Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
Jamg`arma va vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
Jamg`arma va vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi. Insonlar joriy va kelajakdagi iste′molni bir-biri bilan solishtirib, jamg`arish to`g`risida qaror qabul qiladilar. Odatda shaxs kelajakda ko`proq iste′mol qilish uchun bugungi kundagi bir so`mlik iste′molidan voz kechadi. Masalan, shaxsning bir yillik daromadi 100 ming so`m bo`lsin. Agar u ushbu daromadini joriy yilda to`liq iste′mol qilsa, uning jamg`armasi nolga teng bo`ladi. Shaxs ushbu daromadidan 10 ming so`mini jamg`aradi (10 ming so`mlik joriy iste′moldan voz kechadi), agar u kelajakda 10 ming so`mdan ko`proq iste′mol qilish imkoniyatiga ega bo`lsa, masalan 15 ming so`mlik. U holda uning vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi MRTP
C 15 quyidagicha aniqlanadi: MRTP C1 10 15, . 0 MRTP - vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi, bu shaxsning umumiy tushum darajasi o`zgarmagan sharoitda bir birlik joriy iste′moldan voz kechish hisobiga bo`ladigan kelajakdagi qo`shimcha iste′mol qiymati bo`lib, u shu voz kechilgan birlik iste′molni qoplash uchun etarlidir. Vaqt bo`yicha tanlash investitsiya qo`yishga jamg`arma orqali ta′sir qiladi. Lekin, joriy iste′mol hisobidan jamg`armani xohlagancha oshirish 315 11 i mumkin emas. Nega deganda, umumiy daromad cheklangan. Jamg`arma umumiy daromaddan iste′molni ayrilganiga teng: S I C, bu yerda: S - jamg`arma; I - umumiy daromad; C - iste′mol. Ma`lumki foiz stavkasi (i) qancha yuqori bo`lsa, jamg`arishga moyillik shuncha yuqori bo`ladi va aksincha. Qiymatni diskontirlash. Bir yildan keyin beriladigan bir so`mning bugungi qiymati qancha bo`ladi? Bu savolga javob - foiz stavkasiga bog`liqdir. Faraz qilaylik, foiz stavkasi i bo`lsin. U holda biz bir so`mni jamg`aradigan bo`lsak, uning qiymati bir yildan keyin so`mga teng bo`ladi (agar foiz stavkasi i 50% bo`lsa, bugungi bir so`m bir yildan keyin 1,5 so`mga teng bo`ladi). Demak, aytishimiz mumkinki, bir 1 so'm yildan keyin olinadigan bir so`mning bugungi qiymati 1+i so`mga teng, ya′ni u bir so`mdan kichik bo`ladi. Xuddi shunday ikki yildan keyin 1 so'm
1ikki yildan keyin u i1 i1 i2 so`mga teng bo`ladi. Umumlashtirib aytadigan bo`lsak, joriy diskontirlashtirilgan qiymat PDV (Present Discount Value), ya′ni boshlang`ich yilga keltirilgan qiymat - bu ma`lum muddat o`tgandan keyin to`lanadigan bir so`mning
bo`ladi. Quyidagi jadvalda (18.3-jadval) bir dollarning har xil foiz stavkalaridagi keltirilgan qiymatlari ko`rsatilgan. Jadvaldan ko`rish mumkinki, foiz stavkasi qancha yuqori bo`lsa, bir dollarning joriy diskontirlangan (boshlang`ich yilga keltirilgan) qiymati shuncha kichik bo`ladi. Masalan, foiz stavkasi 5% bo`lganda, 10 yildan keyin olinadigan dollarning bugungi qiymati 61,4 sentga teng bo`ladi, 10 foizlik stavkada esa ushbu ko`rsatkich 38,6 sentga va 20% bo`lganda 16,2 sentga teng bo`ladi. 316
Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling