46-maqsad: Oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga etkazish va ta’lim sifatini oshirish
|
2022 yildan boshlab
|
Maktab ma`muriyati
|
4.19
|
Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini saqlash va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish dasturini 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini (e-health-2026) amalga oshirish.
|
55-maqsad: Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va tibbiy xizmatlarni markazlashtirish
|
2022-2026 yillar davomida
|
Sog`liqni saqlash tashkiloti hamkorligida
|
4.20
|
Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 2026 yilda 33 foizga chiqarish. Bunda:
mahallalarda sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni yaratish, sport jihozlari bilan ta’minlash;
mahalla, tuman va viloyat kesimlarida sport tadbirlarini tashkil qilish;
2022 yilda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholining umumiy sonini 24 foizga etkazish;
2026 yilda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholining umumiy sonini 33 foizga etkazish.
Jismoniy tarbiya va sportga jalb qilingan yoshlar ulushini 40 foizga etkazish. Mahallalarda sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish. Bunda:
mahallada yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun zaruriy infratuzilmani yaratish;
mahalla yoshlarini sportga jalb qilishning reytingini shakllantirish hamda monitoring asosida mahallalarda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar sonini 2022-2023 yillarda 35 foizga, 2024-2026 yillarda 40 foizga oshirish.
Respublika yoshlari o‘rtasida milliy sport turlarini ommalashtirish. Bunda:
milliy sport turlari to‘g‘risida darslik va adabiyotlarning yangi avlodini yaratish;
ta’lim muassasalarida milliy sport turlarini o‘qitish va mutaxassislar tayyorlash tizimini yangilash.
Joylarda oilaviy sportni rag‘batlantirish va uni an’anaga aylantirish. Bunda:
oilaviy sport bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi oilalarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va oilaviy sport tadbirlarini rivojlantirish;
oilaviy sport bilan shug‘ullanish uchun mahallarda, istirohat bog‘larida sharoit yaratish;
O‘zbekistonda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish.
YUrtimizning chekka hududlari va qishloqlarida sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish.
Har bir barpo etiladigan “YAshil hudud”larda yugurish, velosipedda harakatlanish uchun “Salomatlik yo‘laklari” hamda badminton, stritbol va vorkaut maydonchalarini tashkil etish.
Milliy olimpiada sport o‘yinlarini o‘tkazish dasturini ishlab chiqish.
Sport o‘yinlari o‘tkaziladigan sport ob’ektlari infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash.
hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasini ishga tushirish.
sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish.
nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar ko‘rishni rag‘batlantirish.
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta’minlash ishlarini yanada samarali tashkil qilish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |