Iste′mol turi-
ning xilma-xilligi
Iste′molning
to`yinmasligi
Ne′matlarni
turkumlash va solishtira olish
Tranzitivlik
Substitutsiya
(o`rin bosa
olish)
Kamayib boruvchi chekli naflilik
Har bir iste'molchi turli xil ne'matlardan iste'mol qilishni istaydi
Iste′molchi har doim ne′matning kamroq miqdoridan ko`prog`ini xarid qilishga moyil
Iste′molchi A va B ne′matlar majmuasidan A majmuani B ga (A>B) yoki B majmuani A ga nisbatan (B>A) ko`proq xohlashi yoki ikkalasini ham naflik darajasi bir xil deb qarashi mumkin
Agar iste′molchi А majmuani В ga nisbatan va В majmuani С majmuadan afzal ko`rsa, unda u А majmuani С majmuaga nisbatan ham afzal
AB; BC; AC.
Agar iste′molchiga А ne′mat o`rniga uning o`rnini bosa oladigan В ne′matdan ko`proq taklif qilinsa, u bunga rozi bo`ladi
Biror ne′matning qo`shimcha birliklarini iste′mol qilishdan olinadigan qoniqish (chekli naflilik)
borgan sari kamayib boradi va u ne′mat zaxirasining iste′molchi ixtiyorida qancha borligiga bo`gliq.
6.2-rasm. Iste′molchi tanlovning asosiy postulatlari
Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste′mol nazariyasida ne′mat - bu iste′molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste′mol ob′ektidir. Ko`p hollarda ne′matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki ―iste′mol savati‖ bilan iste′mol qilinadi.
Iste′mol nazariyasida: iste′molchilar ma′lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan; ular ne′matlar majmualaridan, maksimal naf
101
keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi; iste′molchilar tomonidan sotib olinadigan ne′mat narxi uning miqdoridan bog`liq emas; iste′molchilar ne′matlar nafligini to`liq biladi va maksimal naf beruvchi ne′matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |