Limfa tizimi


Download 231.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi231.69 Kb.
#1392193
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Limfa sistemasi. Limfa suyuqligi va limfa tizimi vazifasi



Limfa sistemasi. Limfa suyuqligi va limfa tizimi vazifasi
Reja: 
 
1. Limfa tizimi 
2. Limfa poyalari va yo‘llari 
3. Tananing ayrim sohalari limfa tomirlari va tugunlari 
 
 
 
 


1. Limfa tizimi 
Limfa tizimi yurak-qon tomirlar tizimining bir qismi bo‘lib, u orqali limfa 
hosil o‘lgan joydan vena tizimiga oqib boradi. 
Limfa rangsiz suyuqlik bo‘lib, tarkibi plazmaga o‘xshash oq-sillarning 
kolloid eritmalari, hujayra elementlari (limfositlar, eozinofil lar) bilan 
birga to‘qimada modda almashinuvida hosil bo‘lgan har xil yot moddalar, 
mikroorganizmlar, o‘lik hujayralar-dan iborat bo‘ladi. Limfa tizimi 
tarmoqlangan tomirlar va ular-ning yo‘nalishida joylash gan limfa 
tugunlaridan iborat. Limfa ti-zimi organizmda quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1) to‘qima suyuq-ligi tarkibi va hajmining doimiyligini ta’minlaydi; 2) 
to‘qima suyuqligi, limfoid elementlar va qon o‘rtasidagi gumoral aloqani 
ta’minlaydi; 3) ichakda parchalanib hosil bo‘lgan oziqa moddalar-ni (yog‘lar) 
ichaklardan venalarga olib boradi; 4) seroz bo‘shliq-lardan suyuq liklarni 
so‘rilishini; 5) organizm ga tushgan mikroor-ganizmlarni zararsizlantirish 
(himoya, baryer vazifa); 6) limfosit-larni ishlab (limfopoez) qonga 
chiqarish; 7) immunokompetent hujayralar (T va В limfositlar) va mak 
rofaglar ishlab chiqarish. Bu hujayralar organizmning mikrob larga va ba’zi 
moddalarga qarshi faoliyatini kuchaytirib, beradi (immun faoliyati). 
Yuqoridagi vazifalarni bajaruvchi limfa tizimi tarkibiga: 
1. Limfani o‘tkazuvchi yo‘llar: limfakapillyar tomirlar, limfa to-mirlari, 
poyalari va yo‘Ilari kiradi. 
2. Limfositlar rivojlanadigan joylar: suyak iligi, ayrisimon bez, ichki 
a’zolar shilliq pardalardagi limfoid hosilalar, murtaklar, ta-loq va limfa 
tuguni kiradi. 


Limfa tizimining boshlang‘ich qismi limfa kapillyarlaridir. Ular qon tomir 
kapillyarlariga nisbatan keng (200 mkm gacha va ko‘p) va tekis emas. Limfa 
kapillyarlari bosh va orqa miya, ularning par-dalarida, tog‘aylar, ko‘zning 
shox pardasi va gavhari, ichki quloq, teri va shilliq pardalar epiteliysi, taloq 
parenximasi, suyak iligida bo‘lmaydi. Ular o‘zaro birikib, limfokapillyar 
to‘rlarini hosil qiladi. Limfa kapillyarlarning devori bir qavat endoteliy 
hujayralaridan tuzilgan. Ular o‘zaro qo‘shilib, limfa tomirla-rini hosil qiladi. 
Limfa tomirlari ichida klapanlari bo‘lib, limfani bir yo‘nalishda o‘tkazadi. 
Klapanlar joy lashgan joylarda limfa to-mirlar toraygan bo‘ladi. (176-rasm) 
Limfa tomirlari joylashishiga qarab a’zo ichi va a’zo sirti tomirlariga 
bo‘linadi. A’zo ichi limfa tomirlari a’zolar devorida chigallar hosil qiladi. 
A’zo sirti limfa tomirlari a’zolardan regionar limfa tugunlari-ga qarab 
yo‘nalib, olib keluvchi to mirlarni hosil qiladi. Bu tomir-lar 2–4 bo‘ladi. Ular 
limfa tugunini qavariq tomoniga kelib, kap-sulani teshib o‘tadi va lim fa 
tugunining limfoid to‘qimasiga quyi-ladi. Limfa tuguni darvozasi dan 
chiqqan 1–2 olib ketuvchi to-mirlar keyingi limfa tugunlariga y oki lim fa 
poyalariga yo‘naladi. A’zo sirti limfa tomirlari joylashishiga qarab chuqur 
(qon tomir va nervlar bilan yo‘naluvchi) va yuza (teri osti venalari va 
nervla-ri bilan yo‘naluvchi) guruhlarga bo‘linadi. Tananing harakatchan 
sohalarida limfa tomirlari limfani beto‘xtov oqishini ta’minlov-chi 
aylanma limfa yo‘llarini hosil qiladi. 

Download 231.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling