ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Download 353.06 Kb.
|
O\'zbek tili qoidalari
Shaxsiy ishonchnoma shakli:
Tilxat – pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganini, shuningdek, ma’lum bir majburiyatlarning bajarilishini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxatlarning aksariyati qarzga pul olishda, mol-mulkni saqlashga topshirishda, oldi-sotdi ishlarini rasmiylashtirishda tuziladi. Yuridik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan tilxatdan zarur hollarda sud jarayonida foydalanish mumkin. Tilxat qo‘lda yoziladi, bir nusxada tayyorlanadi va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar ham berilishi shart. Tilxat notarial idorada tasdiqlanmaydi, shu bois tilxatni tuzish jarayonida bir necha guvoh ishtirok etadi. Tilxatning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (Tilxat). 2. Matn: a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi; b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi); d) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi); e) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va sh. k. bo‘lsa). 3. Tilxat berilgan sana. 4. Tilxat muallifining imzosi. 5. Guvohlarning familiyasi, ismi, otasining ismi; yashash manzili va imzosi. Download 353.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling