Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
dollarning diskontirlangan (keltirilgan) qiymati
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diskontirlangan daromadlar turi
- Yillar bo`yicha keltirilgan daromad
- 1-yil 2-yil
- Foiz stavkalarida diskontirlangan daromad
- Daromad Foiz stavkalarida diskontirlangan daromad, (so`mda)
Vaqt bo`yicha diskontirlangan (boshlang`ich vaqtga keltirilgan) daromadni qaraymiz. Faraz qilaylik, bizda ikki xil daromad bor. Birinchisini A deb belgilasak, ikkinchi daromadni B deylik. A daromad 400 so`mga teng bo`lib, uning 200 so`mi hozir to`lanadi, qolgan 200 so`mi bir yildan keyin to`lanadi. B daromad 440 so`m bo`lib, uning 40 so`mi bugun to`lanadi, 200 so`mi bir yildan keyin, qolgan 200 so`mi ikki yildan keyin to`lanadi. Ushbu ikki variantdan qaysi biri foydaliroq hisoblanadi? Javob: foiz stavkasiga bog`liq. Ushbu daromadlarni boshlang`ich vaqtga keltirilgan qiymatini hisoblaymiz.
Quyidagi jadvalda daromadlarning ikkala turi bo`yicha foizlar stavkasi 5, 10, 15, 20% bo`lgandagi keltirilgan qiymatlari ko`rsatilgan. Jadvaldagi ma`lumotlardan ko`rish mumkinki, daromadlarni tanlash foiz stavkalariga bog`liq. Agar foiz stavkasi 10% ga teng va undan kichik bo`lganda, shaxs A daromad turiga qaraganda B daromad turini tanlashi yaxshiroq bo`lardi. 317
Rt , Ct (NPV )
Foiz stavkasi 15% va undan yuqori bo`lganda, A daromad turi B daromad turiga nisbatan yaxshiroq bo`lar edi. Bu yerda asosiy sabab, A daromad qiymati B daromadga qaraganda kam bo`lsa ham, u tezroq to`lanadi. 18.3. Investitsiyani hisoblashda diskontlangan qiymat Investitsiya qo`yishdan maqsad, kelajakda olinadigan daromadlarni va qilinadigan xarajatlarni solishtirish orqali loyihaning qiymatini baholash mumkin bo`ladi. Investitsiyani baholashda sof keltirilgan qiymat mezoni ishlatiladi. Bu mezonga ko`ra, agar olinadigan daromad investitsiyaga sarflanadigan xarajatdan yuqori bo`lsa, investitsiya amalga oshiriladi. Faraz qilaylik, investitsiya hajmi boshlang`ich ishlab chiqarish yili uchun (t 0) I ga teng; - kutiladigan t -yildagi (t 1,2,...,T) daromadlar va xarajatlar. U holda sof keltirilgan qiymat quyidagiga teng:
bu yerda, i - diskont normasi (xarajatlarni bir vaqtga keltirish normasi). Diskont normasi i foiz stavkasi yoki boshqa bir stavka bo`lishi mumkin. T - loyihani faoliyat ko`rsatish muddati. Ba`zi hollarda diskont normasini asosiy kapitalga qo`yilgan al`ternativ xarajat sifatida qarash mumkin. Agar NPV 0 bo`lsa, investitsiya o`zini oqlaydi, ya′ni keltirilgan foyda qo`yilgan investitsiya qiymatidan katta. Agar NPV 0 bo`lganda investitsiya o`zini oqlamaydi. 318
funksiyaning grafigi kamayuvchi bo`lib, investitsiya "narxi" bilan, ya′ni foiz stavkasi bilan investitsiyaga qilinadigan xarajatlar o`rtasidagi teskari aloqani ifodalaydi (18.3-rasm). i (i) I
Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling