Limfa tizimi
Download 231.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Limfa sistemasi. Limfa suyuqligi va limfa tizimi vazifasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Limfa poyalari va yo‘llari
Limfa tuguni a’zo va to‘qimalardan limfa poyalari va lim-fa
yo‘llariga kelayotgan limfa tomirlari yo‘lida joylashadi. Limfa tugunlari, odat da, ikki va undan ko‘p holatda guruh bo‘lib joy-lashadi. Lim fa tugunlari (177-rasm) oval, yumaloq, loviyasimon, bo‘laklarga bo‘lingan shakllarda uchraydi. Ularning uzunligi 10– 20 mm bo‘lib, umumiy og‘irligi 500–1000 g yoki tana og‘irligi-ning 1 %ini tashkil qiladi. Limfa tugunining botiq tomonida darvozasi bo‘lib, unga arteriya va nervlar kiradi, vena va olib ketuv-chi limfa tomirlari chiqadi. Tugunning qavariq tomonidan esa olib keluvchi limfa tomirlari kiradi. Limfa tugunini o‘ragan bi-riktiruvchi to‘qimali kapsuladan uning darvozasi sohasida tugun ichiga to‘siqlar kirib, uni bo‘laklarga bo‘ladi. Limfa tuguni pa-renximasi po‘stloq va mag‘iz moddalarga bo‘linadi. Po‘stloq qis-mi kapsulaga yaqin joylashib, tugunning periferik qismini egal-laydi. Unda o‘lchamlari 0,5–1 mm bo‘lgan lim foid tugunchalar bo‘lib, ularda B-limfositlar to‘plangan. Limfoid tugunchalardan ichkarida mag‘iz qismi chegarasida joylashgan limfoid to‘qima qatlami timusga bog‘liq bo‘lgan parakortikal zona deyilib, unda T-limfositlar bo‘ladi. Mag‘iz qismi po‘stloq qismining ichki chekkasidan limfa tuguni darvozasigacha cho‘zilgan limfoid to‘qima zanjiridan iborat. Limfa tuguni qon ishlab chiqarish da, organizmning himoya reaksiyalarida va lim-fa oqimini boshqarish da ishtirok etadi. Limfa tugunlari tananing ayrim qismlarida yuza va chuqur guruh bo‘lib joylashadi. Tana bo‘shliqlarida esa tugunlar bo‘shliqlar devorida joylashgan parie-tal va a’zolar oldida joylashgan visseral guruhlarga bo‘linadi. 2. Limfa poyalari va yo‘llari Limfa tana qismlaridan limfa tugunlari orqali o‘tib, limfa poya lari va yo‘llariga yig‘iladi. Limfa poyalari va limfa yo‘llari yi rik limfa tomirlari bo‘lib, tananing ayrim sohalaridan limfani vena burchagiga yoki venalarga olib boradi. Odam tanasida juft: o‘ng va chap bo‘yinturuq, o‘mrov osti, bronx va ko‘ks orali g‘i hamda bel limfa poyalari; toq ichak tutqichi limfa poyasi tafo-vut qilinadi. Bu poyalarning qo‘shilishidan ko‘krak va o‘ng lim-fa yo‘llari hosil bo‘ladi. Download 231.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling