Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
Raqobatlashgan monopolistik bozor muvozanati
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
16.2. Raqobatlashgan monopolistik bozor muvozanati
Yuqorida ko`rgan edikki, raqobatlashgan bozorda iste`molchi va ishlab chiqaruvchilarning ortiqchaliklari o`zining maksimal qiymatiga erishadi. Monopol raqobatlashgan bozorning samarali yoki samarasiz ekanligini tahlil qilish uchun raqobatlashgan va monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlarini taqqoslaymiz. Raqobatlashgan va monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari 16.3-rasmda keltirilgan.
16.3-rasm. Raqobatlashgan (a) va monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari Bu ikki bozor o`rtasidagi farqlarni quyidagilarda ko`rish mumkin: 1. Raqobatlashgan bozorda P* MC bo`lsa, monopol raqobatlashgan bozordagi narx chekli xarajatdan yuqori P MC , M demak, iste`molchi qo`shimcha bir birlik mahsulot uchun to`laydigan narx, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatidan yuqori. Agar ishlab chiqarish hajmi QM dan QE miqdorgacha oshirilganda ( MC chizig`i 278 bilan talab chizig`i kesishgan E nuqta) iste`molchi va ishlab chiqaruvchining umumiy ortiqchaligi shtrixlangan maydon miqdoriga teng miqdorda oshgan bo`lar edi (16.3-b -rasm). Buning sababi, yuqorida ko`rganimizdek, monopol hokimiyatning sof yo`qotishlarga olib kelishidir, monopol raqobatlashgan bozordagi korxonalar ham nisbatan monopol hokimiyatga ega. Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat N nuqtada (12.3-a - rasm) erishilsa, monopol raqobatlashgan bozorda M nuqtada (12.3-b - rasm) erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizig`i gorizontal bo`lib, firmaning foydasini nolga teng bo`lish nuqtasi o`rtacha xarajatning minimal qiymatiga to`g`ri keladi. Monopol raqobatlashgan bozorda talab chizig`i pastga tomon yotiq bo`ladi, shuning uchun ham firma foydasining nolga teng nuqtasi o`rtacha xarajatning minimal nuqtasidan chaproq tomonga siljigan bo`ladi va firma Q QN QM miqdorga teng rezerv quvvatga ega bo`ladi. Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, o`rtacha xarajatlarni ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining turmush darajasini pasaytiradi. Demak, monopol raqobatlashgan bozor samarasiz hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari to`g`risida ham gapirish mumkin. Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning monopol hokimiyati katta emas. Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini o`rnini bosadi va shuning uchun ham alohida firma yuqori monopol hokimiyatga ega bo`la olmaydi. Demak, aytish mumkinki, monopol hokimiyatdan ko`radigan sof yo`qotishlar ham uncha katta bo`lmaydi. Talab chizig`ining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, monopol raqobatlashgan bozor tovarlar assortimentini kengaytiradi. Bu o`z navbatida iste`molchilarga raqobatlashgan tovarlar bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling