Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b


Download 4.27 Mb.
bet147/193
Sana03.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1742191
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   193
Bog'liq
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)

Narxlar janggi - bu raqobatlashadigan firmalar tomonidan oligopolistik bozorda narxlarni bosqichma-bosqich tushirishidir.
Umuman olganda, oligopolistik bozorda firma tomonidan qabul qilingan har qanday iqtisodiy siyosat - narxlarni o`zgartirish, ishlab
280
chiqarish hajmini o`zgartirish, reklamani kuchaytirish - raqobotlashuvchi firmalarning ushbu siyosatga bo`lgan munosabatini bilishni va uni prognoz qilishni talab qiladi.

Narxlar jangi narx o`rtacha xarajatga teng bo`lgunga qadar davom etadi, ya′ni PACMC . Bu tenglik oligopolistik bozor muvozanatini beradi. Muvozanat holatda hech bir firma narxini kamaytirishdan qo`shimcha foyda olaolmaydi. Muvozanat holatda firmalarning iqtisodiy foydasi nolga teng.


Kurno modeli. Ikki raqobatlashuvchi firma o`rtasidagi munosabatlarni duopoliya sharoitida 1938 yil birinchi bo`lib o`rgangan fransuz iqtisodchisi O. Kurno hisoblanadi. Bu munosabatni o`rganishda quyidagilar faraz qilinadi: ikkala firma ham bir xil tovar ishlab chiqaradi va bu tovarlarga bo`lgan bozor talabi chizig`i ularga ma′lum.
Ikkala firma ham bir vaqtning o`zida mustaqil ravishda tovar ishlab chiqarish bo`yicha qaror qabul qiladi. Ishlab chiqarish bo`yicha qaror qabul qilinganda, har bir firma shuni bilish kerakki, uning raqobatchisi ham ishlab chiqarish bo`yicha qaror qabul qiladi va mahsulotning pirovard narxi ikkala firma tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmiga bog`liq bo`ladi. Kurno modelida har bir firma mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha qaror qabul qilganda, raqobatchi firma tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini o`zgarmas deb qaraydi. Kurno modelini misolda ko`rib chiqamiz (16.4-rasm).
Faraz qilaylik, ikkinchi firma mahsulot ishlab chiqarmaydi. U holda birinchi firmaning talab chizig`i (birinchi firma mahsulotiga talab) bozor
talab chizig`i bilan ustma-ust tushadi. 16.4-rasmda bu chiziq D1 (0) . Faraz qilaylik, birinchi firmaning chekli xarajatlari MC1 o`zgarmas, Birinchi firmaning chekli daromad chizig`i MR1 (0) . Birinchi firmaning foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish xajmi 60 birlikka teng ( MR1 (0)
bilan MC1 chiziqlari kesishgan nuqta). Shu sababli birinchi firma ikkinchi firma mahsulot ishlab chiqarmaydi, deb faraz qilganda, maksimal darajada, ya′ni 60 birlik mahsulot ishlab chiqarishi mumkin.

P
281


MR1 (60)



Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling