Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar ro`yxati
- XVIII Bob. KAPITAL QO`YILMALAR VA KAPITAL BOZORI 18.1 Kapital bozori va kapital qo`yilmalar Kapital
Nazorat va muhokama uchun savollar
Raqobatlashgan mehnat bozor muvozanati qanday o`rnatiladi? Firma foydasini maksimallashtirish uchun ishchi kuchini yollashni qanday shart bajarilgunga qadar davom ettiradi? Mehnat qilish va dam olish o`rtasidagi bog`liqlikni izohlab byering. Mehnat bozoriga kasaba uyushmasi qanday ta′sir ko`rsatadi va uning oqibatlarini izohlang. Lorens egri chizig`i yordamida daromadlar taqsimlanishi qanday tahlil qilinadi? Asosiy adabiyotlar ro`yxati Campbell R. McConnel, Stanley L. Brue, Sean M. Flynn. Microeconomics: Principles, Problems and Policies. -19 th ed. – New York. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2015. P. 604. 2. Аддреу ас-Колелл и др. икроэкономическая теория. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2016. - 630 стр. 3. Тарануха .В. икроэкономика. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2011. - 580 стр. Пиндайк Р., Рубинфильд Д. икрэкономика. / Пер. с англ. – СПб.: Питер, 2011. - с. 608. 5. Нуриев Р. . Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – .: Норма, 2012. - с. 576. Sаlimov B.T., Muхitdinovа U.S., Mustаfаkulov Sh.I., Sаlimov B.B. Mikroiqtisodiyot. Dаrslik. – T.: TDIU, 2005. - 230 b. 308 XVIII Bob. KAPITAL QO`YILMALAR VA KAPITAL BOZORI 18.1 Kapital bozori va kapital qo`yilmalar Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o`z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar). Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab chiqaradi, ya′ni u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt o`tishi bilan ishga yaroqsiz bo`lishi bo`lsa, ma`naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya′ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko`rsatkichlari bo`yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir. Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta tiklaydi. Masalan, uskuna 1000000 so`m bo`lib, undan foydalanish muddati 10 yil bo`lsa, uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga o`tkaziladi deb qaraydigan bo`lsak, har yilgi daromaddan 100000 so`mdan amortizatsiyaga ajratish kerak bo`ladi. Aylanma kapital bir yil davomida o`zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o`tkazib qayta tiklanadi. Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga bog`liqdir. Kelajakda ko`proq daromad olish ishtiyoqi ko`pchilikni bugungi iste′molining bir qismidan voz kechib, uni jamg`arishga undaydi. Jamg`arilgan mablag` pul ko`rinishidagi kapital sifatida biror-bir tadbirkorga ma`lum muddatga qo`shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti 309 bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan qo`shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling