B U Y R U Q
Asosiy faoliyatga oid buyruq shakli:
Vazirlik nomi
Muassasa nomi
SARLAVHASI
00.00.0 __-sonli
joyi
BU Y R U Q
Asoslovchi (kirish) qismi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
B U Y U R A M A N:
1. _______________________________________________________________
2. _______________________________________________________________
3. _______________________________________________________________
4. _______________________________________________________________
5. Buyruq ijrosini nazorat qilish ______________________________ zimmasiga
yuklatilsin. (lavozimi va familiyasi to‘liq yoziladi)
Rahbar: (imzo) I. O. F.
|
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruq shakli:
Muassasaning ramziy belgisi
Muassasa nomi
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid
Sana ______-sonli
Joyi
B U Y R U Q
Sarlavha
Matn
Buyruq mazmuni (baʼzan oylik maoshi ham ko‘rsatiladi). Shaxsning familiyasi va buyurish mazmunini ifodalovchi majhul nisbatdagi so‘z bosh harflarda yoziladi.
Asos: ______________
Direktor (imzo) I. O. F.
imzolar: kadrlar bo‘limi, bosh hisobchi
|
Yodingizda tuting!
Farmoyish – boshliq, uning o‘rinbosarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo‘lib, biror-bir bo‘lim, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “ТALAB QILAMAN”, “ТAVSIYA QILAMAN”, “RUХSAТ BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi. Ko‘rsatma – idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi.
Tarjima mashqi
Утвердить положение, организовать изучение приказа, обеспечить исполнение, усилить контроль и требовательность, возложить на инспектора Baлиева, объявить выговор, принять все необходимые меры, представить на утверждение Учёного совета института, утвердить состав комиссии в следующем порядке, контроль за исполнением возложить на … .
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Farmoyish hujjatlari qanday vazifani bajaradi?
2. Farmoyish hujjatlarining uslubida qanday xususiyatlar mavjud?
3. Buyruq matni qanday qismlarga bo‘linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |