ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Download 353.06 Kb.
|
O\'zbek tili qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- DALOLATNOMA. MA’LUMOTNOMA
Topshiriqlar.
Quyidagi nutqiy qoliplar ishtirokida gaplar tuzing. ... qabul qilishingizni so‘rayman, ... ta’minlashingizni so‘rayman, ... ozod etishingizni so‘rayman, ... ruxsat berishingizni so‘rayman, ... topshirig‘ingizga binoan, ... buyruqqa asosan, betobligim tufayli, ... rejasiga muvofiq, ... muddatini uzaytirib berishingizni so‘rayman. 2. Matnni tartib bilan yozing. Natijada tilxat namunasi hosil bo‘lsin. Talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi munosabati bilan … Tilxat Men, Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti talabasi Aminov Rustam, … Kitoblarni anjuman tugaganidan so‘ng keltirib topshirish majburiyatini zimmamga olaman. (imzo). … institut kutubxonasidan… R. Aminov. Universitet hayoti va faoliyatini yorituvchi burchak tashkil etish maqsadida… institut professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan 30 (o‘ttiz) dona kitob oldim. (Ro‘yxat ilova qilinadi). 3. Tilxat (qimmatbaho buyum olgansiz) va tushuntirish xati (darsga kelmagansiz) matnini yozing. DALOLATNOMA. MA’LUMOTNOMAHujjatning bu turi ilgari akt deb yuritilgan bo‘lib, ish jarayonida xodim yoki tashkilot va uning bo‘linmalari faoliyatida biron bir voqea-hodisaning yuz berganini tasdiqlash maqsadida tuziladi hamda bir necha kishi, asosan shu ishga aloqador bo‘lgan mas’ul xodimlar tomonidan imzolanadi. Agar u tekshirish natijalariga ko‘ra tuzilsa, bir kishi – taftishchi yoki nazoratchi tomonidan imzolanishi ham mumkin. Dalolatnoma ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa, moliya va hisob-kitob ishlarini yo‘lga qo‘yishda, umuman, pul va materiallar hisob-kitobi bilan bog‘liq holatlarda keng qo‘llaniladi. «Dalolatnomalar tegishli taftish o‘tkazilgandan keyin, rahbarlik almashtirilayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida, qimmatbaho buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash jarayonlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi» (Aminov M. Ish yuritish. – T.: O‘zME, 2000, 186-bet). Dalolatnoma – muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzishdan asosiy maqsad – sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Dalolatnomaning zaruriy qismlari: 1. Tashkilot, muassasa va tarkibiy bo‘linmaning nomi. 2. Tuzilgan sanasi va joyi. 3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda). 4. Matn sarlavhasi. 5. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma). 6. Hujjatni tuzish uchun asos (tashkilot rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar). 7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar). 8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar). 9. Dalolatnoma matni. 10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi). 11. Dalolatnomani tuzgan va ishtirok etgan shaxslarning imzolari. 12. Ijro haqidagi belgi. Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi. Keyingi holatda va umuman dalolatnoma yakka shaxs tomonidan tuzilganda, guvohlarning ishtirok etishi va imzosi bo‘lishi shart. Ma’lumotnomada bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlar bildirish-axborot berish mazmunida ifodalanadi. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor, xususiy va yuridik shaxslar hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasi, talabi yoki iltmosiga ko‘ra tuziladi hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikki turga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar tuzing. Download 353.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling