zahar,
johil,
xorij,
dastxat,
hadik,
xo‘mraymoq,
muhim,
istehzoomuz,
rahna solmoq,
shukuhli,
xufton,
hadik,
halokat,
laxcha,
horg‘in,
hijjalamoq,
xavf,
lahja,
tahlika,
taxlit,
dahr,
ehtimol,
istehkom,
hashar,
shoxlamoq,
hayratlanmoq,
holsizlanmoq,
marhamat,
ehson,
ehtiyotkorlik,
daxldorlik


F va V undoshli so‘zlar



batafsil,
tavfiq,
taftish,
tavsifnoma,
tavsiya,
farmatsevtika,
lafzsizlik,
tafsilot,
tafovut,
shafqat,
tavsif,
tavsiyanoma,
afzal,
asfalt,
afv,
safsata,
avtobus,
shaffof,
lafz,
mutasavvif (tasavvuf ahli kishisi)



Tutuq belgili so‘zlar



ma’raka,
ma’muriy,
ma’dan,
ma’bud,
me’da,
daf’atan,
mas’uliyat,
ta’ziya,
ta’mirlamoq,
sun’iy,
me’yor,
ta’minlamoq,
taqiq,
ta’kid,
ta’sir,
mash’um,
ta’m,
ta’sis,
ma’mur,
mash’um,
mas’ul,
iste’mol



Qo‘sh unli va qo‘sh undoshli so‘zlar



shaddod,
murojaat, muvaffaqiyat, fotoapparat,
komissiya,
inkassator,
trassa,
istehzoomuz, suiiste’mol,
kongress,
komissar,
vakuum,
shovulla
chippa-chin,

egguncha,


koordinata,
tanazzul,
inkassator, muvaffaqiyat, sig‘gancha,
ekkuncha





***

asqatmoq
saranjom,
tushuncha,
yondashuv,
gina-kudurat, peshtoqiga,
kundan kunga (chiziqchasiz yoziladi),
fuqaro,
farovonlik,
tarovat,
sazoyi,
masjid,
machit,
olamshumul,
gina-kudurat, tushkunlik,
mumkin,
yarog‘siz (quroli yo‘q), yaroqsiz (yaramaydigan), dastyor,
bultur,
dimog‘,
dudoq,
tuturiqsiz,
gipoteza,
plastilin,
kristall,
g‘adir-budir,
uzil-kesil, uglevodorod,
to‘s-to‘polon,
nadomat,
yapaloq,
galaktika,
gulchambar,
ravnaqi,
radioto‘lqin,
2001-yil,
bir zum (ajratib yoziladi),
biroz (qo‘shib yoziladi),
10-“A” sinf,
million,
kilogramm,
artilleriya,
tarozi,
muomala,
namoyon,
tamosha,
mabodo,
tama,
tazyiq,
uydirma,
jazm,
inshoot,
stabilizator,
inkubator,
kukun,
kunjut,
tushuncha,
jild,
jalb,
lojuvard,
tajovuz,
klavish,
mushkul,
tomdan tomga (chiziqchasiz yoziladi), ochiqdan ochiq (chiziqchasiz yoziladi), daromad,
davomat,
bepoyon,
tarovat,
mumkin,
mudir,
tushkunlik,
faoliyat,
tanovul,
voqea,
fojia
fuqaro,
mavjudot,
kamolot,
uyushiq,
yonbag‘ir (qo‘shib yoziladi),
zalvarli




TOPSHIRIQ: berilgan so‘zlarni jadval shartiga mos tarzda joylashtiring.
Dahldorlik, xalqa, hayxot, istihola, xorg‘in, xanjar, yarog‘siz, yaroqsiz, tamirlamoq, istemol, davomat, chippa-chin, istehzoomuz, suiiste’mol, exson, ehtiyotkorlik, ma’suliyat, dimog‘,lahja, uydurma, tushkunlik, xafsala, bultir, muvafaqiyat, ekkuncha, gulchanbar, tushincha, jixoz,





Imlosi xato yozilgan so‘zlar

Imlosi to‘g‘ri yozilgan so‘zlar









ISH YURITISH VA TILI VA USLUBI



HUJJATCHILIK TARIXI


O‘zining qadimiy va boy tarixiy an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi o‘z ish yuritish tarixiga ega. Davlatchilikning boshlang‘ich shakllarida, hali yozuv bo‘lmagan paytlarda, ma’lum odat tusiga kirgan og‘zaki huquqiy me’yorlar asosida ish olib borilgan. Ular yordamida davlatlararo va mamlakat ichidagi, shaxslararo va oilaviy munosabatlar, jinoyatga qarab jazo belgilash, tartib va intizom masalalari yo‘lga qo‘yilgan. Yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrlar mahsuli hisoblanadigan qonun, farmon va farmoyishlar hamda boshqa mazmundagi hujjatlarning amaldagi ko‘rinishlari ham aynan ana shu hujjatlarning davomidir. O‘zbek davlatchiligining ma’lum bir bosqichi arablar istilosi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan musulmon huquqi bilan bog‘liq bo‘lib, u Qur’oni Karim va hadislar shaklidagi urf-odatlarni izga soluvchi hujjatlarni qamrab oladi. Ular uzoq yillar davomida jamiyatni boshqarish va tartibga solishning asosiy ma’naviy-huquqiy hujjatlari bo‘lib kelgan.


Huquq doirasida amal qiluvchi asosiy hujjatlardan biri – yer egaligi bilan bog‘liq bo‘lgan vaqfnomalar sanaladi. Vasiqa ham qadimda keng tarqalgan hujjat turlaridan biri bo‘lib, mulkka bo‘lgan egalikni bildirib, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy asosga qo‘yuvchi hujjat sanalgan va qozilar tomonidan tasdiqlangan. Amir Temur davrida ham soliqqa oid ish yuritish ana shu ko‘rsatmalarga asoslangan.


Ish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar:
1. Ish qog‘ozlari, odatda siyohli, ruchkada (ko‘k, qora, gunafsharang sterjen bilan) aniq dastxat bilan yoziladi. Ariza, tarjimayi hol, bildirgi (raport) kompyuterda yozilmay, faqat qo‘l bilan yoziladi. Dalolatnoma (akt), bayonnoma, hisobot kabi hujjatlar kompyuterda terilishi mumkin.
2. Hujjatlarda o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Ish qog‘ozlarining har bir turi umum qabul qilingan shaklda va muayyan izchillikda tuziladi.
4. Hujjat matni qisqa, ravon, aniq va mantiqli (ortiqcha so‘z va iborasiz) bayon qilinishi kerak. Hujjat tili juda lo‘nda bo‘lishi lozim. Ish qog‘ozlarida biror shaxsga murojaat etilganda, “siz” olmoshi (shuningdek, uning turlangan shakllari ‒ “sizga”, “sizning”,”sizdan ” va sh.k) bosh harf bilan yoziladi.
5. Son, odatda, raqam bilan yoziladi. Pul hujjatlari (dalolatnoma, ishonchnoma, tilxat)da raqamdan so‘ng qavs ichida shu raqamning so‘zdagi ifodasi ko‘rsatiladi.
6. Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so‘ng qo‘shimcha yozilmay, uning o‘rniga defis (-) qo‘yiladi: 3-chorak, 4-kurs. Rim raqamidan so‘ng hech qanday qo‘shimcha yozilmaydi: I chorak, II kurs.
7. Turli belgi va son ifodalari bir xil shaklda yoziladi. Masalan, №, §, % (telegrammalarda bular so‘z bilan – raqamli, band, foiz kabi ifodalanadi).
8. Ish qog‘ozlarda ularning imzolanishiga rioya etiladi: avval hujjatga imzo chekadigan mansabdor shaxs lavozimining nomi, so‘ng shaxsiy imzosi va familiyasi ko‘rsatiladi. Tavsifnoma, dalolatnoma kabi hujjatlarda, odatda, uchinchi shaxs imzo chekadi. Ishonchnomada uni beruvchi shaxs imzosidan tashqari ushbu imzoni tasdiqlovchi shaxs imzosi ham bo‘ladi.
9. Hujjatlarda sanalar arab raqami bilan yoziladi. Bunda ruscha shaklda – 15.11.04; 02.08.04 tarzda emas, balki quyidagi o‘zbekcha gap tuzilishidan kelib chiqqan shaklda berish kerak: 1991.04.09; 2004.04.09. Bunda dastlabki to‘rt raqam yilni, keyingilari kun va oyni bildiradi.


Ish qog‘ozlarini yozishni o‘rganish uchun quyidagilarni bilish zarur:



  1. Ish qog‘ozining yo‘nalishi va tuzilishi bilan tanishish kerak.

  2. Hujjat namunasi matnini o‘qiganda, uning mohiyatini bilishga harakat qilish, axborot bayoni izchilligiga, xatboshilarning joylashishiga va tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor berish kerak.

  3. Yangi hujjat yozishga kirishganda, “E’tibor bering” sarlavhasi ostidagi matn bilan albatta tanishing va unga rioya qiling.

  4. Notanish so‘zlarning ma’nosini izohli va ruscha-o‘zbekcha lug‘atlardan foydalangan holda aniqlash kerak.

Yodingizda tuting





Hujjat – (arab “guvohnoma, isbot, dalil”) axborot qayd etilgan hamda uni vaqt va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt.
Normativ (me’yoriy) hujjat deb faoliyatning har xil turlari yoki ularning natijalariga doir qoidalar, umumiy tamoyillar va xususiyatlarni belgilab beruvchi hujjatga aytiladi.
Hujjat aylanishi– hujjatlarning muassasada ularning yaratilishi yoki qabul qilinishidan boshlab ijrosi yakunlanguniga yoki jo‘natilguniga qadar harakatlanishi demakdir.
Elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va hujjatni identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.



Hujjatlarni to‘g‘ri va bexato yozish savodxonlik va yozma nutq madaniyati ko‘rsatkichidir. Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi:
1. Huquqiy munosabatlarga oid: qonun fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar.
2. Idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qog‘ozlari (ariza, tavsiyanoma, tilxat, ma’lumotnoma kabi).
3. Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bitim, memorandum va boshqalar.




Download 353.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling