Limfa tizimi


Download 231.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana23.04.2023
Hajmi231.69 Kb.
#1392193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Limfa sistemasi. Limfa suyuqligi va limfa tizimi vazifasi

Ko‘krak limfa yo‘li (ductus thoracicus) eng katta limfa tomiri bo‘lib, 
unga oyoqdan, chanoq, qorin bo‘shlig‘i devori va a’zola-ridan ko‘krak 
qafasining chap tomonidan limfa quyiladi. U qorin bo‘shlig‘ida XII ko‘krak, 
II bel umurtqalari sohasida o‘ng va chap bel poyasining qo‘shilishidan hosil 
bo‘ladi. 25 % holatda ko‘krak lim fa yo‘lining boshlanish qismiga ichak 
tutqichi poyasi ham quyiladi. Ko‘krak limfa yo‘lining uzunligi 30–41 sm 
bo‘lib, bosh-lanish joyida ko‘krak limfa yo‘li kengaygan qismini hosil 
qiladi. Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak limfa yo‘li diafragmaning aorta teshi-gi 
orqali ko‘krak qafasiga chiqadi va orqa ko‘ks oralig‘ida ko‘krak aortasi bilan 
toq vena o‘rtasida joylashadi. VI–VII ko‘krak umurt-qalari sohasida u chap 
tomonga og‘adi. V–VI bo‘yin umurtqalari sohasida chap plevra cho‘qqisi 
ustida ravoq hosil qilib, chap ve-na burchagiga quyiladi. Ko‘krak limfa 
yo‘lining quyilish joyida, uning ichki qavatidan hosil bo‘lgan qonni 
venadan limfa yo‘li-ga o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi juft klapan bor. Bundan 
tashqari ko‘krak limfa yo‘lining bor bo‘yicha 7–9 ta klapanlari bo‘lib, ular 
limfani orqaga qaytishiga to‘sqinlik qiladi. 


O‘ng limfa yo‘li (ductus limfaticus dexter) uzunligi 10–12 mm bo‘lib 
(18,8 % holatda), o‘ng o‘mrov osti, o‘ng bo‘yinturuq va o‘ng bronx va 
ko‘ks oralig‘i limfa poyalarning qo‘shi-lishidan hosil bo‘ladi. O‘ng limfa 
yo‘li o‘ng ichki bo‘yinturuq va o‘mrov osti venalarining birikish bur chagiga 
yoki ichki bo‘yin-turuq venaga quyiladi. Ko‘pincha, (81,2 % holatda) o‘ng 
limfa yo‘li bo‘lmasdan, uni hosil qiluvchi poyalar alohida-alohida o‘ng vena 
burchagiga, o‘ng ichki bo‘yinturuq yoki o‘ng o‘mrov osti venasiga 
quyiladi. 


3. Tananing ayrim sohalari limfa tomirlari va tugunlari 
Oyoq sohasi. Oyoq sohasida yuza va chuqur joylashgan lim-fa to mir lari 
tafovut qilinadi. Yuza limfa tomirlar teri va teri osti yog‘ kletchatkasi, 
limfa kapillyarlaridan hosil bo‘lib uch guruhga bo‘linadi. Medial guruh 
tomirlari I–III barmoqning ustki yuza-si va oyoq kaftining ichki yuza si
boldirning ichki va orqa medial yuzalaridan bosh lanib, katta yashirin vena 
bilan yuza chov tugun-lariga yo‘naladi. Lateral guruh tomirlari IV–V 
barmoq oyoq kaf-tining tashqi qismi va boldirning lateral yuzasidan bosh 
lanib, tiz-za bo‘g‘imiga yetmasdan medial tomirlarga qo‘shiladi. Orqa guruh 
tomirlari oyoq kaftining ost ki yuzasining tashqi chekkasi va tovon sohasidan 
boshlanib, kichik yashirin vena bilan birga taqim limfa tugunlariga boradi. 
Oyoqning chuqur limfa tomirlari – mushaklar, bo‘g‘imlar va suyak lar 
limfa kapillyarlaridan hosil bo‘lib, boldir va sonning chuqur arteriya va 
venalari bilan birga yo‘nalib, chovning chuqur limfa tugunlariga quyiladi. 
Oyoqda limfa tugunlari taqim va chov sohasida joylashadi. Ta-qim lim fa 
tugunlari 1–3 ta bo‘lib, taqim arteriyasi yonida joyla-shadi. Chov lim fa 
tugunlari son ucnburchagi sohasida chov boy-lami ostida joylashgan. Ular 
yuza va chuqur guruhlarga bo‘linadi. Chovning yuzaki tugunlari (4–20 ta) 
sonning keng fassiyasining yuza varag‘i ustida, chovning chuqur tugunlari 
(1–7 ta) son arte-riyasi va venasi yonida joylashgan. Bu limfa tugunlaridan 
chiqqan olib ketuvchi lim fa tomirlari tomirlar sohasi botig‘i orqali tashqi 
yonbosh tugunlariga boradi. 

Download 231.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling