Topshiriqlar:
1. Quyidagi so‘zlarni zarur grammatik shakllarga qo‘yib, rasmiy uslubga xos gaplar tuzing.
eshitmoq, qaror qilmoq, ma’lumot bermoq, bo‘lim boshliqlari, tavsiya qilmoq, faol ishtirok etmoq, hurmatli, guruh rahbari, tashrif buyurmoq, qonunga binoan, ilova qilmoq, nazorat qilmoq, kasaba uyushmasi, javob yozmoq, navbatchilik qismi, taklif kiritmoq, ruxsat bermoq
2. Quyidagi hikmatli so‘zlarni o‘qib, mazmunini sharhlab bering.
Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur. (Mahmudxo‘ja Behbudiy)
Aql kirishi uchun aql tishi chiqishini kutib o‘tirish shart emas. (O‘tkir Hoshimov)
3. Ish yuritish hujjatlari ro‘yxatini “Klaster” shaklida tasniflang.
4. Quyidagilarni tarjima qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Выдать удостоверение, ответственность за хранение, предъявить документ, утеря личного удостоверения, реквизиты удостоверения, подпись руководителя.
MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI
Ma’lumot-axborot hujjatlari muayyan qarorlarni qabul qilishga undaydigan ma’lumotlarni yetkazadi. Ularning xususiyati shundaki, hujjatlar boshqaruv tizimida quyidan yuqoriga: xodimdan bo‘lim rahbariga, bo‘lim rahbaridan muassasa rahbariga, quyi tashkilotdan yuqori tashkilotga qarab harakatlanadi. Ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirgi, dalolatnoma, e’lon, faksogramma, hisobot, ishonchnoma, ma’lumotnoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma, tushuntirish xati ba boshqalar kiradi.
|
Tarjimayi hol
Ma’lumotnoma
Ariza
Tushuntirish xati
Bildirishnoma
Tavsiyanoma
Bayonnoma
Tavsifnoma
Bayonnomadan ko‘chirma
Hisobot
Tilxat
E’lon
Ishonchnoma
Do'stlaringiz bilan baham: |