ikkinchi firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmlari muvozanati Kurno muvozanati deyiladi.
Muvozanat nuqtada har bir firma o`zining raqobatchi firmasining ishlab chiqarish hajmini aniq faraz qiladi. Muvozanat nuqtaga mos holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ikkala firma uchun ham optimal hisoblanadi va hech qaysi firma o`z mahsulotining ishlab chiqarish hajmini optimal hajmdan ko`proq yoki kamroq o`zgartirishdan manfaatdor emas.
Mahsulot hajmini optimal hajmdan har qanday o`zgartirilishi ikkala firmaning ham daromadini kamayishiga olib keladi. Muvozanat ishlab
chiqarish hajmlari Q1E va Q2E firmalarning foydasini maksimallashtira-digan hajmlar hisoblanadi va firmalar bir-birlarining ishlab chiqarish hajmlarini to`g`ri faraz qiladilar.
Kurno muvozanati, o`yinlar nazariyasida Nesh muvozanati deb yuritiladi. Nesh muvozanati holatida har bir o`yinchi o`zining raqibi tanlagan harakatiga ko`ra tanlovi eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Nesh muvozanati holatida hech bir o`yinchi o`zining harakatini o`zgartirishdan manfaatdor emas. Kurno muvozanatida ham har bir duopolist raqibi tanlagan ishlab chiqarish hajmida o`zining ishlab chiqarish hajmini foydani maksimallashtiradigan darajada belgilaydi va shu sabab duopolistlar o`zlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini o`zgartirishidan manfaat olmaydilar.
Kurno modeli duopolistlar Kurno muvozanat holatida bo`lmaganda, ular shu muvozanatga erishish uchun harakat qilishi mumkinligi to`g`risida hech narsa demaydi. Nima uchun deganda, modelda raqobatchining mahsulot ishlab chiqarish hajmi o`zgarmas deb qilinadigan asosiy farazi bajarilmaydi. Hech qaysi firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi o`zgarmasdan qolmaydi.
Kurno modeliga misol. Faraz qilaylik, duopolik bozorda ikkita firma harakat qiladi. Duopolistlarning bozor talabi chizig`i chiziqli
funksiya orqali ifodalangan: yoki, P 40 Q , bu yerda Q
ikkala firmaning umumiy ishlab chiqarish hajmi: Q Q1 Q2 .
Faraz qilaylik, ikkala firmaning ham chekli xarajatlari 4 ga teng MC1 MC2 4 . Bu holda birinchi firmaning ikkinchi firma ishlab
284
chiqarish hajmidan bog`liq ishlab chiqarish chizig`ini aniqlaymiz, ya′ni Q1 (Q2 ) ni. Firma foydani maksimallashtiradi, agar u chekli daromadni chekli xarajatga tenglashtiradigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa.
Birinchi firmaning umumiy daromadi:
TR1 P Q1 (40 Q)Q1 40Q1 (Q1 Q2)Q1 40Q1 Q12 Q1 Q2
Chekli daromad MR1 - bu daromad funksiyasidan olingan hosila
MR R1 240Q Q
bo`lgani uchun 1 Q1 1 2 .
Endi MR1 ni
|
MC1 ga tenglashtirib
|
|
birinchi
|
firmaning foydasini
|
maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmini topamiz:
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |