Bayonnoma shakli:
_________________________________________________
(muassasa nomi)
_________________________________________________
(bo‘lim yoki bo‘linmalar nomi)
______ yil ___________dagi ___-sonli
(o‘tkazilgan sana va bayonnoma raqami)
B A YO N N O M A S I
(sanasi) (o‘tkazilgan joyi)
QATNASHDILAR: (qatnashuvchilar ro‘yxati yoziladi)
KUN TARTIBI: 1. (ko‘riladigan masalalar nomlari yoziladi)
2.
3.
ESHITILDI: 1. (ma’ruzachilarning ma’ruzalari yozib boriladi)
SO‘ZGA CHIQDILAR:
QAROR QILINDI: 1.
2.
Majlis raisi: (I.O.F.)
Kotiba: (I.O.F.)
|
O‘ZBEKISTON JURNАLISTIKА VА OMMАVIY KOMMUNIKАTSIYALАR UNIVERSITETI BOSMА OАV VА NOSHIRLIK ISHI FАKULTETI 6-SONLI MАJLISINING
BАYONNOMАSIDАN KO‘CHIRMА
Toshkent shahri 29-dekabr 2022 yil
Qatnashdilar: Kengashning 14 nafar aʼzosi
KUN TАRTIBI:
Turli masalalar: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi f.f.f.d. (PhD) G.Djurakulovani O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining dotsent vazifasini bajaruvchi ilmiy unvoniga tavsiya etish to‘g‘risida.
Eshitildi: Ushbu masala bo‘yicha Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti dekani A.Nurmatov axboroti: G.Djurakulova 1990-yilda tug‘ilgan. 2021-yilda “O‘zbek xalq dostonlarida ot obrazi bilan bog‘liq epik formulalar va ularning badiiyati” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Respublika gazeta va jurnallarida ilmiy va publitsistik maqolalari bilan muntazam qatnashib keladi.
Umumiy staji – 10 yil. 2012-2013 yy. – Toshkent shahar Shayxontaxur tumani 102-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi, 2014-2015 yy. – Termiz shahar 3-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi, 2015-2018 yillarda Termiz davlat universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan2018 - 2021 yy. – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktaranti, 2021-h.v. – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi kata o‘qituvchisi.
2019 yil Respublika yosh olimlar kengashining innovatsion loyixalari grant tanlovi g'olibi bo‘lgan. 2019 yil maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari uchun o‘zbek xalq og'zaki ijodi namunalarini o‘rgatish bo‘yicha “Bolaga boshidan o‘rgat” nomli o‘quv uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan.
Nashr etilgan ishlari soni: 20 dan ortiq ilmiy va 30 dan ortiq boshqa turdagi maqolalar muallifi. Universitet va fakultet professor-o‘qituvchilari orasida hurmatga ega. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy-amaliy konferensiyalarida ma'ruzalari bilan ishtirok etgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |